,Boshlang‘ich sinflarda sintaktik tushunchalar ustida ishlash. So‘z birikmasi va gap ustida ishlash




Download 113,33 Kb.
bet18/29
Sana29.01.2024
Hajmi113,33 Kb.
#147819
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari

20,Boshlang‘ich sinflarda sintaktik tushunchalar ustida ishlash. So‘z birikmasi va gap ustida ishlash.

Boshlang`ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o`rganiladigan
va nazariy o`rganiladigan bo`limlarga bo`linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o`rganish
savod o`rgatish davridanoq boshlanadi va 3-4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang`ich
sinfda “So`z birikmasi”, “Gap”, “Darak gap”, “So`roq gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon
gap”, “Sodda gap”, “Gap bo`laklari”, “Gapning uyushiq bo`laklari”, “Undalmali gaplar”
mavzulari nazariy o`rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.
Gapning bosh bo’laklarini kuzatish bilan o’quvchilar o’z fikrlarini aniq ifodalashga
o’rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko’nikmasi shakllanadi. Gapni o’rganish
me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so’z birikmasi haqidagi tasavvur
aniqlanadi. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan sintaktik material kam bo’lsa ham, butun
o’quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi.
Dasturga ko’ra, 1-sinfda o’quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi.
Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so’zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish
belgilari qo’yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.
2-sinfda esa o’quvchilar gap haqida amaliy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap
kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so’zni ajratishga
o’rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va
bu bosh bo’laklarni o’rganishga muqaddima bo’ladi.
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O’quvchilar gapni amaliy o’rganishdan
tushuncha sifatida o’rganishga o’tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu
bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu
sinfda gapda so’zlarning bog’lanishiga katta e’tibor beriladi. O’quvchilar gapning asosi (ega
va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo’laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so’z (hokim
va tobe so’z)ni, so’zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo’shimchalar orqali bog’lanishni bilib
oladilar.
O`quvchilarda gapda so`zlarning bog`lanishini aniqlash ko`nikmasini shakllantirish
muhim sintaktik va nutqiy ko`nikmalar qatoriga kiradi. So`z birikmasi gap qismi sifatida
ajratiladi va boshlang`ich sinflarda uning muhim belgilari idrok qilinadi. “So`z birikmasi”
atamasi darsliklarga kiritimagan, ta’rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi o`quvchilar uning
quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari zarur.
1. So`z birikmasi mazmun va Grammatik tomondan bo`g`langan ikki qism
bo`ladi.Masalan, “Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar” gapida ikkita so`z birikmasi
bor.1) dunyo xalqlari; 2)tinchli uchun kurashadilar.
2. So`z birikmasida bir so`z hokim ikkinchi so`z tobe bo`ladi. Hokim so`zdan tobe
so`zga so`roq beriladi, tobe so`z shu so`roqqa javob bo`ladigan so`zdir.Masalan,
Gap tarkibidagi so`z birikmalarini ajratish ko`nikmasi uzoq mashq davomida
shakllantirib boriladi. Buning uchun o`quvchilarning so`z birikmasidan bir so`zning boshqa
so`zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi. Bunday mashq
turlariga
1Gaplarni yoyish. Buning uchun gaining qaysi bo`lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. Masalan, 3-sinf ona tili darsligidagi 386-mashq Berilgan gaplarga sifatga oid so`zlar qo`shib, gapni qayta tuzing topshirig`i berilgan. 1.Yoz keldi. 2. Mevalar pishdi. Demak bu yerda faqatgina bosh bo`laklar ya’ni ega va kesimdan tuzilgan gaplar berilgan bo`lib, o`quvchilar bu gaplarga sifatga oid so`z qo`shib gapni yoyishlari kerak, ya’ni gapni mazmunini to`ldirish uchun ikkinchi darajali bo`laklardan foydalanishlari zarur. Bunda birinchi gapda qanday yoz keldi savoli orqali gap mazmuniga mos sifat tanlanadi. Masalan, jazirama yoz keldi. Ikkinchi gapda esa mevalar qanday pishdi savoli orqali gap mazmuniga mos sifat tanlanadi. Masalan, mevalar g`arq pishdi. 2So`zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so`ng so`roqlar yordamida ikkinchi darajali bo`laklar (so`z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Dehqon, yer, o`rtog`idan, olibdi, sotib. (3-sinf ona tili 142-mashq) - Gap kim haqida aytilgan? (Dehqon haqida, kim?- dehqon) - U haqida nima deyilgan? (sotib olibdi. Dehqon sotib olibdi- bosh bo`laklar) - So`roq yordamida so`z birikmasini toping. Kimdan? Sotib olibdi (O`rtog`idan sotib olibdi), nimani? sotib olibdi.(Yerni sotib olibdi). Keyin gapda so`zlarning qulay tartibi aniqlanadi. (Dehqon o`rtog`idan yer sotib olibdi.) Gap ohanggi ustida ishlanadi. 3 . Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo`lishi uchun har bir gapning bosh bo`laklarini va so`z birikmalarini ajratish lozim. 4. Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish Gap tahlil qilinayotganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo`lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo`lak, boshqa ikkinchi darajali bo`lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo`lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so`z birikmalari ham aniqlanadi. 5. O`qituvchi bergan chizma yoki so`roqlar aosida gap tuzish Kim? nimalarni? nima qiladi? (Bolalar olmalarni terdi). So`z birikmasida ikki yo`nalishda ish olib boriladi: 1)so`z birikmasiga gap ichida gapninig tarkibiy qismi sifatida qaraladi; 2)so`z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, olma- so`z, qizil olma, shirin olma, kuzgi olma- so`z birikmalari (3-sinf 143-mashq) Boshlang`ich sinf ona tili darslarida sintaktik tushunchalarni o`rgatishning metodik imkoniyatlari keng bo`lib, faqatgina undan samarali va yuqori natijaga erisha olishni ko`zlab foydalanish zarurdir. Chunki o`quvchi boshlang`ich ta’limda ona tilini puxta egallasa, og`zaki va yozma nutqi ravon bo`lsa yuqori sinflarda ham qiynalmaydi.


  1. Download 113,33 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Download 113,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



,Boshlang‘ich sinflarda sintaktik tushunchalar ustida ishlash. So‘z birikmasi va gap ustida ishlash

Download 113,33 Kb.