Matematik o‘n minutliklar, soatlar




Download 113,33 Kb.
bet20/29
Sana29.01.2024
Hajmi113,33 Kb.
#147819
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari

Matematik o‘n minutliklar, soatlar.

Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilaming matematik bilimlarini kengaytirish va chuqur!ashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlatlami tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ulami darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’niknialar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Quyidagi ana shunday mashg’ulot formalari haqida to’xtalamiz. Matematik o’n minutlik. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o’n minutliklardir. O ’n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o’quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi. O ’quvchi o’n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o’yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo’lsin, lekin o’quvchilaming aktivligini oshirsin, o’quvchilarning kelajakda uirtumiy bilish faoliyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo’naltiruvchi vosita bo’lib qolsin. O ’n minutlikni faqat sinfda o ’tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto rnaktabdan tashqarida o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar bilan tevarak - atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin -asta mushohada qilish asosida o ’tkaziladi. Qiziqarli matematika soatlari. M ashg’ulotlaming bu turi nisbatan ko’proq vaqtga (taxminan 45 minut) m o’ljallangati bo’lib, qiziqarli o’yin, sonli topishmoqlar, she’riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalardan tarkib topadi. Bunday mashg’ulotlatlar 1 - sinf o’quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o’tkazilishi mumkin. Unda o’quvchilaming o’zlari tashabbus ko’rsatishlariga erishmoq kerak. Matematika to’garak. Matematika to’garagi sinfdan tashqari ishlaming eng ommalashgan turi. To’garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to’garagida qatnashadigan o’quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o’qituvchiga qiyinchilik tug’diradi va o’quvchilar to’garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. To’garak a’zolarining soni ko’payib ketsa, ulami ikki guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta shug’ullanish mumkin. Mashg’ulot 30 - 40 minut davom etsa yetarli. Ma’lum vaqt oralig’ida guruhlami qo’shib mashg’ulot o’tkazish va mashg’ulotlami musobaqa yoki viktorina o ’tkazish maqsadga muvofiqdir. Matematika to’garagi mashg’ulotini sentyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinchi yarim yillikdan,) may o’yining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To’garak ishlarini boshlashdan oldin o’qituvchi kamida 3 - 4 mashg’ulotga etadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va to’garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko’rishi kerak. Matematika to’garagida o’rganiladigan material mazmuni va xajmini cnegaralab qo’yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o ’qituvchining tayyorgarligiga qarab to’garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallami o’rganish mumkin. Matematika to’garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o’quvchilami to’garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg’ulotlaming ro’li katta. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastlabki mashg’ulotlaming ko’p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg’ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o’quvchilar to’garakdan soviy boshi ay di. Shuning uchun dastlibki mashg’ulotlarda ham, keyingi mashg’ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar ma’quldir.


  1. Download 113,33 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Download 113,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematik o‘n minutliklar, soatlar

Download 113,33 Kb.