Mutaxassislarni boshqarish va boshqalar. Ayniqsa korxona va tashkilotlarni boshqarish jarayonlarida axborot tizimlari va
texnologiyalarining yakdilligi yaxshi samara beradi.
Boshqaruvning axborot texnologiyasi maqsadi firmadagi qarorlar qabul qilish
bilan aloqador bo’lgan hech bir istisnosiz barcha xodimlarning axborotga bo’lgan
ehtiyojni qondirishdan iboratdir. U boshqaruvning barcha darajalarida foydali
bo’lishi mumkin.
Bu texnologiya boshqaruvning axborot tizimi muhitida ishlashga mo’ljallangan
va hal qilinadigan masalalar, agar ularni ma’lumotlarga ishlov berishning axborot
texnologiyasi yordamida hal qilinadigan masalalar bilan qiyoslaganda, juda yomon
tuzilgan hollarda foydalaniladi.
Boshqaruvning axborot tizimi turli funksional kichik tizimlar (bo’linmalar)
yoki firmaning boshqaruv darajalari xodimlarning axborotga bo’lgan o’xshash
ehtiyojlarini qondirish uchun juda to’g’ri keladi. Ular yetkazib beradigan axborot
firmaning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga
oladi. Bu axborot doimiy yoki maxsus boshqaruv hisobotlari shakliga ega bo’ladi.
Zamonaviy axborot texnologiya vositalari Axborot texnologiyalarining komponentalarini quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
1. Apparatli komponentalari; 2. Dasturiy komponentalari;
Kompyuter- axborotlarga ishlov berishning universal qurilmasi.
Printer- kompyuter ekrani yoki xotirasidagi ma’lumotlarni qog’ozlarga
nusxalovchi qurilma.
Proyektor-kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni kata ekranga taqdim qiluvchi
qurilma.
Plotter-grafikli ma’lumotlarni qog’ozlar va banerlarga pechatlash qurilmasi.
Telekommunikasion blok-ma’lumotlar almashishni ta’minlovchi blok.
Ma’lumotlarni kiritish va ekranni boshqarish qurilmalari (klaviatura,
manipulyatorlar).