5.
Lingvistik ta’minot.
6.
Ergonomik ta’minot.
7.
Huquqiy ta’minot.
8.
Texnik ta’minot.
9.
Mutaxassislik ta’minoti.
1.
Tashkiliy ta’minotning asosiy vazifasi boshqarish
subyektida axborotli
texnologiyani tashkil qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiqmasligi to’g’risida
qarorni ishlab chiqishga qaratilgan.
2.
Axborot ta’minoti boshqarish subyekti faoliyatida
xizmat qiluvchi barcha
ma’lumotlarning to’plamidan tashkil topadi.
3.
Matematik va dasturiy ta’minot boshqarish subyekti masalalarining yechilish
yo’llarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat bo’ladi.
4.
Texnologik ta’minot to’plangan ma’lumotlarni qayta
ishlash jarayonlarining
boshqarish usullarini ifodalaydi.
5.
Lingvistik ta’minot axborotlarni ifodalashdagi tegishli
belgi va algoritmik
tillardan tashkil topadi.
6.
Ergonomik ta’minot axborotli texnologiya unsurlarining
faoliyati uchun
tegishli shart-sharoitlarni yaratadi.
7.
Huquqiy ta’minot boshqarish subyekti
va xodimlarning burchlari,
majburiyat
va huquqlarini belgilaydi.
8.
Texnik ta’minot avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga
mos holda tegishli
vositalar bilan ta’minlashni ifodalaydi.
9.
Mutaxassislik ta’minoti axborotli texnologiya tizimlarini bilan ta’minlanadi.
Axborotli texnologiyaning
funksional qismi u faoliyat ko’rsatayotgan sohaning
mohiyatiga bog’liq bo’lib, yechilayotgan masalalar to’plami orqali tashkil qilinadi.
Funksional qism tarkibiga kirgan quyi tizimlar miqdoriy jihatdan qat’iy
belgilanmagan va umumiy holda boshqarish funksiyalari asosida tashkil qilinadi.
Umumiy holda savdo sohasida quyidagi funksional tizimlar mavjud:
Tovar aylanishini boshqarish.
Tovar harakatini boshqarish.
Talab va taklifni boshqarish.
Buxgalteriya hisobi.
Ish haqi va mehnatni boshqarish.
Moddiy texnika ta’minotini boshqarish.
Kapital qurilishini boshqarish.