Axborot texnologiyalarining maqsadi-inson tahlil qilishi uchun axborotni
ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror
qabul qilishdir.
Axborot texnologiyasi–obyekt-jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning
holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (boshlang’ich
axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari
jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Telekommunikatsiyalar - signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki
axborotning boshqa turlarini o’tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit
tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;
telekommunikatsiyalar tarmog’i - uzatishlarning bip yoki bir necha turini:
telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning
boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni
ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
telekommunikatsiya vositalari - elektrmagnit yoki optik signallarni hosil
qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutasiya qilish hamda ularni
boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va
tizimlar;
telekommunikatsiyalar xizmatlari - operator va provayderning signallar
hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish,
uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;
Axborotli texnologiya tizim sifatida boshqarish subyektida shakllanadi, Shu
sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish subyektining ustqurmasi
hisoblanadi. Axborotli texnologiyaning shakllanishi uchun quyidagi unsurlarning
bo’lishi shart: