1–bosqich (1960-yillar oxirlarigacha) apparat vositalari imkoniyatlari
cheklangan sharoitlarda katta hajmlardagi ma’lumotlarni qayta ishlash muammosi
bilan ajralib turadi.
2–bosqich (1970–yillar oxirlarigacha) IBM 360 turkumidagi EHM yaratilishi
bilan bog’liq. Bu bosqich muammosi –dasturiy ta’minotining apparat vositalari
rivojlanishi darajasida orqada qolishidir.
3–bosqich
(1980–yillar
boshlari)
kompyuter
malakasi
bo’lmagan
foydalanuvchining quroli bo’lib qoldi. Axborot tizimlari esa foydalanuvchining
qarorlarini qabul qilishni qo’llab –quvvatlovchi vosita sifatida ishlatilmoqda. Bu
bosqichda foydalanuvchi ehtiyojlarini yuqori darajasida qondirish va kompyuter
muhitida ishlovchi tegishli interfeysni yaratish muammolari mavjud.
4–bosqich (1990–yillar boshlaridan) –tashkilotlarda aloqalar va axborot
tizimlari zamonaviy texnologiyalarini yaratish.
Bu bosqichda muammolar juda ko’p.
Ulardan muhimlari quyidagilardir:
- kompyuter aloqasi uchun kelishuvlari ishlab chiqish va standartlar, protokollarni
o’rnatish;
- strategik axborotga kirishni tashkil etish;
- axborotni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash;
Kompyuter texnologiyasining afzalliklari bo’yicha
1–bosqich (1960–yillar boshidan) hisoblash markazlari zaxiralaridan
markazlashgan tarzda foydalanishga yo’naltirilgan qo’l mehnati amallarini
bajarishda axborotni ancha samarali qayta ishlash bilan ajralib turadi.
2–bosqich (1970–yillar o’rtalaridan) shaxsiy kompyuterning paydo bo’lishi
bilan bog’liq.
3–bosqich (1990–yillar boshlaridan) tijoratda strategik afzalliklar tahlili
tushunchasi bilan bog’liq va axborotni taqsimlovchi qayta ishlash
telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlariga asoslangan.
Axborot texnologiyalarining turlari: