3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan ofisning yangi
zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muxit bilan
kommunikasion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi
boshqa yangi zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo’llab-quvvatlashdan
iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri
Microsoft Office dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel
elektron jadvali, Power Point taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi,
Microsoft Access ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko’plab dasturiy vositalar mavjudki, ular
barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta’minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan
qiskacha tanishib chiqamiz.
Ma’lumotlar bazasi. Ular axborot texnologiyasining majburiy komponenti
ma’lumotlar bazasidir (MB). Avtomatlashtirilgan ofisda MB firmaning ishlab
chiqarish tizimi haqidagi barcha ma’lumotlarni o’zida saqlaydi.
Matn prosessori. Bu matnli hujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga
mo’ljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muharririda tayyorlangan xat
va hujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish, menedjerga firmadagi holatni doimo
nazorati ostida tutishga yordam beradi.
Elektron pochta (Ye-mail) — kompyuterlardan tarmoqda
foydalanishga
asoslangan
bo’lib,
hamkor
(partnyor)larga
ma’lumotlar jo’natish yoki ulardan ma’lumot olish imkoniyatini
yaratadi.