Boshqarish ob’ekti, boshqarish tizimi. Boshqarish algoritmi




Download 0.74 Mb.
bet6/10
Sana28.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#54470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
boshqaruv ob\'ekti
adabiyotlar, U.Niyazbekov-1MI, Самостоятельная работа@(1), Mustaqil ish 2, Holat fazosida modellarni identifikatsiyalash, 1 maruza, 9.1.Elektron tijorot tizimlari., 100.203, I-bob. Korxonalarda innovatsion faoliyatni rag batlantirish tizi, PYTHON satrlar, Ichki tashkiliy motivatsiyalar, Xorijda oila pedagogikasining rivojlanish tarixi. O\'zbekistonda oila pedagogikasining rivojlanish tarixi, 10. Подготовка проб руды к анализу, 88779 2023 иш режаси —

Bu yerda to`rtburchakdan tashqariga yo`naltirilgan o`q {y(t)} chiqish jarayoni, tashqaridan to`rtburchakka yo`naltirilgan o`qlar {u(t),f(t)} esa kirish jarayonlarining belgilaridir. To`rtburchakning o`zi jarayonlar orasidagi mavjud bog`lanishni bildiradi. Ob’ektning chiqishi odatda boshqariluvchi, ya’ni qandaydir tarzda o`zgartirilishi lozim bo`lgan, jarayon hisoblanadi. Kirishlar esa chiqish jarayonini o`zgarishiga sabab bo`ladigan jarayonlardir. Kirishlar ikki xil bo`ladi. Birinchisi, masalan u(t), shunday jarayonlarki, ularni istalgan tarzda o`zgartirish mumkin. Bunday kirishlarga boshqaruvchi kirish, yoki boshqaruvchi jarayon deyiladi. Ikkinchi xil kirishlar chiqishga ta’sir etadi, biroq uni o`zini istalgancha o`zgartirib bo`lmaydi. Bunday kirishlarga galayonlantiruvchi jarayonlar deyiladi.

Boshqarish ob’ektining chiqish parametrlari boshqarish maqsadi bilan chambarchas bog`liqdir. Aslini olganda, boshqarish maqsadi bu chiqishlar, yoki ulardan birining o`zgarishi bo`yicha bizning istagimizning ifodasidir.

Boshqarish ob’ektining chiqish parametrlari boshqarish maqsadi bilan chambarchas bog`liqdir. Aslini olganda, boshqarish maqsadi bu chiqishlar, yoki ulardan birining o`zgarishi bo`yicha bizning istagimizning ifodasidir.

Yuqorida keltirilganlardan hulosa chiqadiki, ob’ektni boshqarish ob’ekti sifatida ifodalash deganda uning chiqish va kirishlarini tayinlash va belgilash, hamda boshqarish maqsadini ifodalash tushuniladi.

Masalan avtomobilni ko`raylik. Avtomobildan foydalanishning asosiy maqsadi bir joydan boshqa joyga yetib borishdir. Bu holda ob’ektning chiqishlari, ya’ni boshqariluvchi jarayon, sifatida avtomobilning joriy koordinatalari, tezligi, yo`nalishi ko`rilishi lozim. Unda boshqaruvchi kirish sifatida rul va pedallarning holatlari tanlanishi mumkin. Nihoyat, g`ildiraklar yo`lga ishqalanish kuchlari, yo`lda uchraydigan notekisliklar, piyodalar va h.k. g`alayonlantiruvchi kirishlar bo`ladi.


Download 0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarish ob’ekti, boshqarish tizimi. Boshqarish algoritmi

Download 0.74 Mb.