Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/104
Sana10.12.2023
Hajmi4,61 Mb.
#115096
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
Bog'liq
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

 
 
4.8-rasm. Kontaktli relening releli tavsiflari 
Reledagi tok orttirilganda hamda tortish toki I
tt
deb ataladigan qiymatiga 
etganida, rele yakori tortiladi, P kontakt tutashadi va I
yu2
tok sakrab (b-nuqta) 
ko’payadi. Rele cho’lg’amidagi tokni keyingi ortishi yuklama tokiga ta’sir 
etmaydi, chunki tok R
yu2
yuklama qarshiligi bilan belgilanadi. I
yu
tok 
kamaytirilganda va qo’yib yuborishi I
qyu
 toki deb ataladigan qiymatiga etganida, 
rele yakorini qo’yib yuboradi, kontakt ajraladi va yuklamadagi tok nolga teng 
(c-nuqta) bo’ladi. Shunday qilib releni ideal tavsifini oldik, unda y
uz
=0. Orqa 
kontaktga nisbatan rele tavsifi 4.8,b-rasmda ko’rsatilgan.


111 
Relelarni tanlash va o’rganishni yengillashtirish uchun turli xususiyatlari 
yoki ko’rsatkichlari bo’yicha guruhlarga ajratiladi (tasniflashadi). Xususan, 
ularni kirish x kattaligini fizikaviy tabiati va qabul qiluvchi (o’zlashtiruvchi) 
qismini ishlash prinsipi bo’yicha relelarning tasnifini ko’rib chiqamiz. 
Ishlatiladigan relelarga elektr, mexanik, issiqlik, pnevmatik, gidravlik, akustik 
va optik relelarni ko’rsatish mumkin. Eng oddiy konstrukiya va yuqori ishonchli 
ishlashlik berilgani sababli elektr relelar ko’p tarqalgandir.
Mexanik relelarda kirish x kattaligi sifatida: tezlik, tezlanish, fazodagi 
siljish yoki deformasiya ishlatiladi. Markazdan qochirma rele (4.9, a-rasm) valni 
aylanish chastotasiga javob qaytaradi. Aylanish chastotasi ortganda markazdan 
qochirma kuchlar ta’siridan yukchalar Yu uzoqlashadi va harakatchi mufta HM 
o’ngga siljiydi, bu esa kontaktni tutashishiga olib keladi.
Issiqlik yoki termorele, atrof muhitni harorati ta’siridan yoki 
cho’lg’amdan oqadigan tokning qizdirishidan ishlaydi. Bimetalli (ikki xil 
metalli) termoreleni (4.9, b-rasm) vaqt relesi sifatida yoki elektr zanjir 
iste’molchilarni tok bo’yicha o’ta yuklanishdan himoya qilishlikka ishlatiladi. 
Rele, ikkita yassi bimetalli plastinadan (taxtacha) iborat bo’lib, bir uchini 
harakatsiz qilib mustahkamlashadi, ikkinchi uchini kontakt bilan bog’lashadi. 
Bimetalli plastina, issiqlikdan turli chiziqli kengayishi koeffisentiga ega, o’zaro 
yopishtirilgan ikkita qatlam metallardan yaratilgan. Cho’lg’amdan o’tayotgan 
tok bilan qizdirilganda, ikki qatlam turlicha kengayishadi va natijada plastina 
issiqlikdan kichikroq kengayish koeffisentiga ega metall tomonga egiladi. 
Egilish natijasida kontakt tutashadi (yoki ajraladi).
Pnevmatik (4.9,c-rasm) va gidravlik rele siqilgan havo yoki suyuqlik 
ta’siridan ishlaydi. Ularni kompressorli qurilma bor joyda ishlatishlik qulay. 
Pnevmatik relega, havo magistrali 5 dan siqilgan havo silindr 4 ga kelganida 
kontakt tizimi bilan bog’langan shtok 1, porshen 3 ni siljitadi va kontaktlar 
tutashadi. Havo magistralida bosim kamayganida, prujina 2 ta’siridan porshen 
o’ngga siljiydi va kontaktlar ajraladi.


112 
Avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarida asosan elektr relelar 
ishlatiladi. 
4.9-rasm. Mexanik, issiqlik, pnevmatik rele. 

Download 4,61 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish