• 4.3. Elеktr mаgnitli rеlеlаr.
  • Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari




    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/104
    Sana10.12.2023
    Hajmi4,61 Mb.
    #115096
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
    Bog'liq
    Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

     
     
    4.6- rasm. Rеlе kоntaktlari ishini еngillashtiruvchi sхеmalar 
    Elektr relelari elektromagnit, elektron, fotorele, elektron, vaqt relesi kabi
    turlarga bo’linadi. Avtomatik tizimlarda keng tarqalgan relelar bilan tanishib 
    chiqamiz. 
    4.3. Elеktr mаgnitli rеlеlаr.  
    Elеktrik rеlеlаr ichidа eng ko’p tаrqаlgаni o’zgаruvchаn vа o’zgаrmаs tоk 
    elеktr mаgnit rеlеlаridir. O’zgarmas tokli elektr magnit relesi (4.7-rasm) elektr 
    magnit va kontakt tizimidan iborat. Magnit oqimi hosil qilishlikka cho’lg’am 


    109 
    6 xizmat qiladi va o’zakda 1 joylashgan bo’ladi. Magnit oqim uchun yo’lni 
    (magnit o’tkazgichni) o’zak 1, yarmo (egar) 2, yakor (langar) 4 va havo tirqishi 
    5 hosil qilishadi. Yarmoda kontakt tizimi 3 va yakor o’rnatiladi. Yakor, magnit 
    o’tkazgichni harakatlanuvchi qismi hisoblanadi va kontaktlarga mexanik ta’sir 
    ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
    Elektr magnit rele konstruksiyasini (4.7-rasm) ikki qismga: qabul qiluvchi 
    (o’zlashtiruvchi) va ijrochiga ajratish mumkin. O’zlashtiruvchi qism kirish
    kattaligiga reaksiya (javob) beradi. Unga cho’lg’amdagi tok qiymatiga reaksiya 
    beradigan–cho’lg’am, o’zak, yarmo va yakor, ya’ni elektr magnit kiradi. Ijrochi 
    qismga–tashqi zanjirga ta’sir ko’rsatadigan tizim kiradi.
     
    4.7-rasm. Elektr magnitli rele
    Tashqi zanjirlarni (yuklamalar Ryu1 va Ryu2) almashlab ulaydigan 
    kontakt tizimi, uchta qayishqoq prujinalar va ularda mustahkamlangan 
    kontaktlardan iborat. Umumiy Y kontaktni prujinasi yakor bilan mexanik 
    ulangan. Pastki kontakt orqa (ortdagi) O kontakt deb ataladi. Agar rele toksiz 
    bo’lsa, u tutashgan bo’ladi. Orqa kontakt orqali Ryu1 yuklama ulangan 
    bo’lishligi lozim (masalan, stansiyaga kirish svetoforini qizil lampasi). Yuqori 
    kontakt ro’para (frontal) P kontakt deb ataladi. Agar toksizlantirilgan bo’lsa, u 
    ajratilgan bo’ladi. Ro’para kontakt orqali Ryu2 yuklama ulanadi, u esa normal 
    holatda uzilgan (ajratilgan) bo’lishi lozim (masalan, stansiyadagi svetoforni 
    yashil lampasi). Ushbu releni ishlash prinsipi–bu yakorga ega elektr magnitni 


    110 
    ishlash prinsipidir. kalitni tutashtirganda cho’lg’amni chiqarmalariga ta’minot 
    manbai ulanadi. Cho’lg’amdan tok oqadi va magnit F oqim hosil bo’ladi. 
    Buning natijasida yakor o’zakka tortiladi va o’zi bilan Y umumiy prujinani 
    yuqoriga siljitadi. Orqa kontakt ajraladi va ro’para kontakt tutashadi, R
    yu1
     
    yuklama uziladi, R
    yu2
     esa ulanadi. kalitni ajratilishi va ta’minot manbaidan rele 
    cho’lg’amini uzilishi bilan tarang P va Y prujinalarni ta’siri kuchayadi, yakor 
    dastlabki (qo’yib yuborilgan) holatiga qaytadi; ro’para kontakt ajraladi va orqa 
    kontakt tutashadi. R
    yu2
    yuklama uziladi, R
    yu1
    yuklama esa ulanadi. Ro’para 
    kontaktga nisbatan ushbu elementni kirish–chiqish tavsifini qo’ramiz. Kirish
    miqdori bo’lib rele cho’lg’amidagi I
    yu
    tok hisoblanadi. Agar rele 
    toksizlantirilgan I
    yu
    =0 bo’lsa, rele yakori qo’yib yuborilgan. Shu sababli
    kontakt ajratilgan va yuklamadagi tok nolga teng (4.8, a-rasmdagi a-nuqta).

    Download 4,61 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish