• O’zgaruvchan elektr tokli relelari
  • Qutblangan releda neytral reledan




    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/104
    Sana10.12.2023
    Hajmi4,61 Mb.
    #115096
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
    Bog'liq
    Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

    Qutblangan releda neytral reledan farqli o’laroq yakorning xarakatlanish 
    yo’nalishi boshqaruv cho’lg’amidagi tok yo’nalishiga, ya`ni ta`minot manbai 
    qutblarining ishorasiga bog’lik bo’ladi. Qutblangan rele (4.21 b-rasm) ikkita 
    boshqaruv cho’lg’ami 1 va 2, po’lat o’zak 3, chap va o’ng tomonida 
    xaraktlanuvchi kontaktlar o’rnatilgan yakor 5, qo’zg’almas kontaktlar 4, doimiy 
    magnit 6 dan tashkil topgan. Boshqaruv cho’lg’amlari po’lat o’zakda ishchi 
    magnit oqimi F ni, doimiy magnit esa, yakor orqali tutashuvchi va bir-biriga 
    teng bo’lgan ikkita F1 va F2 potoklarga bo’linuvchi, qutblovchi potok F

    ni xosil 
    qiladilar.
    O’zakning chap qismida F va F
    1
    potoklar qarama-qarshi tomonga 
    yo’nalganliklari uchun o’zaro ayiriladilar, o’ng qismida esa F va F
    2
    lar bir 
    tomonga yo’nalganliklari uchun ular qo’shiladilar. SHuning uchun o’zakning 
    o’ng tomonida xosil bo’lgan tortish kuchi, chap tomondagiga nisbatan katta 
    bo’ladi va yakor o’ng qutbga qarab xarakatlanadi. Ta`minot manbai ishorasi 
    o’zgartiril- ganda, boshqaruv zanjiridagi tok yo’nalishi va unga qarab potok F 
    yo’nalishi xam o’zgaradi. Endi chap qutbda F va F
    1
    potoklar qo’shiladi, o’ng 
    qutbda esa ayiriladi va yakor chap qutbga o’tadi. Boshqaruv cho’lg’amida tok 
    bo’lmaganda, yakor o’rta xolatni egallaydi, chunki bu xolda, F
    1
    va F
    2
    potoklari 
    bir-biriga qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’ladilar. Qutblangan relelar katta 
    sezgir- lik va tezlik bilan ishlash qobiliyatiga ega.
    O’zgaruvchan elektr tokli relelari o’zgarmas tok neytral elektr mag- nit 
    relelaridan konstruktiv jixatdan shu bilan farq qiladiki, ularda uyurma toklar 
    ta`sirida qizib ketishlarni kamaytirish maqsadida o’zaklar yaxlit qilib 
    yasalmaydi, 
    balki 
    bir-biridan 
    izolyasiyalangan 
    elektrotexnik 
    po’lat 
    plastinkalardan yig’iladi. O’zgaruvchan magnit potoki ta`sirida sodir bo’ladigan 
    yakor silkinishi va kontaktlarning uchqunlanishini yo’k qilish uchun, 
    o’zgaruvchan tok relesi bosh cho’lg’amdan tashqari yana, qo’shimcha qisqa 
    tutashtirilgan cho’lg’amga xam ega bo’ladi. Bosh cho’lg’am xosil qilgan magnit 
    potoki qiska tutashuv cho’lg’amida ЕYUK xosil qiladi va undan tok o’tadi. Bu 


    125 
    tok, bosh cho’lg’am xosil qilgan potokdan faza bo’yicha orqada qolgan potok 
    xosil qiladi. Bosh magnit potoki nolga teng bo’lganda, qiska tutashuv 
    cho’lg’ami potoki xech qachon nolga teng bo’lmaydi va yakor o’zakka maxkam 
    tortilganicha turadi, ya`ni silkinmaydi.
    Elektr magnit relelarining tortish va mexanik tavsiflari mavjud. Relening tortish 
    tavsifi deb, elektr magnit tortish kuchi F

    bilan yakor va o’zak oralig’idagi 
    masofa 5 o’rtasidagi bog’lanishga, ya`ni F
    3
    =f(6) ga aytiladi (4.22v-rasm). Elektr 
    magnit tortish kuchini taxminan quyidagi tenglamadan topish mumkin: 
    4.22- rasm. Elektr magnit relel.
    bu erda: - xavo oralig’idagi magnitlovchi kuch;
    - xavo oralig’ining
    - xavaoning magnit kirituvchanligi g/m
    S – xavo oralig’ining ko’ndalang kesmi m
    2
    Yuqoridagi tenglamadan ko’rinib turibdiki, xavo oralig’i 5 qiymati oshib 
    borishi bilan, elektromagnit tortish kuchi o’zining minimal (F
    3
    min) 
    qiymatigacha kamayadi. Relening mexanik tavsifi deb, mexanik kuch (yakor 
    xarakatlanganda unga prujina tomonidan ko’rsatiladigan qarshilik kuchi) Rm 
    bilan xavo oralig’i o’rtasidagi bog’lanishga, ya`ni F
    M
    =f(6) ga aytiladi. 

    Download 4,61 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




    Download 4,61 Mb.
    Pdf ko'rish