122
Elektromexanik vaqt relelarini tayyorlashda soat mexanizmlaridan
foydalaniladi. Soat mexanizmini yuritish uchun esa
prujinaning tortish kuchi
o’rnida elektromagnitning tortish kuchidan foydalaniladi. 4.13-rasmda
elektromagnitli vaqt relesining prinsipial sxemalari ifodalangan.
Vaqt relesi kontaktlari (1, 2 va 3) soat mexanizmi (SM) ning shkalasi
bo’yicha oldindan berilgan kechikish vaqtiga surib qo’yiladi. Bu chiqish signali
X
ch
ning kechikish vakti hisoblanadi.
Relega kiruvchi signal X
k
boshqarish
kontakti K
b
orqali beriladi. Kontakt K
b
ulanganda elektromagnit E chulg’amidan
tok o’tib, po’lat o’zakda magnit maydon hosil bo’ladi, uning kuchi F
em
richaglar
orqali soat mexanizmini yurgizib yuboradi. Soat mexanizmining o’qiga
o’rnatilgan richag 4 aylanib kelib, berilgan kechikish
vaqti davri ichida
egiluvchi po’lat taxtacha 3 ni bosib to’xtaydi. Natijada 3—2 kontakt juftlari
uzilib, 3—1 kontakt juftlari ulanadi va releda chikuvchi signal X
ch
hosil bo’ladi.
Bu signal o’z navbatida boshqarish zanjiridagi bironta ijrochi element (IE) ga
yoki oraliq relega kiruvchi signal bo’lib ta’sir qiladi.
Bu tipdagi relelar
chiquvchi signalni 0,5 dan 10 s gacha kechiktiradi.