4.11-rasm. Buraladigan yakorli rele: 1-g’altak; 2-yarmo; 3-o’zak; 4-yakor
Neytral relelar guruhiga NMSh, REL, NSh, NR, KDR, RKN, RPN, RES
kiradi. Qutblangan releni ishlashligi g’altak chiqarmalariga ulanadigan ta’minot
114
qutbiga bog’liq bo’ladi. g’altakdagi tokni yo’nalishiga qarab qutblangan releni
(PMPSh, IMSh, PL) yakori ikkita holatdan bittasiga ulanadi. Qo’rama rele
(KMSh, KSh) neytral va qutblangan yakorlarga egadir.
4.5. Kontaktli va kontaktsiz rеlеlаr.
Rele
Rele — avtomatik sistemalarda boshkarish, himoya, kontrol, signalizatsiya,
rostlash va boshka diskret operatsiyalarni bajarish uchun juda ko’p
qo’llaniladigan apparatdir.
4.12- rasm. Aylanuvchi klapanli quvur:
1 — aylanuvchn klapan; 2- klapan dastasi.
Relega kiruvchi signal uzluksiz ravishda o’zgarib ma’lum qiymatga ega
bo’lgandagina unda sakrashsimon xarakteristikali chiqish signali hosil bo’ladi.
SHundan so’ng kiruvchi signal qiymatining o’zgarishi, oshishi davomida
chiquvchi signal o’zgarmaydi. Kiruvchi signal qiymati kamayib ma’lum
miqdorga etganda esa chiqish signali sakrashsimon xarakterda uziladi va oldingi
holatga qaytadi.
4.13-rasm. Elektromexanik rele:
a - prinsipial sxemasi; b - statik xarakteristikasi;
115
Ishga tushish signali; X
ish
- relening ishga tushish signali; X
q
- relening
qaytish signali
X
k
- rele chulg’amiga kiruvchi signal; X
ch
- rele kontaktlari orqali chikuvchi
signal.
Rele xususiyatlari bilan elektromexanik relening ulanish sxemasi va
xarakteristikasi orqali tanishish mumkin (4.13- rasm)
Rele cho’lg’amiga kiruvchi tok I
k
(signal x
k
) potensiometr surilgichini
pastdan qarab yuqoriga surish yo’li sekin ko’paytirib borilganda tok katta-
taktlari orqali chiquvchi signalligi I
ish
ga yoki signal X
ish
ga etganda rele ishga
tushadi, ya’ni uning kontakti orqali o’tadigan sakrashsimon xarakterga ega
bo’lgan chiqish signali I
ch
yoki X
ch
hosil bo’ladi, ya’ni rele ishga tushadi. SHu
sababli relega kiruvchi signalning bu qiymati ishga tushish signaln X
ish1
deb
ataladi. Endi potensiometr surilgichini pastga (orqaga) surib kirish signali
kattaligini kamaytira boshlasak I yoki X bo’lganda chiqish cignali keskin
kamayadi, ya’ni rele o’z kontaktlarini bo’shatib yuboradi, chiqish signali
yo’qoladi. Relega kiruvchi signalning bu qiymati qaytish signali X
k
deb ataladi.
Rele o’zining quyidagi asosiy parametrlari bilan xarakterlanadi:
1) ishga tushirish quvvati; bu quvvat relening ishonchli ishlashi, ya’ni
kontaktlarining barqaror ulanib turishi uchun zarur bo’lgan tashqaridan ta’sir
qiladigan signalining minimal quvvatiga teng bo’ladi;
2) boshkarish quvvati; u relega ta’sir qilayotgan signalning shunday
minimal quvvatidirki, bunda rele kontaktlari uzilmay turadi;
3) qaytish koeffitsienti:
(1)
4) relening ishga tushish vaqti - relega boshqarish signali berilgandan to
undan signal chiqqunga qadar o’tadigan vaqt.
116
Rele ishga tushish vaqti (t
ish
) ga qarab tez ishlovchi, normal, kechikishli va
vaqt relelariga bo’linadi. Masalan, relening ishga tushish vaqti I
ish
< 0,05 s
bo’lsa, tez ishlovchi rele deyiladi.
t
ish
= 0,05 . . . 0,15 s bo’lsa, normal rele va t
ish
>0,15s bo’lsa, sekinlatilgan
rele deyiladi. Ishga tushish vaqti 1s bo’lib, bu vaqtni yana ma’lum oraliqlarda
o’zgartirish mumkin bo’lgan rele vaqt relesi deyiladi;
5) ulash imkoniyatlari relening kontakt juftlari soni bilan aniqlanadi.
4.14-rasm. O’zgarmas tok relesi:
a — aylanuvchi yakorli rele; b — yakorsiz rele (gerkon); a — relening
prinsipial sxemasi: g — releniig dinamik xarakteristikalari; 1 —
elektromagnit g’altagi; 2 — qo’zgalmas po’lat o’zak; 3 — ko’zgaluvchi po’lat
o’zak (yakor); 4 — normal xolatdagi ochiq kontakt; 5 — normal holatdagi
yopiq kontakt; 6 — shisha kolbacha. 6) o’lchamlari, massasi va ishonchli
ishlashi xam relening asosiy parametrlari hisoblanadi.
Elektr relelar, ijrochi qismini ishlash prinsipi bo’yicha, kontaktli va
kontaktsiz bo’lishadi. Kontaktli relelar, zanjirlarni mexanik tutashtirish (4.15,a-
rasm) yoki ajratish bilan, Ryu yuklamaga ta’sir etishadi. Kontaktsiz relelarda,
bunday ta’sir, zanjirni mexanik ajratmasdan turib, zanjirning biror parametrini
(qarshiligi, induktivligi, sig’imi) keskin o’zgartirish orqali, erishiladi.
117
4.15-rasm. Yuklamani kommutasiya qilish sxemalari
Yuklama
boshqarishligini,
qandaydir
element
qarshiligini
keskin
o’zgartirish orqali amalga oshirish mumkin (4.15,b-rasm). Bunday element
bo’lib, masalan, kalitlik rejimida ishlaydigan tranzistor hisoblanishligi mumkin
.
Kontaktli kommutasiya uslubini ustunligi bo’lib, yuklamani to’liq galvanik
ajratilishi
0
uz
I
hisoblanadi, chunki kontaktsiz uslubda esa, bunga erishib
bo’lmaydi, ya’ni
0
uz
I
. Ammo kontaktli kommutasiya uslubi, kontaktsiz
uslubga nisbatan past ishonchlikka ega. Iste’mol qiladigan toki turi bo’yicha,
relelar o’zgarmas va o’zgaruvchan tokli relelari bo’lishlari mumkin.
Ishlatiladigan relelarni eng ko’pi o’zgarmas tok relelaridir. Buning sababi,
ularning konstruksiyasini soddaligi va o’zgarmas tok relelarini to’g’irlagich
orqali o’zgaruvchan tok zanjirlarida ham ishlatish mumkinligidir.
Kontaktsiz releli ishlaydigan elementlarning kontaktli reledan farqi shundan
iboratki, ular tashqi mexanik kontaktlarni tutashishi va ajralishi bilan emas, balki
zanjirning biror ko’satkichi–qarshiligi, induktivligi yoki sig’imi o’zgarishi bilan
ta’sir ko’rsatishadi (4.15-rasmga qarang).
Kontaktsiz rele, unda harakatlanadigan qismi-yakori va kontakt tizimi hamda
ularning yeyilishi bo’lmaganligi, uchqun va yoy ta’siridan jadalli buziladigan
kontaktlari yo’qligi sababli, ko’proq ishonchlikka ega. Inersiyali harakatchan
qismlarini yo’qligi va ularning ishlashi fazodagi holatiga bog’liq bo’lmasligi,
kontaktsiz relelarning yuqori tezkorligini ta’minlaydi.Kontaktsiz relelarning
kichik tashqi o’lchamligi, ularning muhim ustunligidir. Ayniqsa bu,
mikroelektron asboblardan yasalgan relelarga tegishlidir. Kontaktsiz relelarning,
kontaktligiga nisbatan kamchiliklari–bu ularning tashqi elektromagnit
118
ta’sirlariga, shovqinlarga yuqori sezgirligi, radiasiya ta’siriga moyilligi, elektr
ta’minot sifatiga bog’liqligidir. Bu esa, ekranlar, filtrlar va boshqa himoya
tadbirlari ko’rishni talab etadi. Kontaktsiz elementlar uchun qiyin aniqlanadigan
nosozlik-bu adashish yoki to’xtab qolish (ya’ni qisqa vaqtga ish qobiliyatini
yo’qotish) xususiyatni borligidir. Bu ma’noda kontaktli rele kam talabchan,
dag’alroq elementdir, u sozlashni talab etmaydi va tashqi xalaqitlarga moyil
emas. Ana shu sabablarga ko’ra, buzilish (nosozlik) jadalligi
14
_
10
12
_
10
1/soatga teng.
I- sinf ishonchlikka ega kontaktsiz releni yaratish, kontaktli relega nisbatan
ancha murakkab masaladir. Chunki kontaktli relelarda bu maqsadga etarli sodda
konstruksiyalarni tanlash tadbirlari bilan erishiladi. Kontaktli relelarning yana
bir muhim ustunligi, bu ularning holatini ko’z bilan ko’rish mumkinligidir. Bu
ularning ishlashini nazorat qilish va buzilishini oson tuzatishga imkon beradi.
Kontaktsiz relelar, kontaktlilar beradigan, yuklamani elektr manbadan to’liq
galvanik ajratilishini ta’minlay olmaydi. Natijada, uzilgan yuklama zanjiridan
qandaydir salt yurish toki oqishi mumkin.
|