Boshqarish tizimining ahamiyati




Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.12.2023
Hajmi0,95 Mb.
#121666
1   2   3   4   5
Bog'liq
138-142

Ma’lumot uchun: Har bir jarayonda o‘ziga xos vazifa va funksiyalar amalga 
oshiriladi, bunda (1) soliq xavfi ro‘yxati, (2) baholangan korxonalar ro‘yxati, 


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
15-to’plam fevral 2023 
 
140 
(3) komplayns kompaniya rejasi shakllantiriladi, (4) soliq ma’murchiligi tadbirlari 
amalga oshiriladi, (5) normativ huquqiy hujjatlar (norma ijodkorligi) va texnologik 
yechimlar ishlab chiqiladi hamda (6) soliq ma’murchiligi baholanadi (natijadorlik). 
Soliq xavfini boshqarish tizimi jarayonlari, iqtisodiyot sohalari (qurilish, savdo, 
xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi) va soliqlar kesimida, shuningdek 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda hamda individual sub’ektlar bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
Soliq to‘lovchilar soliq xavfi darajasiga qarab past, o‘rta va yuqori xavfli 
toifalarga ajratiladi. 
Xalqaro tajribada ham soliq xavfi darajasi mezonlari to‘liq oshkor etilmaydi va 
quyidagilar bundan mustasno: 
soliq yuki; 
ilgari taqdim etilgan soliq hisobotlariga bir necha bor (bir hisobot davri uchun uch 
va undan ortiq marta) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi; 
soliq hisobotida bir necha soliq davridagi (ikki va undan ortiq) zararlar aks 
ettirilishi; 
soliq davri davomida soliq to‘lovchining joylashgan joyi bir necha bor (ikki va 
undan ortiq marta) o‘zgartirilishi va keyinchalik qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi; 
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha guvohnomasi bekor qilingan (ro‘yxatdan 
chiqarilib tashlangan), shuningdek, tugatilgan, faoliyatini amalga oshirmayotgan
bankrot deb topilgan shaxslar bilan amalga oshirilgan bitimlar (operatsiyalar); 
sof foydaning xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko‘rsatkichi 
past darajada bo‘lishi; 
soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq 
hisobotidagi operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, ushbu operatsiyalar bo‘yicha 
boshqa soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotidagi ma’lumotlarga mos 
kelmasligi; 



Download 0,95 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish