|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 138-142Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
15-to’plam fevral 2023
139
jihatdan olganda soliq siyosatini ishlab chiqish, uni amalga oshirish va uning
samaradorligi baholash o‘ziga xos murakkab jarayon bo‘lib, uning yo‘nalishlarini
ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi
Jaxon tajribasida soliq ma’muriyatining boshqaruv axborot tizimida soliq xavfini
boshqarish tizimi (CRM - Compliance Risk Management) keng amaliyot bo‘lib,
uning o‘rni va roli tabora yuqori ahamiyat kasb etib bormoqda.
Soliq xavfi — byudjet tizimiga soliq va yig‘imlar to‘lanmasligi yoki to‘liq
to‘lanmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan
soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik ehtimoli.
Soliq xavfini boshqarish tizimi 6 ta bosqichdan iborat uzluksiz davom etadigan
jarayon bo‘lib, bular (1) soliq xavfini aniqlash, (2) xavfni tahlil qilish va baholash,
(3) xavfni boshqarish usullarini tanlash, (4) ta’sir choralarini qo‘llash, (5) xavflarni
pasaytirish choralarini ishlab chiqish va qo‘llash, hamda (6) o‘tkazilgan tadbirlar
tahlili (feedback) hisoblanadi.
Soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash maqsad:
-
yuqori xavfga ega bo‘lgan sohalarga e’tiborni jamlash va soliq organlari
tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash;
- soliq solish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlarini oshirish;
-
faoliyati bo‘yicha soliq xavfi past deb aniqlangan soliq to‘lovchilarga (soliq
agentlariga) (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchilar) nisbatan soliq nazoratini
minimallashtirish;
-
soliqqa oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga
tanlab olinadigan soliq to‘lovchilarni inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy
mahsulot orqali aniqlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
-
soliq xavfi darajasidan kelib chiqib soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq
tekshiruvlari shakllarini belgilash.
|
| |