Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
15-to’plam fevral 2023
138
SOLIQ MA’MURCHILIGI SIYOSATIDA SOLIQ XAVFINI
BOSHQARISH TIZIMINING AHAMIYATI.
Ismatov Xolbuta Begmatovich
Toshkent davlat iqtisodiyot
universitetining mustaqil tadqiqotchisi
Annotasiya.
Mazkur
maqolada
respublikamizda
yangi
taraqqiyot
strategiyasida soliq-byudjet tizimini samaradorligini ta’minlash masalasi yoritilgan.
Har qaysi mamlakatning iqtisodiy siyosatida soliq siyosati o‘ta muhim aamiyatga
ega. Soliq siyosati davlatning boshqa iqtisodiy siyosatining yo‘nalishlariga kuchli
uzviy bog‘liqligi bilan bir qatorda, ularga ta’sir qilib boradi. Soliq siyosatini to‘g‘ri
ishlab chiqish va uning strategik hamda taktik yo‘nalishlarini belgilab olish o‘ta
dolzarb va murakkab jarayon hisoblanadi. Mazkur maqolada soliq siyosatining
mazmuni, uning strategiyasi va taktikasi hamda bugungi kunda O‘zbekiston
soliq
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: soliq,
soliq munosatlari, iqtisodiy siyosat,
soliq siyosati, soliq
siyosati strategiyasi, soliq siyosati taktikasi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq
siyosati yo‘nalishlari,
davlat byudjeti, markazlashtirilgan pul fondlari, soliq
ma’murchiligi, soliq yuki.
Kirish. Davlatning ichki moliyaviy siyosatining mazmunida markazlashgan
pul fondlarini shakllantirish va ularni taqsimlash bilan
munosabatlar asosiy rol
o‘ynaydi. Bu esa, davlatning iqtisodiy siyosatining eng muhim tarkibiy qismi
bo‘lgan soliq siyosati bilan bog‘liqdir. Soliq siyosati
davlatning boshqa iqtisodiy
siyosatining yo‘nalishlariga kuchli uzviy bog‘liqligi bilan bir qatorda, ularga ta’sir
qilib boradi. Soliq siyosatini to‘g‘ri ishlab chiqish va uning strategik hamda taktik
yo‘nalishlarini belgilab olish o‘ta dolzarb va murakkab jarayon hisoblanadi. Shu