20
Yangi mavzuni yoritish
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
Darsni yakunlash
Uyga beriladigan topshiriqlar
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
2. O‘tgan mavzuni so‘rash:
Savol-javob
D.I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalidagi II A guruhda joylashgan element
atomlarida tartib raqam ortishi bilan quyidagi xususiyatlar qanday o‘zgaradi?
1) tashqi energetik qavatdagi elektronlar soni; 2) elektron qavatlar soni;
3) atom radiusi; 4) protonlar soni; 5) ionlanish potensiali.
А) 1- o‘zgarmaydi; 2, 3, 4-kamayadi; 5-ortadi;
В) 1-kamayadi; 2, 4-ortadi; 3, 5-o‘zgarmaydi;
С) 1- o‘zgarmaydi; 2, 3, 4- ortadi; 5- kamayadi;
D) 1- o‘zgarmaydi; 2, 4 – ortadi; 3,5- kamayadi.
3. Yangi mavzuni tushuntirish:
1) Rezerford modelini izohlash:
Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra, barcha elementlar atomlarining yadrolari
proton
va
neytronlar (umumiy nomi
nuklonlar) dan iborat. Protonning massasi 1,0073
m.a.b. ga va zaryadi +1 ga teng. Neytronning massasi 1,0087 m.a.b. ga, zaryadi esa
0 ga teng (zarracha elektr neytraldir). Proton bilan neytronning massasini deyarli
bir xil deyish mumkin.