18
1) Qatorda litiy Li dan ftor F ga tomon nisbiy atom massalari ortishi bilan metallik
xossalarining asta-sekin susayishi va metallmaslik
xossalarining kuchayishi
kuzatiladi.
2) Litiy Li dan uglerod C ga tomon borganda nisbiy atom massalarining qiymati
ortishi bilan elementlarning kislorodli birikmalaridagi valentligi 1 dan 4
ga qadar
ortib boradi. Vodorodli birikmalardagi valentligi uglerod C da 4 dan ftor F da 1 ga
qadar kamayadi.
3) Natriy Na elementidan (tartib raqami 11) boshlab oldingi qator elementlar
xossalarining takrorlanishi kuzatiladi.
4) Kaliydan (tartib raqami 19) boshlab, tipik ishqoriy
metalldan tipik metallmas
galogenga qadar xossalarining asta-sekin o‘zgarishi kuzatiladi.
4) Mendeleyevning bashoratlari:
Hali kashf etilmagan 29 element uchun bo‘sh katakchalar qoldirildi. Davriy qonun
va davriy sistema asosida D.I.Mendeleyev o‘sha vaqtda hali kashf etilmagan yangi
elementlar bor, degan xulosaga keldi; ulardan 3 tasining xossalarini batafsil bayon
qildi va ularga shartli nomlar berdi –
ekabor, ekaalyuminiy va ekasilitsiy. D. I.
Mendeleyev har qaysi elementning xossasini atom
analoglarining xossalariga
asoslanib aniqladi. Berilgan elementni davriy sistemada o‘rab turgan elementlarni
u
analoglar deb atadi.
Galliy – 1875-yilda Lekok de-Buabodran,
skandiy – 1879-
yilda Nilson va
germaniy – 1886-yilda Vinkler tomonidan kashf etildi.