Dars turi:
Mustahkamlovchi
Dars uslubi:
Aralash
Dars jihozi:
Darslik, tarqatma materiallar
Darsning texnologik chizmasi
Dars bosqichlari
Vaqt
Tashkiliy qism
O‘tilgan mavzuni takrorlash
Yangi mavzuni yoritish
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
Darsni yakunlash
Uyga beriladigan topshiriqlar
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
2. Nazariy ma’lumotlarni takrorlab olish:
1) Faradeyning birinchi qonunini ta’riflang.
2) Ikkinchi qonunni ta’riflang.
3) Suyuqlanma va suvli eritmalar elektrolizida mahsulotlar farqi qanday bo‘ladi?
3. Namunaviy masalalar yechish:
182
1-masala. 250 g 8,94% li KCl eritmasidan 3 A tok kuchi 9650 sekund davomida
o‘tkazilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.
Masalaning yechimi: KCl eritmasi elektroliz qilinganda katodda vodorod,
anodda esa xlor gazlari ajralib chiqadi:
Demak, dastlabki eritmada 0,3 g/ekv KCl bor bo‘lgan ekan. Endi shu
eritmadan o‘tgan ekvivalent tok miqdorini aniqlaymiz:
Topilgan qiymatlardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, eritmada 0,3 g/ekv
KCl bo‘lgan va eritmadan 0,3 ekvivalent miqdorda tok o‘tgan. Demak, KCl ning
eritmasidan o‘tkazilgan tok KCl ni to‘liq elektrolizga uchratish uchun yetarli
miqdorda bo‘lgan ekan. Elektrolizdan so‘ng eritmada erigan modda bo‘lib KOH
hisoblanadi va foiz konsentratsiya shu modda massasiga nisbatan hisoblanadi.
Elektroliz reaksiyasida 0,3 g/ekv KCl sarflangan bo‘lsa, 0,3 g/ekv vodorod,
0,3 g/ekv xlor va 0,3 g/ekv KOH hosil bo‘ladi (Izoh: ekvivalent miqdor,reaksiyaga
kirishgan va hosil bo‘lgan moddalar uchun umum iy bo‘ladi):
Endi elektrolizdan so‘ng hosil bo‘lgan eritma massasini aniqlaymiz. Buning
uchun eritmadan gaz holatida chiqib ketgan vodorod va xlor massalarini topib
olamiz:
|