57
b) Elektr toki ta’sirida musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon
harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy
zaryadlanganlari anionlar deyiladi.
kation anion
c) Dissotsiatsiya jarayoni qaytar jarayondir. Dissotsiatsiya natijasida hosil bo‘lgan
qarama-qarshi zaryadli ionlar bir-biri bilan to‘qnashib, qaytadan molekulaga
aylanadi va bu assotsiatsiya deyiladi.
2) Osh tuzining konsentrlangan suvli eritmasi,distillangan suv,oddiy kran
suvidan tokni maxsus asbob yordamida o‘tkazib ko‘rish va tajribani xulosalash.
NH
4
OH, H
2
SO
4
, CH
3
COOH bilan bajarilgan tajribalarda ularning
konsentrlangan eritmalaridan tok o‘tkazilsa lampochka yonmaydi, ularning
eritmalari suyultirilsa lampochka yonadi va qanchalik suyultirib borilsa shunchalik
lampochka yorug‘ yonadi, ya’ni ravshanlashib boradi. Demak, bunday eritmalar
faqat o‘ta suyultirilgandagina to‘liq dissotsiatsiyalanadi va o‘zidan elektr tokini
yaxshi o‘tkazadi.