Boshqaruv maqsadalari va ularga qo‘yiladigan talabalar




Download 30.57 Kb.
bet2/5
Sana17.04.2023
Hajmi30.57 Kb.
#51996
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida
Xalqaro mehnat taqsimoti, In the name of Sharof Rashidov, 1 октября день учителей и наставников, Qo`qon xonligi madaniyati dars ishlanma, my dreams, Toshpo‘latova Nilufar Narimon qizi, 259-Мактаб паспорти 2023 (1), Mehnat bozori – bozor iqtisodiyotining muhim elementi sifatida.
Boshqaruv maqsadalari va ularga qo‘yiladigan talabalar

Maqsad - bu muddao, murod, yani u yoki bu niyatga erishmoquchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, sungra esa shu maksadimiz:
• bulajak xarakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
• faoliyatimizning ustuvor yunalishini belgilaydi;
faoliyatimizni aniq soxaga, ishga yo‘naltiradi;
• u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
• pirovard natijamizning baxolash meyorlarini belgilaydi va x..k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muximdir. CHunki aynan shu maqsadga binoan:
• boshqarish funksiyalari;
• boshqarish usullari;
• boshqarishning tuzulmaviy tarkibi;
• lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muxim masalalar xal etiladi.
Boshqaruv maqsadlariga qo‘yiladigan talablar:

  1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak

•Agar qayerga borishni bilmasangiz, u xolda biror yo‘lni tanlashga xam xojat qolmaydi.

  1. maqsad real va bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak

• Qaysi tomonga suzishni anik maksad kilib olmagan yelkanli qayiqqa xech kanday shamol xam xamrox bo‘la olmaydi.

  1. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘li­shi kerak.

Miqdoran o’lchovga, me’yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob
4. Maqsad barcha ba­jaruvchilarga tu­shunarli bo’lmog’i darkor
5. Maqsad bo’limlar va ma’sullar bo’yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak.
Maqsad, uni boshqàrish prinsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo’lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak.
6. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak
Maqsad xar bir faoliyat turi, xar bir mas’ul shaxs bo’yicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Bu — umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo‘linishini, "Maqsadlar shajarasi" (derevo seley)ni tuzishni talab qiladi.
Boshqaruv maqsadlari juda xam xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni takazo etadi.
Maqsadni turkumlash belgilari:
1. Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga karab
2. Boshqaruv pog‘onalari (darajalari)ga qarab
3. Amalga oshirish muddatiga qàrab
4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab
5. Kutiladigan natijalarga qàrab
6. Murakkablik darajasiga qarab
maqsadalar: 
1) siyosiy maqsadlar, iqtisodiy maqsadlar, sotsial maqsadlar, ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar, xalqaro munosabatlar soxasidagi maqsadlar va boshq.
2) Xududiy boshqàrish maqsadlari:
— mamlakat maqsadlari
viloyat maqsadlari
— tuman maksadlari
— qishlok maqsadlari
— ishlab chiqarish maqsadlari
— xalq xo’jaligi maqsadlari
— tarmoq (sektor) maqsadlari
— korxona (firma) maqsadlari
— yakka shaxs maqsadi
3) joriy maqsadlar
4) istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar
— uzluksiz (kundalik) maqsadlar
— fursatli maqsadlar
bir martalik maqsadlar
5) pirovard maqsadlar oralik maqsadlar
6) oddiy, an’anaviy maqsadlar
— muammoli maqsadlar
— innovatsion maqsadlar
Mazkur turkumlanishdan kurinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq. Bo’lib, muayyan ierarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqà bir maqsadga bo‘ysunishi mumkin.
Korxonani boshqarish ma’lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillar boshqaruv faoliyati g`oyalarining tayanch va fundamental asoslarini tashkil etib, boshqaruv obyektlari va subyektlariga xos bo`lgan jarayonlar, voqea va hodisalarni ilmiy anglash hamda maqsadli foydalanishga imkon beradi. Boshqaruv tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan rahbarlargina boshqaruvning maqsadi va vazifalarini chuqur anglab, oqilona qarorlar qabul qilishi mumkin.
1. Mehnat taqsimoti tamoyili mehnatni tashkil etish va boshqarishda vazifalar va majburiyatlarni xodimlar o`rtasida oqilona taqsimlash jarayonini anglatadi.
2. Vakolatlilik va majburiyat. Vakolat boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon bersa, majburiyat uning natijalari uchun javobgarlik tamoyilini belgilab beradi.
3. Intizom korxona xodimlari va ishchilarning belgilangan mehnat tartibi va qoidalarga so`zsiz rioya etishini va hurmat bilan yondoshishini talab etadi.
4. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik. Yakkaboshchilik tamoyili korxona xodimlarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo`ysunushini talab qiladi. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquqlari, burchi va majburiyatlarini qat’iy belgilab qo`yishdir.
Yakka boshchilikni kollegiallik, ya’ni qabul qilinadigan qarorlarda mutaxassislar va xodimlarning keng ishtiroki bilan qo`shib olib borish mumkin. Kollegiallik tamoyili har bir xodimning tashabbuskorligiga, o`z qobiliyatlarini namoyon qilishiga va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda faol qatnashishiga imkoniyat yaratadi.
5. Maqsadning yagonaligi tamoyili korxonadagi barcha boshqaruv xodimlari, mutaxassislar va ishchilarning yagona maqsad va vazifalar yo`lida birlashishi zaruriyatini yuzaga keltiradi.
6. Shaxsiy manfaatlar va korxona manfaatlarini qo`shib olib borish tamoyili - korxonaning har bir xodimi o`z shaxsiy manfaati yo`lida qattiq mehnat qilish bilan birga, o`z manfaatlarini korxona manfaatlaridan ustun qo`ymasligi lozimligini anglatadi. Shu bilan birga boshqaruvchilarning korxona manfaatlarini ko`zlab qabul qilgan qarorlari xodimlar va ishchilarning manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim.
7. Moddiy va ma’naviy rag`batlantirish tamoyili asosida korxona xodimlarining mehnati natijalarini munosib taqdirlash orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish yotadi.
8. Rejalilik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarishni rivojlantirishining qisqa va uzoq muddatlarga mo`ljallangan yo`nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.
9. Tejamlilik va samaradorlik korxona faoliyatida moddiy-texnikaviy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali eng kam xarajatlar evaziga maksimal foyda olish muhimligini anglatadi.
10. Javobgarlik va tavakkalchilik. Boshqaruvchi o`z faoliyati natijalari uchun ma’lum bir javobgarlikka ega bo`lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik (risk) elementlarini ham hisobga olishi lozim.
11. Boshqaruv etikasiga rioya etish. Bu tamoyil boshqaruv xodimlaridan bilimli, madaniyatli va xushmuomala bo`lishni, xodimlarga ishonish va ularni eshita bilishni talab etadi.
12. Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish. Kuchli raqobat sharoitida korxonani sinmasligi uchun boshqaruvchilar doimo o`z ustilarida tinmay ishlab, boshqaruv usullarini takomillashtirib borishlari va bozordagi o`zgarishlarga moslashishlari kerak.




  1. Download 30.57 Kb.
1   2   3   4   5




Download 30.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv maqsadalari va ularga qo‘yiladigan talabalar

Download 30.57 Kb.