Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida




Download 30.57 Kb.
bet3/5
Sana17.04.2023
Hajmi30.57 Kb.
#51996
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida
Xalqaro mehnat taqsimoti, In the name of Sharof Rashidov, 1 октября день учителей и наставников, Qo`qon xonligi madaniyati dars ishlanma, my dreams, Toshpo‘latova Nilufar Narimon qizi, 259-Мактаб паспорти 2023 (1), Mehnat bozori – bozor iqtisodiyotining muhim elementi sifatida.
Boshqaruv maqsadari turlari.

Joriy maksadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan xam kamrok. Muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo‘limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi muljallangan quyidagi funksional joriy maqsadlar qo’yilgan buo’lishi mumkin.
Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni xar bir bulinma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bug‘inlar va darajalarda boshqaruv ishonchligini oshirish kafolatini beradi, boshqaruvning apparati xàrakatlarining puxta bo’lishini belgilaydi.
Istiqbol (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan ko’proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan "Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi"ni ro’yobga chiqarishdek ulug’vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o‘z ichiga oladi:
2005 va undan keyingi yillar — to‘plangan tajribani taxlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Uzluksiz maqsadlar deganda xar kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mexnat unumdorligini o‘stirish, intizomni mustaxkamlash, maxsulot tannarxini pasaytirish, maxsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab qilinadigan maqsadlardir
Boshqaruv jarayonida bir martalik maqsadlarga xàm zaruriyat tug‘ulishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favkulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun o’rtaga qo‘yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz kelgan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag‘ni ajratish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Boshqarishga maksadli yondoshuv namoyandalari barcha maqsadlarni quyidagi to‘rtta guruhga bo’lishadi:
• Oddiy, qotib qolgan an’anaviy maqsadlar;
• Muammoli maqsadlar;
Innovatsion maqsadlar;
• Xodimlar malakasini, màxoràtini oshirish bo’yicha maqsàdlar.
Birinchi guruxdagi maqsadlar xar kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar bulib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bugindagi raxbarning bevosita burchiga kiradi
Ikkinchi guruxdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug‘diradi.
Muammoli maqsad. sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin kupaytirish:
• Maxsulotga bulgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni;
• Ko‘p omilli korrelyasion-regrission taxilni amalga oshirishni;
• Eng maqbulqarorlar qabul qilishni taqozo etadi.
Innovatsion maqsadlar — bu yangi maxsulotni ishlab chikarish, yangi texnologiyani joriy kilish bo’yicha qo‘yiladigan uchinchi guruxdagi maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo‘lishi mumkin: "1 iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi maxsulotni sinovdan o‘tkazishni ta’minlash".
Boshqaruv funksiyalari boshqaruv faoliyatining maqsadga yo`naltirilgan tarkibiy qismlaridan biridir. Zamonaviy boshqaruv nazariyalarida uning quyidagi funksiyalari ajratib ko`rsatiladi:
- Boshqaruv obyektiga oid axborotlarni yig`ish, saqlash, tizimga solish va qayta ishlash;
- Yig`ilgan axborotlarni operativ va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etish;
- Joriy va istiqbolli rejalashtirish;
- Korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va investitsion faoliyatini tashkil etish va boshqarish;
- Nazorat va tartibga solish.
Ushbu funksiyalar doirasida boshqaruv vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
· Qisqa va uzoq muddatli davr uchun korxonaning maqsadlari hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
· Ishlab chiqarish va texnologik jarayonning kundalik izdan chiqishlarini bartaraf etish;
· Moddiy-texnika ta’minotining uzluksizligini ta’minlash;
· Raqobat muhitida korxonaning yashovchanligini ta’minlovchi moliyaviy va marketing faoliyatini tashkil etish;
· Mehnatni tashkil etish, majburiyatlarni taqsimlash va boshqarish;
· Korxona faoliyatining samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini bajarilishining ishonchli hamda samarali nazorati tizimini yaratish va boshqalar.




  1. Download 30.57 Kb.
1   2   3   4   5




Download 30.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida

Download 30.57 Kb.