Maqsadlarga qo‘yiladigan talabalar




Download 30.57 Kb.
bet4/5
Sana17.04.2023
Hajmi30.57 Kb.
#51996
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida
Xalqaro mehnat taqsimoti, In the name of Sharof Rashidov, 1 октября день учителей и наставников, Qo`qon xonligi madaniyati dars ishlanma, my dreams, Toshpo‘latova Nilufar Narimon qizi, 259-Мактаб паспорти 2023 (1), Mehnat bozori – bozor iqtisodiyotining muhim elementi sifatida.
Maqsadlarga qo‘yiladigan talabalar.

Maqsad qanchalik murakkab bo‘lsa, u Boshqarish uchun shunchalik muammoli yoki innovatsion bulishi mumkin.
To‘rtinchi gurux bu korxona xodimlari malakasini oshirish soxasidagi maqsadlar bo‘lib, ular uzoq, muddatli (stra-tegik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, "3—5 yil ichida 20% korxona xodimlari malakasini oshirish".
Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni xar bir xodim maqsadining qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligi va nakadar samarali ado etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli xar bir xodim oldiga qo‘yiladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi.
Xodim maqsadi yuqori bo‘g‘indagi bo‘limlar maqsadiga bo‘ysunishi, unga mos bo‘lishi kerak.
Maqsadlar kaskadi (pog‘onalari).
Quyidagi xollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo‘lishiga xizmat qiladi:
• xodimning o‘z oldiga qo‘yganí maqsadi 4 tadan 8 tagacha bulishi, undan oshmasaigi kerak.;
• Yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo‘lishi kerak. Aks xolda u mavxumlikka yuz tutadi;
• Rejalashtiriladigan maqsad xarakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada bo‘lishi kerak.
Umuman xar bir kishi maqsadga erishishning yo‘li og‘ir va murakkab bo‘lishi mumkinligini anglashi kerak. U o‘z maqsadiga osonlik bilan erishishiga umid bog‘lamasligi kerak.
SHundagina u xar kanday kutilmagan muvaffaqqiyatsizlikka tushkunlikka tushmaydi.
Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o‘ta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos:
• Tobe bo‘lishlik;
• Yoyib bo‘lishlik;
• O‘zaro munosabat (bog‘lanish)da bo‘lishlik.
Màqsadniíg tobeligi deganda maqsadni qo‘yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog‘liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbol maqsadning esa o‘rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog‘likligi, bir maqsadning boshka maqsadga bo‘ysunishi tushuniladi.
Maqsadning yoyib bo‘lishligi sifati deganda uning
• Uz mixiyati b¢yicha;
• Amalga oshirish davri (vaqti) bo‘yicha;
• Pog‘onalar bo‘yicha;
• Bo‘g‘inlar va xàkazolar bo‘yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi tushuniladi.
Màqsadning o‘zaro munosabat (bog‘langan)da bog‘liklik sifati deganda uning muximligi jixatidan ranjirlanishi, tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jixati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo‘yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo‘ysunishi (tobe bo‘lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo‘lishi (yoyib bo‘lishliligi), maqsadlarning bir-biri bilan uzaro munosabatda bulishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug‘diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qo‘llaniladi.
"Maqsadlar shajarasi" — bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‘rtasidagi aloqaning grafik tasviridir.
U bo‘lajak voqealar o‘zaro aloqàsining to‘la manzarasini tasavvur qilish, konkret vazifalar ro‘yxatini olish va ularning nisbatan muximligi to‘g‘risidagi axboratga ega b¢lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o‘rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo‘li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga yetkazishni ta’minlaydi.
Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish jarayonida bu umumiy qonuniyat va tamoyillar bilan birga tarmoqning o`ziga xos bo`lgan tabiiy-iqlimiy va texnik-texnologik omillarini ham e’tiborga olmoq joizdir. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi jonli organizmlar – o`simliklar va chorva mollari bilan bog`liq bo`lib, boshqaruv jarayonida ularning biologik va fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni tabiiy jarayonlar bilan qo`shilib ketgan, ish vaqti ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi. Mavsumiylik va tabiiy-iqlimiy sharoitlar ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida bir maromda foydalanish imkonini bermaydi. Tarmoqqa xos bo`lgan bu xususiyatlar qishloq xo`jaligi korxonalarining boshqaruvchilari oldiga yanada ko`proq mas’uliyat yuklaydi va uning xususiyatlarini chuqur o`zlashtirib, boshqaruv faoliyatida hisobga olishni taqozo etadi.


Xulosa
Boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichi uning maqsadlarini shakllan-tirish va tanlashdan boshlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, boshqaruv maqsadlari ham obyektiv xarakterga egadir. Shu bilan birga, maqsadlar insonlar tomonidan ishlab chiqilishi tufayli uning subyektiv xususiyatlari ham mavjud.
Korxona miqyosida boshqarishning asosiy maqsadi – korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyatlarini oqilona tashkil etish hamda xodimlar salohiyatidan unumli foydalanish orqali foydani maksimallashtirishga erishishdir. Foydaning turli zaxira jamg`armalari tarzida to`planib borishi korxonaning kelgusida faoliyat ko`rsatishi uchun zamin yaratadi, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli tavakkalchilik (risk) elementlarini oldini olish va pasaytirishga imkon beradi.
Bozor sharoiti konyunkturasi, raqobatchilar salohiyati, moliyalashtirish manbalari va sharoitlari, tijorat muhiti, texnologik taraqqiyot tez o`zgarib turadigan sharoitda korxonalar doimiy ravishda tavakkalchilik elementlari bilan to`qnash keladilar. Boshqarishning asosiy maqsadlaridan biri mavjud iqtisodiy, tashkiliy-texnikaviy va huquqiy dastaklardan oqilona foydalangan holda tavakkalchilik (risk) darajasini chegaralab turish, raqobat muhitida samarali faoliyat ko`rsatishga imkon yaratish hamda bankrotlikka yo`l qo`ymaslikdir.



Download 30.57 Kb.
1   2   3   4   5




Download 30.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maqsadlarga qo‘yiladigan talabalar

Download 30.57 Kb.