|
Zamonaviy psixologiyaning asosiy yo'nalishlari
|
bet | 25/40 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 203,44 Kb. | | #154924 |
Bog'liq Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.orgZamonaviy psixologiyaning asosiy yo'nalishlari
20-asr psixologiya rivojlanishining juda muhim bosqichiga aylandi, chunki u fan sifatida psixologiyaga katta hissa qo'shgan, shaxsni o'rganish va u bilan ishlashning yangi usullari va usullarini ochib bergan daho odamlarga dunyoni ochdi. Ular orasida psixologik xususiyatlarni tuzatishning bir xil atipik usullari qo'llaniladigan shaxsiyatni klassik tushunish bo'yicha juda ko'p g'ayrioddiy qarashlar mavjud. Psixoanaliz, murabbiylik, logoterapiya, psixodrama, kognitiv psixologiya va NLP kabi psixologiya sohalari zamonaviy dunyoda juda keng tarqalgan va eng muhimi, samarali deb tan olingan. Har bir usul o'ziga xos shaxsning kaliti va vaziyatni hal qilish usulidir, shuning uchun sanab o'tilgan usullardan qaysi biri bemorga maksimal ta'sir ko'rsatishi mumkinligini aniqlash juda muhimdir. Psixoanaliz Zigmund Freyd tomonidan kiritilgan va libido dinamikasini o'rganishga qaratilgan bo'lib, yo'nalish asoschisiga ko'ra, psixikaning tuzilishi va insonning asosiy xulq-atvor xususiyatlari bog'liqdir. Shuningdek, psixologiyaning ushbu bo'limi asosiy modellar va stereotiplar, hayot va dunyo haqidagi g'oyalar yaratilganda, insonning bolaligiga alohida e'tibor berish bilan tavsiflanadi. Keyin Z. Freyd tomonidan ilgari surilgan g'oyalarni Karl Yung davom ettirdi, ba'zi tuzatishlar kiritdi. U individual ongsizlikka kollektiv ongsizlikni qo'shib, psixoanaliz sohasini kengaytirdi. Bu erda u arxetiplar tushunchasini kiritadi - har bir kishining shaxsiyatida mavjud bo'lgan, lekin turli darajada namoyon bo'ladigan asl tasvirlar. O'z ruhiyatini o'rganish uchun K.Yung tushlarga e'tibor berishni taklif qildi, unda insonning shaxsiyati va uning haqiqiy istaklari va his-tuyg'ulari tasvirlar yordamida namoyon bo'ladi. Psixodrama va logoterapiya kabi psixologiya sohalari hozirgi kunda boshqa zamonaviy tarmoqlar kabi keng tarqalgan emas.Psixodramada shaxs va uning ijodiy imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan jismoniy harakatlar ishtirokida guruh a'zolari o'rtasida tajriba almashish amalga oshiriladi. Logoterapiya hayotning ma'nosini topishni taklif qiladi, shundan so'ng inson o'zining barcha psixologik muammolarini hal qilishi mumkin. Biroq, umidsizlik paydo bo'lmasligi uchun hayotning ma'nosiga erishish mumkin bo'lishi kerak. Logoterapiyaning asosiy usuli nevrozlar, fobiyalar va depressiyalarni davolashda samarali bo'lgan Sokratik dialogdir. Shunday qilib, juda ko'p psixologik usullar va yo'nalishlar mavjud bo'lib, bugungi kunda psixologiyada yagona va yaxlit fan sifatida gapirish mumkin emas, aksincha, bu psixologik bilimlarning tarmoqlari va tizimlari yig'indisidir. Psixologik maslahatga qanday tayyorlanish kerak. Psixologik maslahatga tayyorlanish qator umumiy va xususiy masalalarni hal etishni talab etadi. Shu bilan bir qatorda umumiy masalalar umumiy maslahatchilarga taalluqli bo‘ladi, xususiy masalalar esa mijozlarni qabul qiiish va psixologik maslahatga taalluqli bo‘ladi. Psixologik maslahatga tayyorgarlik umumiy masalalariga asosan quyidagilar kiritiladi: 1. Xona va uskunalarni, maslahat o‘tkazish joyini tanlash. Xonalarni jihozlashga - uni mijoz va maslahatchi uchun qulay bo‘lgan kursi va stullar, iloji boricha aylanadigan kursilar, jurnal stollari bilan ta ’minlash kiradi. Maslahatlar, ya’ni psixologmaslahatchi mijozni kolp o ‘rganish zarur bo‘lganida hamda mijozning xulqini verbal diqqat bilan kuzatish muhim bolganida kursilar o ‘rniga stullardan foydalaniladi. Maslahat o‘tkazish vaqti ko‘p bo‘lganida va maslahat paytida psixolog-maslahatchi hamda mijoz o ‘rtasida qulay, norasmiy sharoit yaratish kerak bo‘lganida kursidan foydalanish m a’qul hisoblanadi. Mebellardan tashqari psixologik maslahatda biror-bir yozib olingan lavhalarni ko‘rish yoki eshitish zarur bo‘lib qoladigan holatlar uchun audio-video texnikalarga ega bo‘lish m a’qul hisoblanadi. 2. Maslahatlarni qayd etib borish uchun maslahatchi qog‘oz, nusxa olish texnikasi, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan ta’minlangan bolishi kerak. Bundan tashqari psixologik maslahatda mijozni psixologik testlardan o ‘tkazish natijalarini son jihatidan ishlab chiqishda zarur bo'lishi mumkin bo‘Igan kalkulyatorga ega boMish maqsadga muvofiq. 3. Maslahat o‘tkazish joyini kerakli hujjatlar bilan va ularni saqlash vositalari, jumladan qayd etish jumallari kartotekasi va seyf bilan jihozlash. 4. M aslahatxonasi m in im u m mutaxassisliklar b o ‘yicha adabiyotlar, shujumladan, psixologik adabiyotlar bilan ta’minlangan boMishi kerak. Bu adabiyotlar birinchidan, psixolog-maslahatchi bevosita birinchi manbalardan o ‘zi va mijozga zarur bolgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida olishi uchun kerak boladi. Ikkinchidan, mustaqil bilim olish uchun mijozlarga taqdim etishda zarurbo‘ladi. Bundan tashqari, shu yerning o'zida psixologik maslahatda qo‘shimcha haq uchun psixologik maslahatning tavsiyalari bo‘yicha doimiy foydalanish uchun psixologik amaliyot bo‘yicha om m aviy nashrlarni sotib olish tavsiya etiladi. Maslahat o‘tkazilishi kerak bo‘Igan xona mijoz unda o‘zini qulay his etadigan qilib jihozlanadi. Psixologik maslahat xonasi ishxona va uy sharoitlariga o‘xshash bolgani m a’qul boladi. Psixologik maslahatlarni tayyorlash maxsus masalalariga quyidagiiar kiradi: • qayd etilgan jurnal va kartotekada mavjud bolgan m ijoz to‘g‘risidagi m a’lumotlar bilan psixolog-maslahatchining dastlabki tanishib chiqishi. Har bir mijozga shaxsiy varaqani odatda, psixologik maslahatga murojaat etishda va aniq bir maslahatchiga qabulga kelganida toldiriladi. Psixolog-maslahatchi mijozning individual varaqasiga ma’lumotlarni yozib boradi. U mijozdan olingan barcha m a ’lum otlar sir saqlanishiga javobgar shaxs hisoblanadi; * psixologik maslahat davomida kerak bolishi mumkin b o ‘!gan material va uskunalarni tayyorlash; * har xil kerak bolib qolishi m um kin bolgan m anbalardan mijoz to‘g‘risida maslahatlar yoki q o ‘shim cha ma’lumotlar olish; • mijozning individual xususiyatlarini va uni tashvishiantiradigan muammoni hisobga olib maslahat o'tkazish rejasini tuzish. Psixologik maslahat qanday o ‘tkaziladi? Maslahatlar psixolog-maslahatchining mijoz bilan shaxsan uchrashuvidan boshlanadi. Maslahatchi yoki uning yordamchisi mijozni maslahat o ‘tkaziladigan xonaga kirishda, turib kutib olinishi tavsiya etiladi. Kutib oluvchi birinchi boMib mijozga o ‘zini tanishtirishi, agarda zarur boisa uni kuzatib olib kirishi va maslahat paytida o ‘tirishi kerak bolgan joyga o ‘tqazishi kerak. Mijoz bilan gaplashish, psixologik maslahat so‘rab kelgan muammosi bo‘yicha gap boshlashdan avval, mijozning yonida biroz sukut saqlab turish kerak. Chunki bu vaqt davomida mijoz biroz tinchlanishi, bolajak suhbatga tayyor boMishi kerak. Mijoz tinchlanganidan va maslahatchini tinglashga psixologik tayyor boMganidan keyin mijozning muammosi haqida suhbatni boshlash mumkin. Mijoz bilan suhbatni, u bilan inson sifatida tanishish bilan, maslahatlar uchun muhim, lekin mijoz kartotekasida qayd etilmagan m a ’lumotlardan boshlash kerak. Agar zarurat tug‘ilib qolsa, maslahatchi o ‘zi haqida biroz so‘zlab berishi ham mumkin. Umumiy tanishish yakunlanganidan keyin maslahatchi mijozga uni nimalar tashvishlantirayotganligi to‘g‘risida gapirib berishni taklif etadi va diqqat hamda chidam bilan uninggaplarini tinglaydi. Vaqti-vaqti bilan maslahatchi mijozga savol berishi, o‘ziga kerakli narsani aniqlab olishi mumkin, lekin mijozning fikrini iloji boricha bo‘lmaslik kerak. Chunki u o‘z dardini to‘liq aytib berishi kerak. Psixolog-maslahatchining savollari albatta, mijozga yomon ta ’sir qilmasligi, ya’ni uning xayolini, fikrini buzmasligi, jahlini chiqarmasligi, keskin vaziyatga olib kelmasligi, hattoki suhbatni to ‘xtatish istagi paydo boMmasligini kuzatib borishi yoki boshqa mavzuda gaplashishi kerak boMadi. Mijozni tinglayotgan maslahatchi ismlar, kun, hodisa, faktlarni eslab qolishi kerak. Bu mijozning shaxsini tushunib olish, uning muammosini hal etish uchun to‘g‘ri yoMni tanlash, samarali xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Eng yaxshi usul, bu mijozdan olinayotgan m a’lumotlarni yozib bormasdan eslab qolish hisoblanadi. Biroq maslahatchida eslab qolish xususiyati sust boMsa, mijozdan ruxsat so‘rab eshitgan gaplarini yozib borishi mumkin. Mijoz chin ko‘ngildan gaplarini aytib boMgandan keyin psixolog-maslahatchida mijozning muammosi mazmuni to‘g‘risida m a’lum tushuncha yuzaga kelishi kerak ham da muammoning mumkin boMgan sabablari va uni hal qilish usullari to‘gkrisida tasavvur paydo boMishi kerak. Maslahatchi fikrini jamlab olishi, mijoz esa maslahatchini diqqat bilan tinglashga tayyor boMishi uchun zarur boMgan kichik bir tanaffusdan so‘ng, barchasini psixolog-maslahatchi unga tushuntirib aytishi kerak. Keyin suhbatni psixolog-maslahatchi davom ettiradi. Mijoz endi maslahatchini tinglashi va agar xohlasa o ‘zini qiziqtiruvchi savollar berishi, o‘zininggaplariga qo‘shimchalar kiritishi mumkin. Bundan tashqari maslahatningbu qismida mijoz psixolog-maslahatchidan eshitgan gaplar to ‘g ‘risida o ‘z fikrini aytishi rnumkin. Ba’zida mijoz o‘zi va o ‘z m uam m osi to‘g‘risida aytib berganlari psixolog-maslahatchi uchun yetarli bolmasligi rnumkin. Mijozning muammosi mohiyati va yechimiga nisbatan to cg‘ri xulosa chiqarish va asosli tavsiyalarni ifoda etish uchun psixolog-maslahatchiga qo‘shimcha m a’lum otlar kerak boMadi. Bunday hollarda o ‘z fíkr va xulosalarini ifoda etishdan avval psixolog-maslahatchi mijoz bilan yoki mijozda yuzaga kelgan muammoga aloqasi bo‘lgan boshqa, ya’ni maslahat uchun foydali m a ’lum ot bera oladigan shaxslar bilan q o ‘shim cha suhbatlar o‘tkazadi. Maslahatchi mijozning muammosi to ‘g‘risida boshqa shaxslar bilan suhbatlashmoqchi ekanligi to‘g¿risida oldindan unga aytishi va undan ruxsat so‘rashi kerak. Ba’zida mijozning muammosi bo‘yicha qaror qabul qilishi uchun psixolog-maslahatchiga qator psixologik testlar yordamida mijozni qo\shimcha o ‘rganishi kerak bo‘ladi. Bunday holatda u mijozga psixologik test nimalardan iborat bo‘lishi, qancha vaqt kerak bolishi, qanday o ctkazilishi va qanday natijalar berishi mumkinligini tushuntirib, shunday tekshirish o ‘tkazish zarurligini aytish kerak. Psixologik tekshirish natijalari qayerda va kim tomonidan yoki qanday foydalanishi mumkinligi to ‘g‘risida oldindan aytish ham muhim hisoblanadi. Agarda mijoz psixologik testlar o‘tkazishga rozilik bermasa, psixolog-maslahatchi uni majburlashi kerak emas. Shu bilan birga agarda, haqiqatan ham shunday bolsa, u mijozga psixologik testlardan voz kechishi, muammoni tushunib yetishi va uni hal etish to ‘g ‘ri yo‘lni topishni qiyinlashtirishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirib q o ‘yishi kerak. Psixologik maslahatning asosiy bosqichlari Psixologik maslahat butun jarayoni boshidan-oxirigacha maslahatlar asosiy bosqichlari ketma-ketligidan iborat boMishi mumkin. Maslahatlar davomida ulardan har biri o‘ziga zarur, alohida bir masalani hal qiladj va o‘ziga xos xususiyatga ega. Psixologik maslahat o ‘tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: l.Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda psixolog-maslahatchi qayd etish jurnalidagi dastlabki yozuvlar hamda uchinchi shaxslardan, masalan, maslahat o‘tkazishga buyurtma qabul qilgan psixologik maslahat xodimidan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqadi. Ishning bu bosqichida psixolog-maslahatchi bundan tashqari ushbu bobning awalgi bo‘limida aytib o‘tilgan barcha ishlarni bajarib, okzi ham psixologik maslahat o‘tkazishga tayyorlanadi. 2. Yo‘naltirish bosqichi. Bu bosqichda psixolog-maslahatchi mijoz bilan tanishadi va birgalikda ishlarga tayyorlanadi. Mijoz ham o ‘zi tom onidan shunday qiladi. Agarda maslahat o‘tkazish uchun boshqa barcha tayyorgarliklar amalga oshirilgan bolsa, bu bosqich o ‘rtacha 5—7 daqiqa vaqt talab etadi. 3. Diagnostik bosqich. Ushbu bosqichda psixolog-maslahatchi mijozning muammolarini tinglaydi va uni tahlil qilish asosida mijozning muammosini tushunib, aniqlab oladi. Ushbu bosqichning asosiy mazmuni mijozning o‘zi va o ‘z muammosi to‘g‘risidagi ma’lumotlari hamda mijozning muammosini aniqlash va uni hal etishning to ‘g‘ri yo‘lini topish uchun mijozni psixodiagnostik tekshiruvdan o ‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Psixologik maslahat o‘tkazish uchun aniq vaqtni belgilash ancha qiyin, chunki vaqtni belgilashda ko‘p narsa mijozning muammosi va uning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aslida bu vaqt psixologik testlar o‘tkazishdan tashqari, kamida bir soatni tashkil etadi. Ba’zida psixologik maslahatning bu bosqichi 4 soatdan 6 -8 soatgacha vaqt talab etishi mumkin boMadi. 4. Tavsiyalar berish bosqichi. Psixolog-maslahatchi awalgi bosqichlarda mijoz va uning muammosi to kg‘risida yetarli m a ’Iu m o tlar t o ‘plab, ushbu bosqichda u bilan birgalikda muammosini hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bu yerda tavsiyalar aniqlashtiriladi, oydinlashtiriladi, hartaraflama puxta ishlab chiqiladi. Psixologik maslahatning bu bosqichini 0‘tkazishga sarflanadigan o‘rtacha vaqt odatda, 40 daqiqadan bir soatgacha bo ‘ladi. 5. Nazorat bosqichi. Ushbu bosqichda psixolog-maslahatchi va mijoz bir-biri bilan olgan tavsiyalar va amaliy maslahatlarning qanday am alga oshirilishi, qanday nazorat qilib borilishi va baholanishi to‘g‘risida kelishib oladilar. Shu yerning o ‘zida ishlab chiqilgan tavsiyalarning bajarilishi davomida yuzaga kelishi mumkin boMgan qo‘shimcha masalalarni psixolog-maslahatchi va mijoz, keyinchalik qayerda va q an d ay qilib m uhokam a qilishlari to‘g‘risidagi masala ham hal qilinadi. Ushbu bosqich oxirida, agarda zarurat yuzaga kelsa, psixolog-maslahatchi va mijoz bir-birlari bilan keyingi gai qachon uchrashishlari to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin. Psixolog-maslahatchining ushbu yakunlovchi bosqichi 20-30 daqiqa davom etadi. Agarda yuqorida aytilgan barcha fikrlarni xulosa qilib aytmoqchi bo‘lsak, psixologik maslahatning beshta bosqichini ham o ‘tkazish uchun (psixologik testiar uchun vaqtni hisobga olmaganda) ikki soatdan 10- 12 soatgacha vaqt kerak bolishini aniqlash mumkin. Psixologik m aslah at amallari Psixologik maslahat am allari deyilganda, psixologik maslahatning alohida masalasi hal etilishida yordam beradigan psixologik maslahat olib borish usullari bo‘yicha birlashtirilgan guruhlari tushuniladi. Psixologik maslahatning natijaliligi bevosita uning amallari puxta o‘ylangan!igiga bog'liq bo‘ladi. Odatda amallar psixologik maslahat aniq bir bosqichi bilan bogliq bolganligi sababli biz avvalgi bobda ko‘rsatilgan va ta ’riflangan bosqichlar bilan boglab, ularni ajratamiz va ko‘rib chiqamiz. Psixologik maslahat birinchi bosqichida, odatda hech qanday maxsus am allar ajratilmaydi va qo‘llanilmaydi. Ikkinchi bosqichda mijoz bilan uchrashish, maslahat o ‘tkazishga uni umumiy, emotsional-ijobiy tayyorlash, mijoz bilan psixolog-maslahatchi m unosabatlarida psixologik t o ‘siqlarni yo‘qotish amallari qollaniladi.
|
| |