|
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
|
bet | 2/40 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 203,44 Kb. | | #154924 |
Bog'liq Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.orgO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
“BOSHQARUV VA IJTIMOIY SOHALARDA PSIXOLOGIK XIZMAT”
fanidan 3-4 kurs amaliy psixologiya yo‘nalishi uchun
M A’ R U Z A L A R M A T N I
Qarshi-2022
1-MAVZU. PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISH TARIXI, UNING TASHKIL
ETISH MUAMMOLARI
REJA:
1.Psixologik xizmatni tashkil etishning uch davri.
2.Psixologik xizmatni tashkil etish muammolari.
4.Psixologiya fani va amaliyoti.
5.Amaliy psixologiyaning ilmiy asoslari.
6.Amaliy psixologiyadan psixologik amaliyotga Psixologik xizmatning samaradorligini ta’minlash muammolari.
7.Psixoterapevtik xizmat zamonaviy bozori.
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi — tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iboratdir.
Ilmiy tadqiqot vazifalari — o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar, maktab psixologlari, psixologlar bilan o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni hamda psixologning odobini o‘z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar — psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qo‘llab, bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash, o‘quvchilarning o‘qish faoliyatini osonlashtirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o’quvchilaming qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Tashviqot ishlari — psixologik bilimlarni, psixologik umum ta’limni targ‘ib qilib, o‘quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjumanlar o‘tkazishdan iborat. Bu sharoitlarning barchasiga alohida to’xtalamiz.
Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo‘nalishi — ta’lim va tarbiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o’quv ko’knikma va malakalarini egallash uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi. Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola o‘qiy olishi va o’qishni istashi kerak. Ta’limning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha muammolar (o‘zlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning o‘qiy olmasligiga, o‘qishga qiziqmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarning oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat bir predmetga chuqur qiziqish ham o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Agar boshlang’ich sinflarda o’qishga qiziqish shakllantirilmagan bolsa, undan keyingi yosh davrlarida bu juda qiyin bo’ladi, ikkinchidan yetarli darajada shakllantirilmagan o’quv faoliyati o‘smirlik davrida yangi tuzilmalarning paydo bo’lishiga to‘siq bo‘ladi.
Maxsus o'tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, boshlang'ich sinf o'quvchilarida yorqin individual farqlarni ko'rish mumkin. Bu ular o'quv faoliyatida ko'zga tashlanadi. O'quv faoliyatida boshlang'ich sinf o'quvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi o'rinda turadi. Tajriba o'tkazilgan bolalarning 80%ida qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni o'quvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, o'quv-tarbiya ishlarida ularni hisobga olish zarur.
O'quvchilarning shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. O'quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat’iy nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti muhim hisoblanadi.
O'smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o'zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o'rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko'rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o'smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O‘smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim ko'rsatkichi bo’lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi. Ularda asosan muloqot — qadrivatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o'zini ko'rsatishga, o'zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, o'ziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o'z fikriga ega bo’lish, mustahkam iroda, o’z-o’zini nazorat qilish, halollik, ko’ngilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Psixologik tashviqot ishlari teleko'rsatuv va radio orqali eshittirish qilish, yakkama-yakka maslahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir. Psixologik xizmatning uchala vazifasi o‘zaro chambarchas bog’liq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq.
Maktabdagi psixologik xizmat O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika Tashxis markazi tomonidan tashkil etilib, quyidagi tartib va darajaga egadir:
1. Yuqori darajada — psixologik xizmat vazifalarini aniqlash, uning hujjatlarini tartibga keltirish Respublika xalq ta’limi vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yuqori malakali psixologlar (pedagogika institutlari, universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga oshiriladi. 2. O‘rta darajada — mazkur hujjatlar tomonidan hali hisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda hal etish — psixolog mutaxassislar (Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi viloyat, tuman, shahar tashxis markazi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Asosiy ommaviy darajada — psixologik xizmatning kundalik vazifalarini, amaliy psixologik xizmat haqidagi qonun va qoidalarga binoan psixologik jihatdan to'g'ri hal qilish. Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologi), viloyat xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo’limlari, tuman, shahar xalq ta’limi bo’limlari qoshidagi psixologik xizmat xonalari, maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, kasb-hunar kollejlaridagi amaliyotchi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktab psixologi maxsus tayyorgarlikka ega (pedagogika institutlarining amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus kurslarini, universitet va institutlarning psixologiya fakultetlarini bitirgan) bo’lishlari kerak.
Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini tahlil qilib, biz psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish mumkin emas degan xulosaga keldik. Psixologik xizmatda diagnostik — rivojlantiruvchi yo‘nalishlar ishning yagona yo’nalishlaridir. D.B. Elkoninning ta’kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo'naltirilgan maxsus tashxis zarur. Taraqqiyotda bo’lishi mumkin bo’lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish kerak. Amaliyotchi psixolog faqatgina tashxis qo'yish bilan cheklanmasdan:
-keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi,
-o'zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi,
-korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o'zi ham olib boradi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi rnurakkab faoliyat turlaridan biri bo'lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostikkorreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga kam ishlangandir. Bu jarayon birinchi bo'lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o'rganishga bag'ishlangan pedadogik tadqiqotlarda L.S.Vigotskiy tomonidan qollangan. I.Shvansara shaxs taraqqiyotini tashxis qilishning bosqichli eksperimentalpsixologik nuqtayi nazarini taklif etadi. Bu bosqichlar quyidagilar:
1. Psixologga rasmiy iltimos.
2. Psixologik muammoni aniqlash.
3. Tadqiqot metodini tanlash.
4. Psixologik tashxis qo'yish.
5. Amaliy tavsiyalar.
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtayi nazar sifatida psixologning yoki bu tarbiyasi qiyin o’quvchiga nibatan o'qituvchining ma’lum ijtimoiy talabiga javobini ko'rsatish mumkin. Bu holda o'quvchiga «tarbiyasi qiyin» tashxisi (diagnozi) o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha nazorat xodimlari tomonidan qo'yilgan bo'ladi. Psixologning vazifasi — qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korreksiya) metodlarini topishdan iborat.
|
| |