|
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
|
bet | 5/40 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 203,44 Kb. | | #154924 |
Bog'liq Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.orgAsosiy adabiyotlar
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Berezip F.B., Miroshnikov N.P., Rojanets R.V. Metodika mnogostoronnego .issledovaniya lichnosti. M., 2005y.
Bogdanov V.M. Psihologicheskiye osobennosti professionalnogo mishleniya rabotnikov ugolovnogo roziska. Omsk. 1994.
Boginskiy V.YE. Refleksivnoye upravleniye pri doprose. Uchebnoye posobiye. Xarkov 1993.
Bikov V.M. Osobennosti rassledovaniya gruppovix prestupleniy. Tashkent, 2003.
Volkov B.S. Motivi prestupleniy. Kazan, 2003
Glazirin F.V. Psixologiya sledstvennix deystviy. Volgograd, 2003
Glatochkii A.V., Pirojkov V.F. Psixologiya sostoyaniya cheloveka leshennogo svobodi. M.,2003
2-MAVZU. SOTSIAL TASHKILOT (XIZMAT) FAOLIYATINI REJALASHTIRISH.
REJA:
1.Rejalashtirish tushunchasi. Sotsial muassasalarida rejalashtirish.
2.Tashkil etish yo’llari.: tashkilotning asosiy maqsadini shakllantirish.
Istikbolli reja. Tezkor reja.
3.Maqsad qo’yish va ehtiyojlarni baholash boshqaruvning asosiy funksiyasi sifatida.
4.Psixologik xizmatda maqsadli boshqaruv: maqsadli boshqaruv tushunchasi (MVO), psixologik xizmatda maqsadli boshqaruv.
5.Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichi.
6.O’zaro maqsad qo’yish.
1. «Tashkilot» tushunchasi ko'pincha kundalik amaliyotda qo'llaniladi, shu bilan birga bu tushunchaga turli tuman mazmun beriladi. A.I. Prigojin «Tashkilot» atamasining uchta keng tarqalgan ma’nosini taklif etadi.
Birinchidan, tashkilot yangi me’yorlarni ishlab chiqishda, barqaror aloqalarni yaxshilash, ijtimoiy guruhlar a’zolarining alohida harakatlarini muvofiqlashtirish bo'yicha ba’zi faoliyatlarni anglatadi. Bunday faoliyat «tashkil etish» so'zi bilan yaxshiroq tavsiflanadi. Uni shaxslarning guruhlardagi kelishilgan harakatlari, kooperatsiyasi va integratsiyasi uchun sharoitlar yaratish yo'li bilan sinergiyaning samaradorligiga erishishga yo'naltirilgan faoliyat kabi ham aniqlash mumkin.
Masalan, rahbar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi. Bu esa, rahbar ishchilarni ish joylari bo'yicha operatsiyalar bajarilishida uzluksizlik va jadallikka erishish mumkin bo'ladigan darajada joylashtirishi lozim. Undan tashqari, u o'zaro almashinishni ta’minlashi va ishlab chiqarish, ish kuni tartibi, uchastka ishchilari va ta’minotchilarning o'zaro ta’sirlashish me’yorlarini belgilashi lozim. Bu faoliyat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish deb ataladi.
Ikkinchidan, tashkilot ko'pincha qandaydir ob’ektning atributi, uning xususiyatlari esa yo'lga qo'yilgan tuzilma sifatida tushuniladi. Bu ijtimoiy ob’ekt ba’zi ichki tuzilishga egaligi va ma’lum ma’noda bog'langan qismlardan iborat bo'lishini anglatadi. Odatda, «tashkilot» atamasi bu ma’noda tashkiliy va notashkiliy tuzilmalarni farqlash uchun qo'llaniladi. Xususan, qanday guruh tashkil etilmasin, agar unda barqaror ijtimoiy rollar mavjud bo'lsa (ya’ni, har bir ishchi umumiy ishdan o'ziga jaratilgan qismni bajaradi), kishilarning xulq-atvorlarini, shuningdek atrofdagi guruhlar bilan yo'lga qo'yilgan aloqalar tartibga solib turuvchi qoidalar mavjud bo'ladi.
Uchinchidan, tashkilotning asosida ma’lum umumiy vazifani bajaruvchi institutsional xarakterdagi sun’iy yaratilgan ijtimoiy guruh tushuniladi.Masalan, bank pullarni jamg'arish, taqsimlash va tartiblashtirilgan tarzda foydalanish vazifalarini bajaruvchi tashkilotni, maktab esa- yosh avlodga bilim berish va uni ijtimoiylashtirish vazifalarini bajarishda ishtirok etuvchi jamoa, tashkilotni o'zida namoyon etadi.
|
| |