• Ikkinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat




    Download 203,44 Kb.
    bet3/40
    Sana12.02.2024
    Hajmi203,44 Kb.
    #154924
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.org

    Psixoprofilaktik ish — amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko'proq Amerika adabiyotlarida aks etgan. Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog'lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o'quvchilarni qamrab oladi. Ko'pchilik mualliflarning ta'kidlashicha, maktab ruhiy sog'liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o'tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
    Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi — bolaning o'qishi va xulq-atvoridagi qiyinchiliklarni iloji boricha ertaroq aniqlab, ularni vo'qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o'qituvchilarga maslahat berishni ham o'z ichiga oladi (bolaning o'qishi о’zgarishi uchun ta'lim uslubini o'zgartirish).
    Uchinchi bosqich. Psixolog o‘qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko’rinib turadigan muammolari bor bolalarga o‘z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi — jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o'quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi. Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni ruhiy sog’liq xizmati sifatida faoliyat ko‘rsatishning tarafdori bo’lib chiqmoqdalar.
    Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bo’lib, maktabdagi barcha o’quvchilar uchun shart-sharoitlarni yaratishdan ibora. Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar.
    1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart sharoitlarini yaratish;
    2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqson va muammolarni o‘z vaqtida oldini olish hisoblanadi. Psixologik xizmat mahsuldorligining sharoitlari Ta’lim - tarbiya jarayonida o’quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda kam foydalaniladi. Вunga maktabda o’qituvchilarning bola haqida ko'p gapirishlari dalil bo’ladi. Chunki maktabda o'quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo‘q. Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib alohida o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi. Psixologivada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.

    Download 203,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 203,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat

    Download 203,44 Kb.