|
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
|
bet | 9/40 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 203,44 Kb. | | #154924 |
Bog'liq Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.org- “faoliyat sub`ektini”;
- “faoliyat morfologiyasini”;
-“faoliyat motivatsiyasi va funktsiyasini;
- «faoliyat dinamikasini”;
- “faoliyatlar xilma-xilligi”.
Muallif fikricha umumpsixologik kategoriya sifatida faoliyat ierarxik darajaga ega. U o’z ichiga tiplarni, sinflarni, sinfosti tuzilmalarini, sohalarni (shug`ullanish turi), ixtisosliklarni, predmetni (ixtisoslashuv) qamrab oladi. Aytilganlardan kelib chiqadiki, psixolog kasbiy faoliyati – mehnat faoliyati sinfi bo’lib, maqsadlar yig`indisiga erishish uchun mo’ljallangan hamda ma`lum xususiyatlar va son xarakteristikalariga-egadir.
Keyingi tadqiqotlar mantiqi “kasbiy faoliyat”, “kasb”, “ixtisoslik” tushunchalarining o’zaro aloqadorligini ko’rib chiqishni talab etadi, ularning berilishi turli mualliflar tomonidan turlicha talqin etilgan.
K.K.Platonov kasbni yashash manbai bo’lgan va mos o’quv yurtlaridagi ta`lim bilan ta`minlanuvchi, ma`lum bilimlar, ko’nikma hamda malakalar mavjudligini talab qiluvchi mehnat faoliyati sifatida aniqlaydi. Bu ta`rifga YU.V.Kotelova tomonidan berilgan ta`rif yaqinroq bo’lib, unga ko’ra kasb – bu faoliyatning tipik, tarixan shakllangan shaklidir, u ijtimoiy ma`noda zarur, uni bajarish uchun ishchi ma`lum bilimlar, ko’nikma va malakalar yig`indisiga, shuningdek, mos qobiliyatlar va shaxslilik xususiyatlariga ega bo’lishi zarur.
“Kasbiy tayyorgarlik” tushunchasi mazmunini qarab chiqib, T.P.Vodolazskaya va G.S.Nikiforov shuni ta`kidlaydilarki, ixtisoslik faoliyat predmeti orqali ochiladi. U istagancha tor yoki keng bo’lishi mumkin, lekin har qanday holatda – bu mos ilmiy predmet orqali aks etuvchi ob`ektiv reallikning birmuncha bo’limlari haqidagi bilimlar yig`indisidir.
Kasb – ob`ektiv zarur, maqsad orqali aniqlangan, reallikning mazkur bo’limi bilan bog`langan faoliyatning alohida turidir(48). Mazkur ta`riflarga tayangan holda mualliflar shunday xulosaga keladilarki, bir ixtisoslik doirasida real tarzda har biri o’z maqsadiga javob beruvchi mustaqil kasblar mavjud.
|
| |