• 5-MAVZU. AMALIYOTCHI-PSIXOLOGNING MAXSUS QOBILIYATLARI Reja
  • Masalan, u odamlarni yaxshi ko‘rishi, ularning holatlarini so‘zsiz sezishi va tushunishi kerak. Mehribon, chidamli, xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lishi kerak.
  • «psixologmaslahatchi»
  • Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat




    Download 203,44 Kb.
    bet10/40
    Sana12.02.2024
    Hajmi203,44 Kb.
    #154924
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
    Bog'liq
    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.org

    Qo‘shimcha adabiyotlar:
    Berezip F.B., Miroshnikov N.P., Rojanets R.V. Metodika mnogostoronnego .issledovaniya lichnosti. M., 2005y.
    Bogdanov V.M. Psihologicheskiye osobennosti professionalnogo mishleniya rabotnikov ugolovnogo roziska. Omsk. 1994.
    Boginskiy V.YE. Refleksivnoye upravleniye pri doprose. Uchebnoye posobiye. Xarkov 1993.
    Bikov V.M. Osobennosti rassledovaniya gruppovix prestupleniy. Tashkent, 2003.
    Volkov B.S. Motivi prestupleniy. Kazan, 2003
    Glazirin F.V. Psixologiya sledstvennix deystviy. Volgograd, 2003
    Glatochkii A.V., Pirojkov V.F. Psixologiya sostoyaniya cheloveka leshennogo svobodi. M.,2003
    5-MAVZU. AMALIYOTCHI-PSIXOLOGNING MAXSUS QOBILIYATLARI
    Reja:
    1. “Psixolog” kasbining rivojlanishi.
    2. Amaliy psixolog kasbi.
    3. Amaliy psixologning maxsus qobiliyatlarini sotsial psixologik asoslari.
    4. N.A. Aminov va M.V. Molokanov eksperimenti.
    5. Ish boshlayotgan konsultant 21 ta oltin qoidasi.
    6. Kuyinchaklik sindromi, kuyinchaklik sindromi profilaktikasi
    Mutaxassis oliy o‘quv yurti — universitet yoki instituting psixologiya fakulteti yoki bo‘limini muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin olgan ma’lumoti umumiy oliy psixologik ta’lim deb ataladi. Psixologiya fani va amaliyoti yo‘nalishlaridan birida ixtisoslashishni ko‘zda tutish ta’limi maxsus psixologik ma’lumot deb ataladi. Bunday ikki turdagi ta’lim psixolog-maslahatchi uchun zamonaviy ilmiy asosda va ishni chuqur amaliy tushunish bilan, maslahatchilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur, xususan quyidagi savollarga javob bera olishi uchun kerak:
    • Zamonaviy mijozlarning psixologiyasi qanday?


    • Haqiqatda psixologik maslahat so‘rab yordam ko‘rsatishga murojaat etgan mijozlar bilan hozirgi paytda nimalarsodir boMmoqda?


    • Nima uchun mijozga aynan shunday tavsiyalar kerak?


    • Ushbu tavsiyalar mijozga qanday ta ’sir ko‘rsatishi kerak?


    • Mijozga qanday qilib ilmiy asosda ushbu aniq maslahatlar ahamiyatini tushuntirish kerak?


    Ushbu barcha savollarga psixolog-maslahatchi beradigan javoblar mijozga tushunarli bo‘lishi va professional psixologlar uchun ishonchli bolishi kerak. Psixolog-maslahatchiningamaliy faoliyati bilan, uning odamlar bilan psixologik ishlash metodlarini o’zlashtirish bilan bog‘liq psixologik ta’lim maxsus amaliy ta’lim deb ataladi. Birinchi navbatda gap oliy ma’lumotli amaliy psixologlarni tayyorlovchi maxsus fakultetlarda o‘qitiladigan ilmiy asoslangan ish metodlari to‘g‘risida boradi. Psixolog-maslahatchi uchun katta amaliy ishlar tajribasi psixologiyani o‘qitishi uchun emas, balki odamlarning ancha murakkab hayotiy muammolarini hal etishi uchun zarur.


    Psixolog-maslahatchi uchun amaliy ish tajribasi har doim ham zarur. Bularning barchasi psixolog-maslahatchining kasbiy ishi uchun juda muhimdir. Psixolog-maslahatchi bilim va malakaiardan tashqari qator maxsus shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Masalan, u odamlarni yaxshi ko‘rishi, ularning holatlarini so‘zsiz sezishi va tushunishi kerak. Mehribon, chidamli, xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga shu sohada mashhur mutaxassis bo‘lgan R. Meyning psixolog-maslahatchi to‘g‘risida o‘z vaqtida aytgan gaplarini qo'shimcha qilish mumkin. “ Maslahatchi-psixolog, - deb yozadi u, - odamlarni o ‘ziga jalb qilishi, har qanday odamlar orasida o ‘zini erkin his qilishi, empatiyaga qodir b o ‘Iishi kerak. Psixolog-maslahatchida asosiysi — bu mehribonlik va mijozni tushunishga intilish, unga o ‘zini yaxshi tomonlarini k o ‘ra olishga va shaxs sifatida o ‘zining qim m atini anglab yetishga yordam berishdir”.
    Psixologik maslahatga qo‘yiladigan talablar Psixologik maslahatga va psixolog-maslahatchi amaliy ishiga qo‘yiladigan umumiy, kasbiy va m a’naviy-axloqiy talablar tizimi nizomlarda juda yaxshi aks ettirilgan. Mana shu Nizomning ko‘pchilik qoidalari psixolog-maslahatchi ishiga bevosita qo’llanilgan. Ularning «psixolog» iborasi o‘rniga «psixologmaslahatchi» so‘z birligini kiritib, ushbu qoidalarni eslatib o'tamiz.

    1. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati u taklif etgan tavsiyalari uchun mijoz oldida mas’uliyati bilan ifodalanadi.


    2. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati m a’naviy-axloqiy va yuridik asoslarga muvofiqlikka tayanishi kerak.

    3. Psixolog-maslahatchining faoliyati mijozning intellektual va shaxsiy rivojlanishi yolida har qanday cheklanishlarni olib tashlashni ko‘zda tutuvchi insonparvarlik maqsadlariga erishishga qaratilgan.

    4. Psixolog-maslahatchi o‘z ishini mijoz shaxsini so‘zsiz hurmat qilish va daxlsizligi asosida tashkil etadi. Psixolog-maslahatchi inson huquqlari deklaratsiyasi bilan belgilangan inson huquqi asoslarini hurmat qiladi.

    5. Mijozlar bilan ishlashda psixolog-maslahatchi halollik va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi. Shu bilan birga u mijozga maslahat va tavsiyalarni berganda puxta o‘ylashi va ehtiyot bo‘lishi kerak.

    6. Psixolog-maslahatchi mijoz huquqlari buzilishini sezganda o‘z kasbiy birlashmalari a’zolari, hamkasblariga xabar berish, mijozlar bilan insonparvarlik munosabatlari buzilayotgani holatlarini aytishi kerak.

    7. Psixolog-maslahatchi mijozlarga kerakli ma’lumoti, malakasi, bilimlari va ixtisosi mavjud bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.

    8. O‘z ishida psixolog-maslahatchi faqat zamonaviy umumfan standartlariga javob beradigan sinovdan o‘tgan metodikalarni qo‘llashi kerak.

    9. O‘zining bilimlari va malakalarini doimiy ravishda yuksak darajasini ta’minlab turish psixolog-maslahatchining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

    10. Ilmiy tajribalarga to‘la javob bermaydigan, yetarlicha sinovdan o‘tmagan psixologik metodlar va tavsiyalarni qo‘llashga majbur bo‘lganida psixolog-maslahatchi bu haqida o‘z mijozlarini ogohlantirishi va o‘z xulosalarida juda ehtiyot bo‘lishi kerak.

    11. Psixolog-maslahatchi o‘z mijozi to‘g‘risida ma’lumotni oshkor qilishga yoki maslahatlar natijasi to‘g‘risida ma’lumotni uchinchi shaxsga aytishga haqqi yo‘q.

    12. Psixolog-maslahatchi huquqi bo’lmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmagan shaxslarning psixologik maslahatlar va psixologik ta’sir ko‘rsatish metodlaridan foydalanishlariga to'sqinlik qilishi hamda shunday «mutaxassislarning» xizmatlaridan foydalanayotganlarni bu haqda ogohlantirishi kerak.

    13. Psixolog-maslahatchi huquqi bo'lmagan odamlarga mijozlar bilan psixologik ishlar metodlarini o‘rgatishi mumkin emas.

    14. Psixolog-maslahatchi mijoz tomonidan nookrin ishonch va umid yuzaga keltirmaslik uchun, ehtiyot bo'lishi kerak, unga bajarib bo‘lmaydigan va’dalar, maslahatlar va tavsiyalar bermasligi kerak.

    15. Psixolog-maslahatchi mijozlarga taalluqli axborotlarni sir saqlash uchun shaxsiy javobgarlikni bo‘yniga oladi. Mana shu barcha qoidalarga yoki odob normalariga amal qilish psixolog-maslahatchi amaliy ishida majburiy hisoblanadi.

    Bundan tashqari kasbiy tayyorlangan yaxshi psixolog-maslahatchining kasbiy to’la tayyorlanmagan psixolog-maslahatchidan ajratibturadigan yana bir qator muhim farqlar bor. Bu farq psixolog-maslahatchining mijozga bo’lgan munosabati, psixologik maslahatlar davomida uchrab turadigan qiyin vaziyatlardan u qanday chiqa olishiga bogliq.
    1. Empatiya, hamdardlik, tashvishlanishga qodirligi. Bu qobiliyat boshqa odamning — mijozning ichki dunyosiga chuqur psixologik kirib bora olishi, uni tushunishi, sodir bo‘layotganlarni, uning shaxsiy nuqtayi nazarini ko‘ra bilishi, dunyoni uning ko‘zi bilan ko‘rishi, uning nuqtayi nazaridan to‘g‘ri qabul qila olishi tushuniladi.
    2. Ochiqlik, mijozni tushunishga, uning ichki dunyosiga kirishga intilib psixolog-maslahatchi unga o‘zining shaxsiy his-tuyg‘uîarini ochiq aytadi, u tomondan empatik javob uyg‘otadi va shu bilan uni o ‘zi uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.

    3. Mijozga hamdardlik, rahmi kelishi hamda mimika, ishoralar yordamida shaxsan g‘am xo‘rligini ifoda etish.

    4. Do‘stonalik, mijozga m ehribonlik, em otsional ijobiy munosabatda bo’lish, uning muammosini hal qilishdan manfaatdorlik va ishtirok etish.

    5. Mijozga baho bermay munosabatda bo’lish, maslahatchining hatto o‘ziga bu xulq yoqmaydigan boisa ham o‘z xulqida odob, axloq qoidalariga amal qilish.

    6. Huquqini o‘rgatish, mijozga o‘z maslahatlariga amal qilishni majburlashdan voz kechish.

    7. Mijozga ishonish, uning o‘z muammolarini mustaqil hal qila olishi mumkinligiga ishonch bildirish.

    8. Mijozni nafaqat o‘z tashvishlaridan qutulishiga, balki uning kechinmalarini to‘g‘ri yo’lga yo‘naltirishga tayyorligi va intilishi.

    9. O‘zi va mijoz o‘rtasida to‘g‘ri psixologik masofani saqlashni bilish.

    10. Mijozning o ‘zini o‘zgartira olishiga ishonchi va qat’iyligini uyg‘otishni bilish.

    Empatiya - bu psixolog-maslahatchi ega bo’lishi kerak bolgan asosiy shaxsiy sifatdir. Bu sifatda odamning boshqa odamni psixologik his etishga va tushunishga, o‘z dunyoqarashini vaqtincha esdan chiqarib uning ko‘zi bilan dunyoga qarashga tayyorligidir. Bu sifatni psixolog-maslahatchi butun maslahat berish jarayoni davomida namoyon etadi va shuning hisobiga mijozni yaxshiroq va chuqurroq tushunadi, unga samarali yordam bera oladi.

    Ochiqlik — shaxs xislati bo’lib, bir necha ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Birinchidan, psixolog-maslahatchining shaxssifatida mijoz uchun ochiq bo‘lishga tayyorligi (lekin mijoz bilan maslahatchi o‘rni almashib va mijoz maslahatchining muammolari to‘g‘risida bilib olib, uning o‘ziga rahmi keladigan, hamdardlik qiladigan darajada emas). Rollarni almashish odatda psixolog-maslahatchi mijozga o‘z muammolarini gapira boshlab, unda maslahatchiga yordam berish istagi paydo bolganida sodir bo'ladi.
    Ochiqlik me’yori mijozning sezgisi bilan belgilanadi: agarda u psixologmaslahatchini ochiq inson deb hisoblasa va uning oldida ochiqlikdan qo’rqmasa - demak, maslahatchining mijoz oldidagi ochiqlik masalasida hammasi joyida hisoblanadi.

    Ikkinchidan, ochiqlik —bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqotda faqat o‘z ustunliklarini emas, balki imkoniyatlarini va kamchiliklarini mijozga tabiiy nam oyon etib, qanday bo‘lsa shundayligicha qolishga intilishidir. Ochiq inson bo‘lib psixologmaslahatchi o‘zining kamchiliklarini mijozga namoyon etib, uni o‘ziga tortish yoki hayron qoldirishni, uning tomonidan hamdardlik yuzaga keltirishni xohlamaydi, balki maslahatchining o‘zi ham oddiy tirik odam, barcha kabi ekanligini ko‘rsatishni, kamchiliklari ham borligini va maslahat berish jarayonida hayotda unga xos bo‘lmagan rolni o‘ynashga harakat qilmasligini ko‘rsatishga harakat qiladi.

    Uchinchidan, ochiqlik maslahatchining mijozga u bilan har qanday masalalarni muhokama etishga tayyorligini ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Empatiya ochiqlikni keltirib chiqaradi, biri ikkinchisisiz deyarli mavjud bo‘lishi mumkin emas. Maslahatchining mijoz to‘g‘risida chin ko‘ngildan qayg‘urishi, psixolog-maslahatchining mijoz to‘g‘risidagi shaxsiy g‘amxo‘rligi ifodasi deb tushuniladi. Bunday g‘amxo‘rlik ham haddan tashqari bo‘lishi kerak emas. Mijozning psixologik holatiga hayajonlanuvchi ta’sir ko‘rsatmaslik uchun psixolog-maslahatchi mijoz bilan muloqotda haddan tashqari ta ’sirchan odam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

    Do‘stonalik — bu ham maslahatchining muhim psixologik sifati hisoblanadi. Ushbu sifat deyarli yuqorida aytib o‘tilgan barcha shaxs xislatiari bilan aloqador bo‘lsa ham u o‘zining shaxsiy individual ko‘rinishiga ega. Ularga masalan har qanday vaziyatlarda, nima bo‘lsa ham va mijoz o‘zini qanday tutishiga qaramay psixologmaslahatchining u bilan do‘stona muloqot usulini saqlab qolishini bildiradi. Psixologik maslahat amaliyotida psixolog-maslahatchining mijozga baho bermaslik deb ataluvchi munosabati alohida o rin egallaydi. Bu nimani anglatishini tushuntirib o ‘tamiz. Eng avval — bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqot davomida uning harakatlari va shaxsini to‘g‘ridan to‘g‘ri baholamasligi zarur. Uning muammolarini iloji boricha chuqurroq tushunishi va ushbu muammoni hal etishda unga yordam berishdan iborat hisoblanadi.

    Maslahat berish — bu psixolog-maslahatchi va mijozlarning — ikkala tomonning shaxs sifatida tengliklari jarayonidir. Ushbu tenglik doimiy hisoblanadi va maslahat berishning barcha bosqichlari uchun taalluqlidir. Agarda psixolog-maslahatchi haq bo‘lsa, unda maslahatchi uni ishontirishda davom etishi kerak va faqatgina psixologning urinishlariga yengib bo’lmasqarshilik ko‘rsatgan holdagina to‘xtatish kerak bo‘ladi. Shundan keyin maslahatchi mijoz o‘zi qanday to‘g‘ri deb hisoblasa, shunday harakat qilishga imkon berishi kerak.

    Mijozga ishonch - bu insonparvarlik g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, psixologik maslahatda asosiy hisoblanadi. Maslahatchining mijozga ishonchi agarda mijozni anglab yetishiga va muammoni hal etish usulini u bilan birga topishga yordam berilsa, o z muammosini mijoz mustaqil hal qila olishiga ishonchni ko zda tutadi. Ishonish psixolog-maslahatchining mijoz fikriga qo‘shilishi, agarda albatta mijoz haq bo‘lsa, o‘z fikridan voz kechib, uning fikrini qabul qilishini ham anglatadi. Psixolog-maslahatchining mijozni tashvishlardan qutulishiga yordam berishga intilishi kabi R. Mey belgilab bergan sakkizinchi sifati alohida e ’tiborga loyiq.

    Tashvishlanish - bu mijozning o’z muammosiga va o‘ziga befarq bo‘lmagan munosabatning belgisidir. Agarda mijoz muammosini to‘g‘ri tushunmasa yoki uni hal qilishning to‘g‘ri yo‘lini bilmasa, unda tashvishlari destruktiv rol o‘ynashi mumkin. Hayajonlar, emotsional energiyasi muammoning yechimini to‘g‘ri tanlash va amalga oshirish uchun zarurdir. Demak, psixologmaslahatchining vazifasi mana shu energiyani saqlab qolish, uni konstruktiv, to‘g‘ri yo‘naltirish va kuchaytirishdir. Mijoz bilan munosabatda ma’qul bo’lgan psixologik masofani tanlashni va saqlashni bilishni quyidagicha tushunish kerak.

    Maslahatchi ishonch va ochiqlikni saqlab qolgan holatda mijoz bilan muloqot qilishni bilishi kerak. Shu bilan birga psixologmaslahatchining mijoz bilan munosabatlari yaqin munosabatlarga aylanib ketishi kerak emas. Mijoz shu vaziyatda psixologmaslahatchiik jihatdan yaqinlashayotganini, uzoqlashayotganini his etishi kerak emas.


    Maslahatchining mijoz bilan psixologik yaqinlashishi strategiyasi quyidagicha bolishi kerak: maslahatchi asta-sekinlik bilan mijozga sezdirmagan holda uning uchun yaqin odamga aylanib borishi kerak. Lekin psixolog-maslahatchi keyingi qadam yaqin o‘zaro aloqalarga olib kelishini sezib qolishi bilan darhol to‘xtashi kerak va keyinchalik mijoz bilan hozirgi vaziyatda mavjud bolgan masofani saqlashi kerak. O‘z muammosini hal qila olishiga mijozda ishonch va qat’iylikni uyg‘otish mahorati - bu alohida sifat hisoblanadi. U psixolog-maslahatchining odamni ishontira olish, uqtirish, qo‘llab-quvvatlashini bilish qobiliyatiga bog’liq bo‘ladi. Buning uchun mijozga ta ’sir ko‘rsatishning kerakli verbal va noverbal vositalaridan oqilona va mohirona foydalanishni o‘rganib olish kerak.
    Yuqorida aytilganlarning barchasi psixolog-maslahatchining mijozga nisbatan ichki qarashlari, munosabati va tashqi xulqiga taalluqlidir. Biroq psixologik maslahat o‘tkaziladigan vaziyatga, sharoitga maxsus talablar ham bor.
    Psixologik maslahat o ‘tkazishda optimal vaziyat, sharoit quyidagilar hisoblanadi: 1. Alohida, tinch xonaning mavjudligi, bu xonada maslahatchini yoki mijoznichalg‘ituvchitovushlareshitilmasligi kerak. Maslahat olib borilayotganda bu xonaga hech kim kirmaydigan bolishi kerak.

    2. Bu xonada maslahatchi va mijoz qulay joylashishlari kerak - eng yaxshisi bir-biri bilan yonma-yon yoki kichik burchak ostida 60-70 sm dan to 100-110 sm masofada bir-birining qarshisida o'tirishlari mumkin.

    3. Maslahatni mijoz hech qayerga shoshiimayotgan paytida va o‘zini yomon his qilmayotgan paytda o ‘tkazish.

    4. Mijoz psixolog-maslahatchi bilan suhbatlashish davomida boshqa tomonga qarash, boshini yon tomonga burish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

    5. Maslahat berish vaqti aniq belgilangan bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi. . .

    6. Maslahat o‘tkaziladigan xonada soat bo‘lishi mumkin, lekin u bevosita maslahatchi va mijoz o'rtasida bo’lishi kerak emas. Soat mijozning orqasidagi devorga yoki yon tomonda osilib turgani, mijozning ko‘zi tushmagani ma’qul.

    7. Maslahat o‘tkaziladigan xonada mijozning e ’tibonni tortadigan, unga yoqmasligi mumkin bo‘lgan hech bir buyum bo’lmasligi kerak. Maslahat o'tkazish davomida xonada sodir bo‘ladigan harakatlar ham uni xavotirga solmasligi kerak.

    8. Xonada turgan narsalar yoki sodir bo’layotgan hodisalar mijozni tinchlantirishi, unda yaxshi kayfiyat uyg otishi kerak. Psixologik maslahatning ma’lum bosqichida xonada past tovushda yoqimli musiqa eshitilib turishi mumkin.

    Psixologik maslahatni turli ko'rinishlariga qo‘yiladigan maxsus talablar: Ko'rsatib o‘tilgan umumiy talablardan tashqari turli sohalarda psixologik maslahatlar o‘tkazish amaliyotiga bog’liq maxsus alohida talablar ham mavjud.

    Alohida talab intim - shaxsiy doirada psixolog-maslahatchiga va psixologik maslahatga qo‘yiladi. Bu yerda psixolog-maslahatchi juda sezgir va odobli odam bo’lishi kerak. Mijoz tomonidan о’ziga so'zsiz ishonch uyg‘otishi va turli odamlar bilan intim-shaxsiy munosabatlarda yetarli tajribaga ega bo’lishi kerak.

    Psixologmaslahatchi mijozdan yoshi biroz kattaroq odam bo’lgani ma’qul hisoblanadi. Biroq psixolog-maslahatchi va mijoz yoshlari o‘rtasidagi farq juda ham katta bo’lmasligi kerak. Ularning yoshidagi farq katta bo’lsa, masalan, 20 yosh farq qilsalar, ular boshqa-boshqa avlod odamlari bo'lib qoladilar. Buning oqibatida ular orasida yoshi sababli tushunmaslik va ishonchsizlik yuzaga kelishi mumkin. Biroz katta yoshdagi odamlar boshqalarga maslahat berish uchun yetarli hayotiy tajribaga ega bo’ladilar va shu bilan birga ularning o‘zlari mijozning yoshida qanday bo‘lganliklarini ham eslaridan chiqarmagan bo’ladilar. Bunday odamlar yoshidagi farqqa qaramay, odatda bir avlodga mansub bo’ladilar, shuning uchun osongina til topishadilar.

    Intim-shaxsiy masalalar bo’yicha psixologik maslahatlarga taalluqli keyingi muhim talabni quyidagicha ifoda etish mumkin: Mijoz bilan ish olib borayotgan psixolog-maslahatchining o‘zi intim-shaxsiy xususiyatdagi, ayniqsa, mijozga maslahat berayotgani kabi keskin, hal etilmagan muammolarga ega bo‘lmasligi kerak. Mana shunday holatlarda u yuqorida aytilgan talablarga amal qila olmaydi va mijozga haqiqatda yordam bera olmaydi. Ularning o‘zlarida komplekslari yoki shaxsiy-intim munosabatlarda muammoli bo‘lgan maslahatchilarga shaxsiy o‘zaro munosabatlarni tuzatish, komplekslarni yo‘qotish ishlari bo‘yicha psixologik maslahat yoki amaliy psixologik yordam ko'rsatish tavsiya etilmaydi.


    Endi boshlayotgan psixolog-maslahatchilar juda ko‘p duch keladigan ushbu muammoni amaliy hal etishda quyidagi amallar foydali bolishi mumkin: psixologik maslahat o‘tkazish, masalan, intim-shaxsiy xususiyatdagi psixologik maslahat mustaqil amaliyotga kirishishdan avval psixolog-maslahatchining o‘zi mana shu masala bo‘yicha tajribali hamkasbi maslahatidan o‘tishi ma’qul hisoblanadi. Mana shunda maslahatchining o‘zida hal etilmagan intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolari borligi aniqlansa, u mana shu muammolarini o’zi hal qilmagunicha boshqalarga ushbu muammo bo‘yicha psixologik maslahat berishga kirishmasligi kerak bo‘ladí. Mana shu yerda bir ma’lum qoidaga amal qilinadi. Bu umuman muammoga ega bo‘lmagandan ko'ra, muammoga ega bo‘lib uni yo'qotgan yaxshiroq deganini anglatadi.
    Intim-shaxsiy maslahatning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi yana bir muhim shart bu uni o ‘rganishga vaqtning yetarliligidir. Gap shundaki, intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhoi hal etilmaydi va ular birinchidan uzoq vaqt o krganilishi kerak b o ‘lgan va ulami hal etish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladigan muammolar qatoriga kiradi.
    Birinchidan, bunday m uam m olarni hal etishda ko‘pincha sinov-xavotir metodida ish olib boriladi va odatda xatolarni tuzatish uchun vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari oldindan muam m oni amaliy hal etish uchun qancha vaqt talab etilishini umuman bilib bo‘lmaydi. Bunday muammoni hal etishga kirishuvchi psixologmaslahatchi birinchidan mijoz hilan ishlar olib borish uchun yetarli vaqtga ega bolishi kerak.
    Ikkinchidan, unga yordam so‘rab murojaat etgan odamni oldindan uning muammosini hal etish uchun ancha ko‘p vaqt taíab etilishi to'g’isida ogohlaníirishi kerak. Oldindan talab etiladigan vaqtni taxminan aniqlab olish va bu to'g'risida mijozga aytib qo‘yish yaxshi bo'ladi, bu intim -shaxsiy mavzuda maslahatlardan tashqari maslahatning boshqa turlariga ham taalluqlidir. Endi oilaviy masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish samaradorligining ba’zi maxsus shartlarini kokrib chiqamiz. Bu yerda maslahat berishga kirishishdan avval psixolog birinchi navbatda oila tashkil topishi va oilaviy o‘zaro munosabatlar rivojlanishi umumiy qonuniyaílarini hisobga olib, mijozlarga oqilona va asosli amaliy tavsiyalar berishi uchun mana shu qoidalarni yaxshi bilishi kerak.
    Bunday turdagi muhim qoidalar quyidagilar hisoblanadi:
    1. Birinchidan, oila endigina tashkil topayotgan paytda (bu birinchi navbatda yosh oilalarga taalluqli) bo‘lajak er-xotinlar odatda bir-birlariga hali to‘la obyektiv va beg'araz haqqoniy munosabatda bo‘la olmaydilar. Ular m a’lum darajada subyektiv boMadilar va bir-birlarini ideallashtiradilar, ustunliklarini oshirib, kamchiliklarini kichraytirib yoki umuman sezmay bir-birlariga munosabatda bo‘ladilar. Mana shu va boshqa bir qator holatlar sababli yosh oilada birmuncha vaqt davomida yosh er-xotinlarning bir-birlarini o'zaro sevishlari paydo bo’ladi. Bu vaqt o‘tishi bilan his-tuyg‘ular asta pasayishi va odamlaming bir-biriga o'rganib qolishlari bilan bog'liq. Bundan tashqari birgalikda hayot kechirishda yoshlarfaqat ijobiy bo’lmagan hayot tajribasiga ega bo‘lib borar ekanlar, birbirlarini faqat yaxshi tomondan bilib bormaydilar. Gap shundaki, ularda haqiqatda mavjud bolgan ijobiy tomonlarini ko‘pini awaldan biladilar, salbiy tomonlarini ular anglab yetmaydilar, yoki erkin namoyon etmaganlar yoki bir-birlaridan yashirganlar.

    2. Ko‘pincha er-xotinlar o ‘zaro munosabatlarida vaqtinchalik bir-biridan sovish davri birinchi bolalari tug‘ilgandan keyin. birgalikdagi hayotlari ikkinchi yaki uchinchi yilidan boshlanadi. Bunga sabab bola tug‘ilgandan keyin ona bolasiga ko‘proq e’tibor beradi, vaqt sarflaydi, bunda erining e’tiborli bo‘lishiga talabi ortadi. Biroq keyinchalik taxminan bola 3 - 4 yoshga to’lganda yuqorida ko‘rsatilgan sabablar bilan yomonlashgan oiladagi ahvol yana yaxshilanadi. Shuning uchun yosh oilalarda psixologik maslahat o‘tkazish paytida ular o‘rtasidagi sodir bo‘layotgan holat — bu yoqmaydigan bo‘lsa ham qonuniy ekanligini, uni faqat nizo kabi tushunmaslik kerakligini uqtirish kerak. Aksincha sabr-toqat, chidam bilan bir-biriga yon bosish, kelishish kerakligini va tezlikda oilada hammasi yana yaxshi bo‘lib ketishini aytiladi.

    3. Er-xotinlar ulaming birgalikdagi hayotlari uchun juda muhim bo‘lgan narsalarda bir-biriga psixologik o’xshash odam larbolsalarda, lekin baribir bir-birlaridan farq qiladilar va bu ertami yoki kechmi ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Bir masala bo‘yicha oila a’zolarida turlicha fikrlar mavjud bo’lishi bu chetlanishdan ko‘ra ko‘proq qonuniy hisoblanadi. Qaram aqarshiliklar ertami-kechmi har qanday oilada yuzaga keladi. Mana shu mazmunda yaxshi oilalar yomon oiladan farq qiladilar. Birinchi yaxshi oilada — er-xotinlar bu qarama-qarshiliklarni tezlikda odatiy holat deb qabul qilishga o‘rganib olishlari, ikkinchidan-yomon oilalar — janjal qilishlari va kelishish yo'lini topa olmasliklari bilan farq qiladilar.

    4. Oilaning har bir a’zosi shaxs sifatida uning a’zosidir. Shu bilan birga mustaqil, hardoim ham oila bilan bog‘liq boMmagan o‘z manfaatlariga ega odamdir. Oila a’zosi sifatida u ma’lum majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak, biroq mustaqil odam sifatida u oilada ma’lum erkinlikka ega bo’lishi mumkin va kerak. Yevropa zamonaviy oilalari uchun bir tomondan har bir a ’zoning oila oldidagi huquq va majburiyatlari gokyo bir xilda bo‘lib, ikkinchi tom ondan ushbu oilaning barcha a’zolari bir xilda huquqlarga va majburiyatlar teng hajmiga ega bolishlari odatiy hisoblanadi. Oilaning bir a’zosi va boshqa a’zolari ixtiyoriy roziliklari bilan ular orasidagi majburiyatlarni turlicha taqsimlanishiga yo‘l qo‘yiladi, lekin majburiyatlarni taqsimlash har qanday nohaqlik holatlari yoki oila a’zolaridan birining huquqi chegaralanishi odatda oilada keskinlik keltirib chiqaradi va oxiroqibat uning psixologik yomonlashishiga olib keladi.




    Download 203,44 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




    Download 203,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat

    Download 203,44 Kb.