Psixodiagnostikada test - bu bir turdagi standartlashtirilgan qisqa topshiriqlar seriyasidir. U mohiyatan mos bo’lgan sinaluvchilarga nisbatan taqdim etiladi.
Psixodiagnostik tadbirlar va ularga nisbatan bir qator talablar mavjudmi? Eng oddiy va muhimlaridan biri bu insonlarni o’ziga qarata olish va qo’llanilayotgan psixodiagnostik metodikalarni qo’llash shart-sharoitlarini aniq bilishdir. Bundan tashqari psixodiagnostika sohasida faoliyat yurituvchi har bir psixolog kasbiy etika tamoyillarini bilishi va amal qilishi lozim:
-o’tkazilgan psixologik tashxis uchun shaxsiy javobgarlik tamoyili;
-kasbiy sir saqlash tamoyili;
-konfidentsiallik tamoyili;
-ilmiy asoslanganlik tamoyili;
-ob`ektivlik tamoyili;
-shaxsning mustaqil huquqlarini ta`minlash tamoyili va o’z tarkibiga quyidagilarni oladi:
a) psixologik tadqiqotlarda shaxs o’z hohishiga ko’ra qatnashishi;
b) to’plangan natijalarni psixoprofilaktika nuqtai nazaridan bayon qilish;
c) insonning o’zi anglamaydigan ma`lumotlar chiqishi haqida ham aytib o’tish;
d) tadqiqot natijalarini bilish huquqi.
Psixodiagnostik metodlarni tasnifi, ularning umumiy xarakteristikasi va psixologik jihatdan-asoslanganligi
Psixologik konsultatsiya kasb sifatida psixologik amaliyotning nisbatan yangi tarmog`i hisoblanadi. Mazkur kasb klinik buzilishlarga ega bo’lmagan, biroq psixologik yordamni izlagan insonlar ehtiyojiga javoban yuzaga kelgan. Shuning uchun psixologik konsultatsiyada biz avvalambor kundalik hayotda qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan odamlarga to’qnash kelamiz. Muammolari spektri juda keng bo’lib, ishlash joyidagi qiyinchiliklar (ishxonadagi qiyinchiliklar, o’z ishidan yoki kasbidan qoniqmaslik, shaxslararo nizolar, ishdan bo’shash ehtimoli), shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklar va oiladagi kelishmovchiliklar, maktabda o’zlashtirmaslik, o’z o’ziga ishonchning etishmasligi, o’zini o’zi baholash tizimining pastligi, qaror qabul qilishdagi ikkilanishlar, shaxslararo munosabatlarga kirishish va qo’llab-quvvatlashning murakkabligi va x.k.lardan iborat.
Boshqa bir tomondan psixologik konsultatsiya psixologik amaliyotning nisbatan yosh sohasi sifatida hozircha jiddiy belgilangan chegaralarga ega emas, uning doirasiga turli tuman muammolar kiradi.
Psixologik yordamning bu ikki sohasining taqsimlanishi murakkab vazifa bo’lib, profesional psixolog o’zining nima bilan shug`ullanayotganini aytishi qiyin – konsultatsiya bilan shug`ullanadimi yoki psixoterapiya bilanmi, aniqlab berishi mushkul. Konsultatsiyada ham, psixoterapiyada ham aynan bir klient va psixoterapevt shaxsiga qo’yiladigan talablar mavjud bo’ladi. Har ikkala holatlarda ham mijozga yordam konsultant (psixoterapevt) va mijoz o’rtasidagi o’zaro ta`sirga asoslanadi. Bu ikkala sohani bo’lish qiyinchiliklari tufayli ba`zi amaliyotchilar “psixologik konsultatsiya va “psixoterapiya” terminlarini sinonim sifatida qo’llaydilar.
Gelso, Fretz (1992), Blosher (1966) psixologik konsultatsiyaning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko’rsatadilar:
- konsultatsiya klinik sog`lom shaxsga yo’naltirilgan bo’lib, psixologik qiyinchiliklar, nevrotik xarakterdagi shikoyatlari mavjdu bo’lgan, o’zini yaxshi his qilayotgan, biroq o’z oldiga bundan keyingi rivojlanishni maqsad qilib qo’ygan shaxslarga yordam berishni nazarda tutadi; konsultatsiya shaxsning buzilishlar darajasidan qat`iy nazar sog`lom tomonlariga mo’ljallangan, bu mo’ljal ishonchga qaratilgan, ya`ni “inson o’zgarishi, uni qoniqtiradigan hayotni tanlashi, o’z iqtidorini namoyon qilish usullarini izlashi mumkin” degan ishonchdir (Jordan Myers, 1998);
- konsultatsiya ko’pincha mijozlarning hozirgi va kelajak kuniga yo’naltiriladi; konsultatsiya odatda qisqa muddatli yordamga mo’ljallangan (15 ta uchrashuvgacha);
-konsultatsiya shaxs va muhit o’zaro ta`sirida yuzaga keluvchi muammolarga yo’naltiriladi;
-konsultatsiyada konsultant ishtirokiga qadriyat sifatida qaraladi;
-konsultatsiya mijoz shaxsi rivojlanishiga va xulq-atvorini o’zgartirishga yo’naltirilgan. Psixologik amaliyotda deyarli har kuni inson hayotining turli jabhalari bilan to’qnash kelishga to’g`ri keladi. Konsultant mijoz bilan birgalikda uning unchalik e`tiborga molik bo’lmagan yoki o’ta muhim muammolarini muhokama qiladi va unga yordam berishga harakat qiladi. Jumladan:
-Kundalik tanlovlar motivlarini anglab olishda;
-Juda emotsional muammolarni va shaxslararo munosabatlardagi chigalliklarni hal etishda;
-Ichki xaosni engishda va x.k.;
Shuning uchun konsultant kim bo’la olishi va uni mijoz qaynday inson sifatida qabul qilishni xohlayotganligini tushunishi kerak. Boshqacha qilib aytganda bu erda konsultant rolini aniqlash vazifasi turadi. Konsultant mijozga do’stmi, professional maslahatchimi, o’qituvchimi, ekspertmi? Juda ko’p boshlovchi konsultantlarni aynan ana shu savol qiynaydi.
Konsultant mutaxssis faoliyati samaradorligi ko’p holatlarda uning psixokonsultatsiyadagi o’z o’rnini qanday tasavvur qilishiga bog`liq bo’ladi. Ana shu borada aniqlik bo’lmasa, o’z ishida ma`lum bir nazariy printsiplarga tayanmasa, balki faqatgina mijoz kutilmalari va ehtiyojlariga javob berishga intilsa, bunday mutaxassis yaxshi natijalarga erisha olmaydi. Mijozlar esa ko’pincha konsultantdan ularning muammolari uchun butun mas`uliyatni o’z zimmasiga olishni va butun muammolarni hal qilib berishni kutadilar, masalan qaerda o’qish, ishxonadagi muammolarni qanday hal etish, turmush o’rtog`idan ajrashsinmi yoki yo’qmi va x.k.
K.K.Platonov ta`rifida faoliyatning aosiy belgilari anglanganligi va maqsadga yo’nalganligidir. G.V.Suxodolskiy nuqtai nazaridan faoliyatning asosiy tushunchaviy apparati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
|