• 3-MAVZU. SHAXSNI O’ZINI O’ZI KAMOL TOPTIRISHI REJA
  • 4-MAVZU. AMALIYOTCHI-PSIXOLOGNING ETIKAVIY TAMOYILLARI Reja
  • Psixologik hizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir.
  • Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat




    Download 203,44 Kb.
    bet7/40
    Sana12.02.2024
    Hajmi203,44 Kb.
    #154924
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
    Bog'liq
    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.org

    Qo‘shimcha adabiyotlar:
    Berezip F.B., Miroshnikov N.P., Rojanets R.V. Metodika mnogostoronnego .issledovaniya lichnosti. M., 2005y.
    Bogdanov V.M. Psihologicheskiye osobennosti professionalnogo mishleniya rabotnikov ugolovnogo roziska. Omsk. 1994.
    Boginskiy V.YE. Refleksivnoye upravleniye pri doprose. Uchebnoye posobiye. Xarkov 1993.
    Bikov V.M. Osobennosti rassledovaniya gruppovix prestupleniy. Tashkent, 2003.
    Volkov B.S. Motivi prestupleniy. Kazan, 2003
    Glazirin F.V. Psixologiya sledstvennix deystviy. Volgograd, 2003
    Glatochkii A.V., Pirojkov V.F. Psixologiya sostoyaniya cheloveka leshennogo svobodi. M.,2003


    3-MAVZU. SHAXSNI O’ZINI O’ZI KAMOL TOPTIRISHI


    REJA:
    1.Insonning extiyojlari.
    2.Extiyoj va shaxsning o’zini o’zi kamol toptirish qobiliyati.
    3.Shaxsning o’zini o’zi kamol toptirishning sub’ektiv shart-sharoitlari.
    4.Keskinlik vaziyatlari muammolari. Inson tabiatiga turlicha qarashlar.
    5.Shaxsning o’zini o’zi kamol toptirishi.
    6.Yaxlitlik va optimallik normal shaxs xarakteristikasi. G.Olport nazariyasi.
    7.O’zini o’zi kamol toptirish nazariyasi.
    8.O’zini o‘zi kamol toptirish motivlari. Shaxsni o’zini o’zi baholashi, “refleksiya” tushunchasi.
    9.Voyaga etganlik va yetuklik.


    4-MAVZU. AMALIYOTCHI-PSIXOLOGNING ETIKAVIY TAMOYILLARI
    Reja:
    1. Etika va qadriyatlar, manbalari va qadriyat turlari.
    2. Kasbiy faoliyatning etikaviy tamoyillari haqida tushuncha.
    3.Amaliyotchi psixolog faoliyatining etikaviy tamoyillari qamrab olgan norma va qoidalar.
    4. Har xil sotsial vaziyalarda psixolog faoliyatini tartibga solishning axloqiy normalari.
    5. Psixologning etikaviy standartlari.
    6. Amaliyotchi psixolog ishidagi etikaviy dilemmalar.
    Psixologik hizmatning asosiy mazmunisog`lom shaxsning o`sishini ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir.
    Birinchi bo`lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat atshkil etildi. Uning rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo`lib tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun ish olib bordilar. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo`shgan. Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o`sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o`sishi va axloqiy potensialiga bog`liq bo`ladi.
    Jumladan, bu kasb AQShda o`tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo`lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda maktab psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri o`quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi. Psixolog B.L.Vulfson Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik muammolarini taxlil qilib yaqin vaqtlargacha test uslubi AQSH va Agiliyadagidek keng tarqalmagan degan fikrni aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy faoliyatlari va qobilyatlarini testlar orqali aniqlash o`tgan asrning 70-yillari boshidan boshlaganligi ma`lum. Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati bilan emas balki shaxs bo`lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama baholashga to`g`ri keladi.

    O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi. 1989-yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida E.G`oziyev, M.G.Davletshen, G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o`z hissasini qo`shgan va hozirga qadar o`z izlanishlarini davom ettirmoqda.


    Amaliy psixologning faoliyati uning huquqlari va burchlari majmuasi bilan boshqarilib turilishi lozim. U quyidagilardan iborat:

    - Psixolog o`z faoliyatini O`zbеkiston Rеspublikasi hukumatining xalq ta'limi sohasi bo`yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi shart. Psixolog oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni) bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo`lishi lozim.


    - Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi, bolalar psixologiyasi, pеdagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur bilishi zarur. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorrеksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan mеtodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o`z malakasini oshirib borishi kеrak.


    - Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda kasbiy vakolat chеgarasidan aslo chеtga chiqmaslik ma'qul.


    - Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.


    - Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kеlib chiqishi zarur.


    - Diagnostik va korrеksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar kеltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kеrak.


    - Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozim.


    - Bog`chada, maktabda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pеdagogik kеngash, ilmiy kеngash, ma'muriyat (rahbariyat, dirеktor, rеktor)ga ma'lumot bеrish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.


    - Ma'muriyatga, pеdagogik kеngashga, ilmiy kеngashga o`quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.


    - Bolalar, o`quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko`mak bеrishi darkor.


    - Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar bеrish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar bildiradi.


    - Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pеdagogik odob bilan tushuntirishi, bеrilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart.


    - Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda o`tkaziladigan ishlarni qayd qilish va bеlgilashi lozim.


    - O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot bеrib borish, qabul qilingan hisobot shakllariga hеch og`ishmasdan rioya qilishi kеrak.


    - Bog`cha, maktab, yangi tipdagi o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida maxsus
    talablarga javob bеruvchi, jihozlangan psixologik kabinеtni tashkil qilishi maqsadga muvofiq.

    - Amaliy psixologlarning sеminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kеrak.


    - O`zbеkistan Rеspublikasining mafkurasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo`lgan tеkshirishlar o`tkazmasligi kеrak.


    - Bolalar, o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi maktablarga, oliy o`quv yurtlariga qabul qilishda, chеt elga ularni o`qishga yuborishda) qatnashishi lozim.


    - Ijtimoiy psixologik holatlarni o`rganishda mahalliy hokimiyatga yordam bеrish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda bo`lishi darkor.


    Psixoprofilaktika yo’nalishida psixolog faoliyati va vazifalari ta`lim tizimidagi amaliy psixologik xizmat doirasida aniq ko’rsatilgan. Ular quyidagilardan iborat:

    -ta`lim muassasalari shart sharoitiga bolalar, o’smirlar va yoshlarni moslashishi, pedagog, ota-ona, tarbiyachi va boshqalarga bolalarni muvaffaqiyatli moslashishiga yordam ko’rsatish bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish;


    -ta`lim jarayonining qatnashuvchilari bilan faoliyat olib borishning individual dasturini tuzish hamda o’quvchilarni ta`lim jarayoniga moslashishi va shaxsning ikkilamchi va garmonik rivojlanishini ta`minlash uchun mo’ljallangan;


    -ta`lim tizimida yangi bosqichga o’tish jarayonidagi dezadaptatsion holat haqida xabar berishga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish;


    -ta`lim muassasasida ijobiy psixologik muhitni yaratish bo’yicha turli xil faoliyatlarni amalga oshirish;


    -pedagogik jamoadagi psixologik zo’riqishlar haqida xabar berish va bartaraf etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish.


    Psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo’nalishlaridan biri sifatida


    Psixodiagnostika nazariy va amaliy fanlardan bo’lib, u insonning individual psixologik xususiyatlarini o’rganishning turli metodlarini ishlab chiqish va bu metodlar asosida psixologik tashxis qo’yish bilan bog`liq. Diagnostika grekcha dia farq gnozis anglamoq degan ma`noni anglatadi. Amaliy psixolog odatda yangi metodikalarni ishlab chiqish bilan emas, balki tuzilgan metodikalarni qo’llash bilan shug`ullanadi. Amaliy psixolog psixodiagnostika faoliyat yo’nalishining quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi (R.S.Nemov 1995).
    1.Insondagi u yoki bu psixologik holat yoki xulq-atvor xususiyatining miqdorini aniqlash;
    2.Mazkur xususiyatning rivojlanganlik darajasini hamda ma`lum bir miqdor va sifat ko’rstkichlarda namoyon bo’lishini aniqlash.
    3.Zarur bo’lgan vaziyatlarda shaxsning tashxis qilinayotgan xulq-atvor va psixologik xususiyatlarini asoslash;
    4. Turfa xil insonlarda o’rganilayotgan xususiyatlarni rivojlanganlik darajasini taqqoslash.


    Download 203,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




    Download 203,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat

    Download 203,44 Kb.