• Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bolish kerak
  • Individual vondashuvning vazifasi




    Download 203,44 Kb.
    bet4/40
    Sana12.02.2024
    Hajmi203,44 Kb.
    #154924
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.org

    Individual vondashuvning vazifasi — rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkonivatlarini har bir shaxsning faolligini ta'minlashdan iborat. Bu nuqtayi nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qivin» bolalarga emas, barcha o'quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo’ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo'llaydilar, chunki bu ko’zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi. Bunday diagnostik ishning asosiy maqsadi — o’quvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko‘p qirrali va to'liq tashxis natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o'qituvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Bu usulni qollash juda ko‘p vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning har doim ham iloji bo’lmaydi. Negaki, uzoq vaqt davomida nafaqat psixolog, balki «tarbiyasi qiyin» o'quvchi ham charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlarni o‘zi sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan ma'lum bolishicha, ayniqsa, og‘zaki metodikalar qanchalik to’liq bo'lmasin, qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni to’liq xarakterlash uchun yetarli bolmaydi.
    Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bolish kerak? Kollej psixologi javob beradigan birinchi savol mana shu. Rasmiy iltimosga ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud.
    Birinchisi, rasmiy iltimosga o‘ziga xos bo’lmagan javob qaytarishdir. Bu ikki usul bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida (uning mazmuniga bog’liq bo’lgan holda) psixodiagnostik metodlar to‘plami qollanilad.
    Ikkinchidan, rasmiy talabga o‘ziga xos javob qaytarishning usuli bo’lib, mashhur amerikalik psixolog K.Rodjers psixologiya fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish to’g'ri hisoblanadi. Uning fikricha, «tarbiyasi qiyin» bola bilan ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit uni xulq-atvorning salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin. Rasmiy iltimosga o'ziga xos bo’lmagan javob qaytarishga teskari uslub — bu rasmiy talabga qat'iy mos tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat: masalan, yomon o'zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Bunday tashxis o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlab olmasagina, boshqa ko'rsatkichlar qaraladi. Tashxis natijalariga mos ravishda, ko'pincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi. Masalan, xotira kuchsiz rivojlanganda, uni maxsus mashq qildirish maqsadga muvofiq, ixtiyoriylik yetarli darajada rivojlanmaganda, uni shakllantirishning maxsus dasturlari kiritiladi.

    Download 203,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 203,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Individual vondashuvning vazifasi

    Download 203,44 Kb.