|
Psixologik maslahat o‘tkazayotganda psixolog-maslahatchi e’tiborga olishi kerak bo'lgan ba’zi umumiy qoidalarda to‘xtalib o‘tamiz
|
bet | 11/40 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 203,44 Kb. | | #154924 |
Bog'liq Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.orgPsixologik maslahat o‘tkazayotganda psixolog-maslahatchi e’tiborga olishi kerak bo'lgan ba’zi umumiy qoidalarda to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha psixologik maslahat o‘tkazish paytida ularning biri tomonida bo'lish tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik hollarda har qanday muammo yuzaga kelishida deyarli har doim unda ishtirok etuvchi odamlaming barchasi aybdor bo’ladilar. Bu albatta nizo kelib chiqishida ikkala tomonning aybi bir xil bo’lishini, ularning ikkalasi ham bir xilda javobgar ekanligini anglatmaydi. Bu faqatgina psixologning bir tomonlama harakat qiiishi, er-xotinlarning biri tomonida bo’lish nizoni yo‘qotishga emas balki, yana keskinlashishiga olib kelishi mumkinligini anglatadi. Nizoning aybdori bo‘lgan er-xotinlarning biri buni tushunishi qiyin bo‘ladi (agarda u tushunganida balki nizo kelib chiqmasdi ham). Boshqacha qilib aytganda, birtomonni aybdor deb hisoblansa, hech qachon nizoni hal qilishga olib kelmaydi. Ushbu qoida ayniqsa, yuzma-yuz ikkala er-xotinning ishtirokida psixologik maslahat oltkazilayotganda juda muhimdir. Agarda maslahat predmeti ancha katta yoshdagi bir-biriga yaxshi tanish bo‘lmagan katta odamlarning turmush qurishlari yoki bir oilaga birlashishlari sababli psixologdan tavsiya va maslahatlar olish bo‘lsa, bunday holatda quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak. Birinchi nikohi muvaffaqiyatsiz bolgan odamlarda ko‘pincha moslasha olmaslik deb nomlanuvchi xarakterli xususiyatlari uchraydi. Bunday xususiyatli har qanday odam uchun oilaviy hayotga deyarli moslashish qiyin bo‘ladi. Ikkinchi bor nikohdan o‘tayotgan odam buni yaxshi tushunishi va tan olishi kerak boMadi, aks holda birinchi oilasida mavjud bo‘lgan awalgi muammolari tez orada yana paydo bo'ladi va awalgi oilada bo‘lgani kabi yana falokat yoqasiga olib keladi. Bu haqda psixolog-maslahatchi mijozni ochiq va qattiq ogohlantirishi lozim. Shundan keyin mijoz xohlasa unga faqat o‘z kamchiliklarini anglab yetishgagina emas, balki ularni yo‘qotishga ham yordam beradi. Keyin esa shu kabi yoki boshqacha kamchiliklar bo’lajak turmush o‘rtog‘ida ham uchrashi mumkinligini va bunga ham psixologik tayyor bo’lish kerakligini aytadi. Er-xotinlarning xarakterlaridagi kamchiliklarni tan olish va ularga chidamli (sabrli) munosabatda bo’lish ikki tomonlama bolishi kerakligini aytib o‘tish kerak. Mana shu mazmunda qayta turmush qurayotgan odamga xarakteridagi mavjud kamchilikni u tan olganida va bo’lajak turmush o’rtog’i xarakteridagi kamchilikka rozi bo‘iganidan keyingina turmush qurishni tavsiya etish mumkin. Bolajak er-xotinlarga ulardan biri mavjud kamchilikni ochiq namoyon eta bo’shlagan holatlar va vaziyatlarda o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirish va kerakli amaliy harakatlarga o‘rgatish zarur, ya’ni oilaviy hayotdagi tasvirlangan murakkab vaziyatda bir-biriga qanday qilib yordam berishlari mumkinligi tushuntiriladi. Psixolog-maslahatchi tavsiya etgan uslub va vositalar yaxshi o'zlashtirilib olinsa va maslahat paytida turmush qurayotgan ikki tomon ham amal qilsalar yaxshi boladi. Agarda yosh bo’lmagan bundan tashqari uzoq vaqt alohida bir o’zlari yashagan odamlar o’zaro nikoh tuzayotgan bolsalar, unda bu odamlarni albatta birgalikdagi hayotlarida ularda bir-biriga psixologik mos kelmasligi bilan bogliq, birgalikdagi hayot tajribalari yo’qligi sababli yuzaga keladigan muammolar to‘g‘risida ogohlantirish zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Psixologik maslahat o‘tkazayotganda psixolog-maslahatchi e’tiborga olishi kerak bo'lgan ba’zi umumiy qoidalarda to‘xtalib o‘tamiz
|