Bunday odamlarga bolajak nikohlari to’g‘risida psixologik maslahat berayotganda quyidagilarni tavsiya etish mumkin




Download 203,44 Kb.
bet12/40
Sana12.02.2024
Hajmi203,44 Kb.
#154924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.org

Bunday odamlarga bolajak nikohlari to’g‘risida psixologik maslahat berayotganda quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Nikoh tuzishdan avval bir-biri bilan odatlari, qarashlari, hayot tarzi bilan mos kelishlari mumkinligini aniqlab olish kerak. Bunday odamlarga psixologik m aslahatlar berish masalan quyidagi reja bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin:
1. Mijozlar o'zlarining qaysi shaxsiy sifatlari bilan mos kelmasliklari yoki mos kelishlarini aniqlash maqsadida ularning mumkin bo‘lgan psixologik mosliklarini aniqlovchi metodika yordamida harbirini alohida psixologik test sinovlaridan oktkazish.

2. Mijozlarning ikkalasi roziligi bilan ularning psixologiyasi bir xilligini, mosligini va bir-biri bilan mos emasligini aytish.


3. Bir-biri bilan haqiqatda psixologik mos kelishi uchun ulardan har biri o‘z xulqini o‘zgartirishni xohlaydimi va o‘zgartira olishini aniqlash (buni yo’lini mijozga psixolog-maslahatchi aytib berishi mumkin).
4. Bo‘lajak er-xotinlarning mos ekanliklarini aniqlovchi ijtimoiy psixologik tajribani bevosita psixologik maslahat xonasida tashkil qilish va o'tkazish. Bu tajribaning natijalarini ularga aytish.
5. Mijozlarga ularning mos kelishlari mumkinligini aniqlashlari mumkin bo’lgan har qanday savol-javob imkoniyatini berish.
6. Psixologik maslahat yakuniovchi bosqichini o‘tkazish, bunda psixolog-maslahatchi mijozlarga ularning bo'lajak nikohlari muvaffaqiyatli bo'lishi bo'yicha uning kasbiy xulosasini aytadi. Bu masalada psixolog juda odobli bo‘Iishi, shu bilan bir vaqtda izchil, prinsipial va kasbiy halol bo‘lishi kerak. Har qanday holatda ham u er-xotinlarni ogohlantirib qo‘yishi kerak, chunki ular katta odamlar, shuning uchun birgalikdagi hayotlarida shaxsiy munosabatlarida hammasi yaxshi bo’lishi qiyin, ularning shaxsiy psixologiyalari va xulqlari er-xotinlarning har birini qoniqtira oladigan bo‘lib tez o‘zgarishi mumkin emas. Agarda ular jiddiy qaror qilgan bo‘lsalar, o‘z nikohlari va oilalarini saqlab qolishni xohlasalar, unda albatta bir-birlarini qanday bo‘lsalar shundayligicha qabul qilishlari kerak. Psixologik-pedagogik maslahatda psixolog-maslahatchining o‘zi pedagogik ma’lumoti bo‘lishi va pedagogika nazariyasi va amaliyotini yaxshi bilishi muhimdir. Turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha shaxsiy tajribasi ham zarur. Lekin bu ham psixologik-pedagogik maslahatlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yetarli emas. Oddiy pedagog, olim psixolog yoki o'qituvchidan farqli ravishda psixolog-maslahatchi mijozning xulqiga ochiqdan ochiq salbiy munosabatni namoyon qilish huquqiga ega emas. Hatto mijoz pedagogik odob va axloq qabul qilingan qoidalarini buzganida ham bu qoidaga amal qilishi zarur.
Psixolog-maslahatchi odob qoidalarini yuqorida muhokama etib, biz u mijozga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini namoyon etishga huquqi yo‘qligini aytib o‘tdik. Bu ayniqsa, maslahat so‘rab murojaat etgan o‘smirlar va ularning ota-onalariga taalluqlidir. Psixolog-maslahatchiga nisbatan ularning munosabatlari hardoim ham pedagogik to‘g‘ri va vazmin bo‘lmaydi. Psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha maslahat berganda psixolog-maslahatchi tavsiyalarini aynan bajarishi kerak bo‘lgan odamlar har doim to‘la va sidqidildan bajarmasliklarini ham hisobga olish zarur. Masalan, ota-onalarga ko‘pincha aslida o‘z bolalariga tegishli tavsiyalar berishlariga to‘g‘ri keladi, bolalarga esa ko‘proq ularning ota-onalari xulqiga tegishli maslahatlar beriladi (katta bolalarning ota-onalari ularga nisbatan pedagogik noto‘g‘ri xulqlariga mumkin bo‘lgan javoblari). Bu holatni e’tiborga olish kerak. Psixologga o‘smirlar o‘zlari keltirib chiqargan emas, balki ularning atroflaridagi katta odamlar - ota-onalari yoki o‘qituvchilari bilan munosabatlarda yuzaga kelgan muammolar bilan ham murojaat ctishlari mumkin. Bunday holatda faqat bola bilan psixologik maslahatlar o‘tkazishning o‘zi yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartirishga yordam bermaydi.
  • Birinchidan, o‘smir kattalar bilan munosabatlarda psixologmaslahatchi bergan tavsiyalarni chuqur tushunib, qabul qilib va amalga oshiradigan yoshda emas.


  • Ikkinchidan, yuzaga kelgan nosog‘lom vaziyatni tuzatish bo‘yicha tashabbus ulardan emas, balki boladan kelib chiqqan hollarda o‘zining noto‘g‘ri xulqi bilan o‘smir bilan munosabatlarda muammo keltirib chiqaradigan katta yoshli odamiar har doim ham o‘smir fikriga e’tibor berm aydilar.


Bu yerda muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun tizimli yoki ko’p yo'nalishli deb ataluvchi psixologik maslahatlar zarur bo‘ladi. Shunday psixologik maslahatlar o'tkazilganda nizoli yoki muammoli vaziyatning barcha ishtirokchilari psixolog tomonidan amaliy tavsiyalar oiadilar va shu bilan birga odatda ularning har biri kim qanday tavsiyalar olganligini biladilar. Natijada ishtirokchilardan har biri o‘zini va boshqaiarni kuzatish bilan bir qatorda boshqalarga olingan tavsiyalarni bajarishga yordam bera oladi.


Bu ifoda etilgan qoida psixologik-pedagogik ta ’sir ko‘rsatish obyekti kichik maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, psixologmaslahatchidan amaliy tavsiyalarni katta odamiar, ota-onalar, o ‘qituvchilar yoki bolani tarbiyalovchilar olayotgan hollaridan tashqari, psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish ko‘p vaziyatlar uchun umumiy bo‘lib qoladi. Psixologik-pedagogik maslahat intim-shaxsiy masalalar bokyicha maslahat kabi kamdan kam hollarda bir marotabalik maslahat sifatida o'tkaziladi, chunki pedagogik jarayon ancha murakkab va olingan tavsiyalar har doim ham darhol istalgan natijalarga olib kelmaydi. Bundan tashqari tavsiyalarni amalga oshirish yo‘lida psixolog bilan maslahat qilinishi kerak bo'lgan ko‘pgina yangi kutilmagan masalalar, muammoli vaziyatlar yuzaga keladi. Xulqini pedagogik qayta yo‘naltirish — bu har doim murakkab, xatolarga olib kelishi mumkin bolgan ish, chunki bu ishda inson ongida joylashib qolgan pedagogik noto‘g‘ri tushunchaga duch kelish mumkin. Endi amaliy masalalar bo'yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda barcha boshqa hollarda bo‘lgani kabi psixologik maslahat paytida psixolog oqilona va samarali tavsiyalar bera olishi uchun mijozga maslahat berayotgan ish bo‘yicha o‘zi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agarda psixolog-maslahatchida maslahat berayotgan ishlari bo ‘yicha shaxsiy hayotiy tajribasi bo‘lmasa psixologik maslahat berishga kirishishdan avval mana shu tajribani egallab olishi kerak.
Ba’zan albatta bu shartni to’la bajarishga erishish qiyin bo‘ladi, chunki bir odamning o'zi barcha kasb va hunarlarni yaxshi bilib olishi m um kin emas. Bunday holatda ma’lum ishlar bo'yicha bexabar bo‘lib qolmaslik uchun psixologmaslahatchiga mijozdan u qanday kasb bilan shug'ullanishini, uning ish faoliyati va uning muammolari xususiyatlarini yaxshilab bilib olish tavsiya etiladi. Bu ishni tortinmasdan, uyalmasdan va ochiq, maslahat eng boshidan mijozga uning kasbini psixolog-maslahatchi yaxshi tushunmasligini aytib amalga oshirish kerak, shu sababli darhol maksimal foydali tavsiyalar bera olmasligini tushuntirishi kerak.



Download 203,44 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Download 203,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bunday odamlarga bolajak nikohlari to’g‘risida psixologik maslahat berayotganda quyidagilarni tavsiya etish mumkin

Download 203,44 Kb.