|
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
|
bet | 27/40 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 203,44 Kb. | | #154924 |
Bog'liq Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.orgAmaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko‘rsatish mumkin.
Aql – insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bo‘lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.
Ahloq - ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori, yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o‘zaro, shuningdek jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig‘indisi.
Attraksiya – (lotincha so‘z – attrahere –yoqtirish, o‘ziga jalb etish) – bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o‘zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.
Aloqa – makon yo vaqtda bir – biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yo ob’ektning o‘zaro bog‘lanish xodisasi.
Anglash - psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko‘chirishdan iborat psixik jarayon bo‘lib, bu mazmunni boshqa kishilarga etkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o‘zicha xabar bermoq, o‘z tajribasi xissiyoti, extiyoji, qiziqishi va boshqalar to‘g‘risida tushuntirish demakdir. Anglash demoq nimalar to‘g‘risida o‘z – o‘ziga xisob berishdir. Sub’ektiv xolda u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq – ravshan va nazorat qilinadigan inikosidir.
Agleratsiya – olomon
Bilish – olamning inson ongidagi in’ikos etish jarayoni . inson o‘zini qamrab olgan atrof – muxit to‘g‘risida bilish va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron bir turi bilan shug‘ullana olmaydi. Bilishning maxsuli natijasi bilim bo‘lib, xar qanday kasbni egallash faqat bilim orqali ro‘y beradi.
Vijdon – ijtimoiy xodisa bo‘lib, kishining xayotida sodir bo‘layotgan ijobiy va salbiy xodisalarga munosabatida ifodalanadi. Vijdon kishining ma’naviy etukligiga bog‘liq.
|
| |