|
Ultrotovushli dopler sarf o‘lchagichning ishlash prinsiplari
|
bet | 10/13 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #116577 |
Bog'liq MUSTAQIL ISH FIZIKA MUKAMMALUltrotovushli dopler sarf o‘lchagichning ishlash prinsiplari.
Agar quvur o‘qi bo‘yicha V tezlik bilan harakatlanuvchi nuqtaviy sochgich w0
chastotali signal bilan vertikalga αj burchak ostida nurlanayotgan bo‘lsa, u g‘olda
qabul qilingan aks – sado signali chastotasi wd qo‘yidagi munosabat bilan aniqlanadi:
(26)
Uzatuvchi o‘zgartkich qabul qiluvchi o‘zgartkich (26) dagi ikkinchi ko‘paytuvchini darajali qatorga yoyib va Δw=wd-w0 ayirmani olib,
Dopler effekti formulasining lokasiya variantini hosil qilamiz:
(27)
13-rasm. Ultratovushli dopler sarf o`lchagichning ishlash prinsipi.
Odatda V<bo‘ladi, shuning uchun chiziqli yaqinlashish bilan cheklanish
mumkin:
(28)
(28) ifodadan:
(29)
kelib chiqadi, ya’ni dopler siljishi kattaligi sochgich tezligi V ga to‘g‘ri proparsional ekan. Bu erda Cp – EP prizmaning materialidagi ultratovushning tezligi: αp – vertical bilan truboprovob devoriga ultratovush tebranishlari suvi yo‘nalishlari orasidagi burchak, u EP prizma burchagiga teng.
Real sharoitlardi hajmiy sochilish signallarining shakllanishida fozoda tasodifan
joylashgan turli xil tabiatga ega sochuvchilarning to‘plami ishtirok etadi. Bu holda
“dopler siljishi” tushunchasi qabul qilingan energiyaning taqsimlanishini
sochgichlarning real tezliklari funksiyasi sifatida aks ettiruvchi “dopler spektri”
konsepsiyasi bilan almashadi. Real hisob – kitoblarda (29) munosabatdan
foydalanish mumkin bo‘lishi uchun Δw ning spektri og‘irlik markazini tushunish
etarli.
Datchiklar ulangan UVR – 011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagich.
14 – rasmda datchiklar ulangan UVR – 011 ultratovush vaqt impulsli sarf
o‘lchagichning tuzilishi sxemasi keltirilgan.
14-rasm. Datchiklar ulangan UVR-011ultratovush vaqt impulsli sarf o`lchagichning tuzilishi sxemasi.
Sarf o‘lchagich truboprovodning tashqi tomonidan mantaj qilinadigan ikkita
elektroakustik o‘zgartkichni va mikroprosessor negizida ishlab tayyorlangan electron blokni o‘z ichiga oladi.
MikroEHM amalga oshiradigan o‘lchashlar sikli ultratovush impulsi nurlanish
yo‘nalishlaridan birini (masalan, oqim bo‘yicha) tanlashdan boshlanadi, bunga qabul – uzatish kommutatorini tegishli holatga o‘rnatish yo‘li bilan erishiladi. Bunda EP2 signalni uzatadi, EP1 esa uni qabul qilib oladi.
Qabul qilingan signal kommutator orqali foydali signalni ajratish sxemasiga
keladi, u erda kuchaytiriladi va xalaqitlardan filtrlanadi. SHu erning o‘zida signalning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, bu ultratovushli tebranishlar yo‘qolib qolganda xato o‘lchashlarning kelib chiqishining oldni oladi, masalan truboprovodni bo‘shatishda. Signalning tarqalish vaqtini aniqlash vaqt oraliqlarini o‘lchash blokida amalga oshirilib, uning chiqishida tT baho mikroEHM ga kelib tushadi. So‘ngra mikroEHM buyrug‘iga ko‘ra nurlanish yo‘nalishi qarama – qarshisiga o‘zgaradi va tT signalning tarqalish vaqtining tavsiflangan o‘lchash tartibi endi oqimga qarshi takrorlanadi. SHu bilan o‘lchash sikli tugallanadi, mikroEHM esa
(30)
ifodaga muvofiq suyuqlik sarfining joriy qiymatini hisoblaydi. Bu erda SG –
tezliklarning profiliga bog‘liq bo‘lgan gidrodinamik koeffisientiga teskari
proporsional bo‘lgan xatolik.
|
| |