• Muammo nimada
  • 20−25 mln so‘m
  • Vitaliy Xalzunov
  • Bosma tashqi reklamada kretivlik




    Download 262.86 Kb.
    bet2/3
    Sana11.08.2023
    Hajmi262.86 Kb.
    #78372
    1   2   3
    Bog'liq
    Bosma tashqi reklamada kretivlik
    bank faoliyati tahlili, kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
    Natijalar
    Odamlar orasida ko‘plab qarama qarshiliklar bo‘ldi, biroq o‘zbek auditoriyasining asosiy qismi tomonidan “kreativ yondashilgan, nega olib tashlashdi” qabilidagi pozitiv fikrlar va qo‘llab-quvvatlashlar bo‘ldi, deydi Akbar.
    Uning so‘zlariga ko‘ra, rusiyzabon auditoriya (asosan ayollar) tomonidan esa “qo‘shxotinlikka undash bu” degan mazmundagi negativ fikrlar bildirildi.
    “Biz hechqaysi iste’molchining huquqini bulg‘amadik yoki buzmadik, haqoratlamadik. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, afsuski, bizga o‘xshagan kompaniyalardan juda bir kichik narsalardan ham kamchilik topishga harakat qilishadi. Lekin haqiqiy monopoliyalar bilan kurashish kerak, aslida”, — ta’kidladi “Elmakon” kompaniyasi vakili.
    “Nima bo‘lganda ham biz kutilgan natijadan ortiqrog‘iga erishdik. Garchand biz buni istamagan bo‘lsak-da, bu juda yaxshi “qora” PR bo‘ldi. Bunga “Instagram"dagi obunachilarimiz sonining bir necha soat ichida 300 taga o‘sishi yaqqol misol bo‘la oladi”, deydi Akbar Botiraliyev.
    Muammo nimada
    O‘zbekistonda kreativlik uchun imkoniyatlar hali past. Misol uchun chet el agentliklariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Guerrilla Marketing” degan instrumentlar bor. Ulardan juda ham oqilona foydalanishadi, bizda esa undan foydalanish oson emas:
    “Birgina misol, yaqinda Andijonda „Al Mansur“ gilam yuvish kompaniyasi tomonidan qo‘yilgan „Gilam yuvdirma xotinga, xotin tengdir oltinga“ degan reklamani ham go‘yoki ayollar shuning ortidan eriga itoatsizlik qilmoqda kabi vajlar bilan olib tashlashdi”, — deydi Botiraliyev.
    Uning so‘zlariga ko‘ra “Elmakon” reklama kampaniyasi nomaqbul deyilayotgani uchun, birinchi navbatda, kompaniya imidjiga zarar yetmoqda. Moddiy tarafdan ko‘rilgan zarar esa 20−25 mln so‘m atrofida bo‘ldi.
    Bunday reklamalar nega iste’molchini “chaqiradi”
    PR boʻyicha mutaxassis Yuliya Elmuradova soʻzlariga koʻra, loyihani ommabop qilishning tezkor usullaridan biri hazil hisoblanadi. Taqqoslash oʻrnida madaniyat haqidagi filmlar va kulgu ustalari konsertlarining “YouTube"dagi koʻrishlar sonini keltirish mumkin.
    Uningcha, reklamadagi “janjal” keng qamrovga ega boʻlishi, mijoz bilan aloqa nuqtalari sonini koʻpaytirishi, sodiqlikni oshirishi mumkin. Biroq, ularni ta’qib qilishdagi asosiy xato — oqibatlari haqida oʻylamaslikdir. Brendga boʻlgan ishonchni oshirish oʻrniga teskari natija va jarimalarni olish mumkin.
    “Vse Budet” marketing agentligi asoschisi Vitaliy Xalzunov fikricha, shov-shuvli reklama kampaniyalari 2000-yillarning boshida qolishi kerak edi, lekin unday boʻlmadi — chunki asosiy bozor hali ham oʻsha davrlarda qolgan. Kontentni iste’mol qilish madaniyati esa Oʻzbekistonda yaqinda paydo boʻla boshladi.
    “Mamlakatda biror gʻoya ozgina nostandartlikka ega boʻlsa muvaffaqiyatga erishadi. Ammo men bir lahzalik shov-shuv emas, uzoq muddatli strategiya tarafdoriman. Agar siz, masalan, „Burger King“ kompaniyasi boʻlmasangiz bu yondashuv ishlamaydi”, — deydi Vitaliy.

    Download 262.86 Kb.
    1   2   3




    Download 262.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosma tashqi reklamada kretivlik

    Download 262.86 Kb.