|
Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan b ir paytda amalga oshirish tamoyili
|
bet | 12/18 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 182,92 Kb. | | #112782 |
Bog'liq Pedagogika-fayllar.orgYozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan b ir paytda amalga oshirish tamoyili. Dastur talablari yozuvga o’rgatishni o’qishga o’r gatish bilan bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o’rgatishning dastlabki bosqichida o’qish va yozuv bog’lab olib boriladi. Bu usul K.D. Ushinskiy tomondan qo’llangan bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O’quvchi yaxshi o’qish sifatlari (togri, ongli, tez va ifodali o’qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham o’rgatilib boriladi. Negaki yozish va o’qish bolani ng nutqiy rivojlanishi (lug’at boyligi, gap tuzish ko’nikmasi, nutqning mantiqiy boglanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o’qigan bola yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng, bo’g’inlab yozish malakasi shakl lanadi.
Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili. Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. O’quvchining imloviy savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala uchun g’amxo’rlik demakdir. Shu sab abli ham savod o’rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.
Malumki, savod o’rgatish davrida o’quvchi gapni bos h harf bilan yozish, so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qato rga ko’chirish, kishilar ismi, sharifi, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda o’rganadi.
Chiroyli yozuv darslarida so’zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi.
III BOB. HUSNIXAT O’RGATISH METODIKASINI SHAKLLANISH
TARIXI
3.1. Umumiy tavsifi
O‘zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy me’rosida xattotlik san’ati alohida o’rin egallaydi.
Arab istilosidan so’ng o’rta Osiyo xalqlari tomonid an islom dinining qabul qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi.
(O’rta asrlarda har qanday asar qo’lda ko’chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko’chirish katta hunar va san’at hisoblangan. Bu hu nar egalari tarixda xattot nomi bilan mashhur bolganlar. Xattotlarning ko’chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy ko’chiruvchi emas, balki o’sha davrn ing ilm-ma’rifat va yirik madaniyat arbobi hisoblangan. Qo’lda ko’chirilgan h ar bir asar san’at mo‘jizasi kabi nodir asar hisoblangan.
XIV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli san’atkorlar nafis kitoblarning ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqadam, Mimislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, o’rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o’z asarlarinigina emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko’chirganlar. Masalan Hofiz Sheroziy Xusrav Dexlaviyning “Xamsa”s ini ko’chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Zahriddin Muhammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbe yaratdi. Mimis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning “Xamsa”sin i nihoyatda chiroyli xat bilan ko’chirdi. Muqimiy ham juda mayda nasta’liq va shik asta xati uslubida bayoz ko’chirgan. Bularning hammasi shuni ko’rsatadiki, ( o’rta Osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli bo’lgan. Qo’l yozmalarni kitob holiga keltirishda b ir necha mutaxasislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qog’ozrez (qog’oz quyuvchi), xattot, (muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi), lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof (muqovqchi) ishtirok etadi. Shu yo‘sinda tayyorlangan nafis kitoblar shohlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.
O’rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog’oz ishlashda katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog’ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun esa ana shunday sifatli qog’ozlar kerak bo’lar edi. Qog’ozlar kustar holda turli usullarda tayorlangan.
Xattotning asar ko’chirish qurollari: “siyoh”, “qam ish qalam”, “mistar” (transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka “qalam qat” dan iborat bolgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni tayyorlash ham alohida san’at talab etgan. Qamish qalamdan qog’ozga siyoh tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo’lishi uchun siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo’ktirilgan ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta’minlanishiga yordam beradi.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o’z yozuv uslublarini ham ishlab chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy xati uslubi keng o’rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy uslublari maydonga keladi:
Suls xati - bu xatning to’rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloq shakilda
yoziladi.
2.Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashhur xattot Ibn Muqla’ hisoblanadi.
3.Muhaqqaq xati - bir bo’lak qismi tekis bolib, qolgan bo’laklari yumaloq shaklida yoziladi.
4.Rayhoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo’lib uning ixtirochisi Ibn Bavvobdir.
5.Tavqe xati - yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan.
6.Riqo xati - ko’pchilik harflag bir-biriga qurama qilib yoziladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatlarning har biri o’z o’rnida qollanilib kelingan. Muhaqqaq xatidan qasida va she’rlar yozishda, suls-ilmiy asarlar va xat yo’1-yo’riqlarida, rayhoniy va nasx-qissa va xabarl arda, tavqe buyruq va farmonlarda, riqo xati maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu asosiy usulning har biri ingichka va yo’g’on qalamlarda yozilishi n atijasida yana o’n ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini hamma o’quvchilar ham to’liq egallay olmaganlar. Yozishga qiynalishning yana bir sababi ko’p xarflarning so’zda qo’llanish o’rniga qarab ha r xil shakl olishidir.
Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish “sarxat” deb atalib, ba’zan sarxat yozish bi r-ikki yilga cho’zilgan. Sarxat yozishga o’rgatilganidan so’ng “murakkabot”, ya’ni harflarni bir-biriga qo’shib yo’zib o’rgatilgan. Murakkabotdan keyin “muqattaot” mashqi, ya’ni bayt va ruboiylar ko’chirib yozish o’rgatilgan. Eski maktab da muqattaotga juda ko’p vaqt sarf qilingan. Bolalar duoiy salomni yozishni bilsalar, ularning xat-savodi chiqqan hisoblangan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg’ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o’rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so’ng uning ustida qayta yozishga yo’l qo’yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo’lgan. Bolalarga yuqoridagiga o’xshash ayrim yo’1-yo’riqlar ko’rsati lgani bilan ularning ko’zi bilan qog’oz orasidagi masofaning to’g’ri saqlanishiga e’ tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish ham ta’qiqlangan.
Eski maktabda husnixat qoidalarini o’rgatuvchi birdan-bir qo’lanma “Mufradot” kitobi bo’lgan. Domlalar yozishni o’rgat ish va husnixat mashq qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o’rgatishning birdan-bir yo’li ko’chirib yozish ko’nikmasini hosi l qilish bo’lgan. Bolalar uchun arab alfavitida yozish juda qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo’rin qo’llanishi yoki nuqtalar sonini kam yoki ortiq bo’lishi so’zni ng ma’nosini tubdan o’zgartirib yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda ehtiyot bo’lib yozish zarur edi. Ana shunday bir vaqtda husnixat bo’lishni, har bir harfni to’g’ri va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini jalb qilishda husnixat ta’limini o’rgatuvchi metodik qo’llanma juda muhim edi. Bu is hga birinchi bo’lib shoir va xattot Shermuhammad Avazbek o’g’li Munis (1778-1829 ) bel bog’laydi. Munis 1804 yilda o’zbek tilida ‘Savodi ta’lim’ nomli riso la yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda nazariy tomondan o’sha davrga nisbatan katta ahamiyatga ega edi. Munisning bu asari uning vafotidan keyin Xorazm xattotlari tomonidan ko’chirib yoziladi.
Munis bu risolasini ikki qismga bo’lib, birinchi qismida husnixat ta’limini bergan ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida foydali maslaxatlar beradi.
So’ z maxzanining nishonasi ham,
Ma’ni durining hazonasi ham,
Har so’ zki, ko’nguldan o’vdi mavjud,
Xat bo’lmasa bo’lg‘ay erdi nobud...
U yozuv qoidalariga ham katta axamiyat berib shunday deydi: Olam ishi intizomi andin, Olam elining nizomi andin, Ul bo’lmasa bo’lmag’ay kitobat, Bu bo’lmasa qolmag’ay hikoyat...
“Savodi ta’lim”ning ikkinchi qismida arab alfavitid agi harflarning o’lchovi va shakli katta kichikligi tushuntiriladi. Munis bu kitobida harflarning o’lchovini qat’iylashtirib har xillikka chek qo’yib, husnixat ta’limiga yangilik kiritgan. Uning bu risolasi xattot va kitoblarga hamda o’z xatini tuzatmoqchi bo’lgan kishilarga yaqindan yordam bergan.
Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri o’quvchilarning savodxonligini oshirishdir. O’quvch ilarning savodxonligini oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug’ rus pedagogi K. D. Ushinskiy husnixat darslariga alohida e’tibor berib, ‘dastlabki orfografik malakalar husnixat darslarida tiklanadi’, - degan edi.
O’zbek maktablari 1940 yildan boshlab, rus grafikasi asosida yozuvga o’ta
boshladi. O’zbek maktablari uchun husnixatga maxsus oid qollanmalar yaratilmagan bo’lsa ham bu davrda yaratilgan turli metodik qollanmalardan foydalanib kelingan.
1948- yilda V. A. Saglin tomomonidan tuzilgan ‘Boshlang’ich sinflarda yoziivga o’rgatish’ nomli qo’llanmada I, II, III, I V sinflarda husnixatga o’rgatishning maqsad va usullari bayon etiladi. Bu kitobda yozuvda uchraydigan tipik xatolarni tuzatish uchun ko’rsatmalar va tez yozishga o’rgatish uchun tayyorgarlik mashiqlari beriladi. Qo’llanmada doskada bo’r bilan yozish qoidalari ham kiritiladi. 1948-yilda E.V. Gur’yanov tomonidan tuzilgan “Yozuv mashqlarning psixologik eslatmalari’ va ‘Alifbe davrida yozuvga o’rgatishning psixologiyasi va metodikasi’ nomli qollanmalarda esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondashiladi va yozirvning psixofiziologik asoslari ochib beriladi. Muallif bu qollanmalarda o’quvchilarning diqqatini boshlang’ich sinflarda da rsning samaradorligini oshiruvchi qator shart-sharoitlarga tortadi hamda amaliy ko’rsatmalar beradi. 1959-yilda E.V. Gur’yanovning “Yozuvga o’rgatish psixolo giyasi’ kitobi nashr qilindi. Bu qo’llanmada, asosan, yozuvga o’rgatish psixologi yasi to’la ochib beriladi, hamda eski kaligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv sistemasini misollar bilan ko’rsatib beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini soddalashtirishni talab etadi.
1983- yilda D. A. Pisarevskiy tomonidan yozilgan ‘Yozuvga o’rgatish’ kitobida birinchi marta boshlang’ich sinf o’qituvch ilari uchun darslarni qanday tashkil etish yo’llari ko’rsatiladi. Muallif bu kit obda harflarni izchillik bilan o’rgatishni, har xil bog’lanishlarni to’liq ko’rsat ib o’tadi. Ammo chiroyli yozuvga o’rgatishning asosiy shartlari ustida kam ko’rsatma beradi.
1970 yidan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, undan “Alifbe” kitobida, o’quvchilar uchun qo’llanma va metodik ko ’rsatmalaridan foydalanila boshlandi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: juda ko’p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflarning shakliga yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo’lni uzmasdan bog’lab yozishga mo’ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan E.V.Guryanov tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan boshlab maktablarda keng qo’llanila boshlandi.
Shu vaqtlarda rus alfaviti o’qitiladigan maktablar uchun yangi soddalashtirilgan harflar bilan husnixat kitoblarinashr qilina boshlandi.
O’zbek maktablarida soddalashtirilgan kiril alifbosida chiroyli yozish va chiroyli yozishga o’rgatish borasida M.G’ulomov tad qiqot ishlarini olib bordi. U o’zining qo’llanmalarida 1-4-sinf o’quvchilarini ch iroyli yozishga o’rgatish usullarini, husnixat qoidalarini ishlab chiqdi, amaliyotga tadbiq etish metodikasini ochib berdi.
Amaldagi yozuvni husnixat qoidalari ularga doir amaliy mashqlar namunasi
Y.Abdullayevning “Sovg’a”, “Yangi alifbo va imlo” “Hamrohim” o’z aksini topgan.
|
| |