Btu” yo`nalishi “Boshlang‘ich sinflarda Ona tili o‘qitish metodikasi




Download 182,92 Kb.
bet4/18
Sana06.12.2023
Hajmi182,92 Kb.
#112782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Pedagogika-fayllar.org

II BOB. YOZUV HAQIDA MA’LUMOT
2.1. Umumiy tavsifi
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so’z, bo’g’ in, tovush)ni ifodalovchi belgilarnigina emas, balki piktgrafiya, ideografiya shakllarini ham o’z ichiga oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig’indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo’yilgan.
Urug‘chilik tuzimi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo’ldi. Kishilik jamiyati kichik va tarqoq oila - urug’lardan tashkil topgan darvda kishilar bir-birlari bilan faqat og’zaki nutq yordamida fikr almashgan. Yirik urug’ va qabila jamoalarining tarkib topishi bilan og’zaki nutqni uzoqqa yetkazish va uni zamon bilan mustahkamlash ehtiyoji tug’iladi.
Insoniyatning shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bolgan. Boshida yozuv bilan bir qatorda grafik shaklga ega bolmagan usullar ham qo’llanilgan (mis, iplarni tugib qo’yish). Bunday belgilar ibtidoiy odamlar hayotida qo’llanilgan. Bu yozuvning qoldiqlari hozir ham urug’-qabilalarining tamg’alari, shimoliy indeyeslarning chig’anoq marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini ifodalovcbi belgilar va boshqa shakllarda mavjud.
Yozuv zamon va masofa jihatidan og’zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega. Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor,internet) natijasida undagi ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham ogzaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan juda ko’p yodgorliklar yozuvning paydo bolishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil bir bo’limi sifatida ajratishga olib keldi.

  1. Turli tipdagi Misr iyeogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida fransuz olimi Shampalon tomonidan o’qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida Evans o’qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o’qiga n Kipr surat yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.



  1. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom, xala, xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-asr boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi.



  1. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIX-asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab, oramey yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan). Ko’pchilik mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg’ur va urxun -enesey yozuvlari ham aslida oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni 19-asrning 90-yillarida tilshunos olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar.



  1. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII asrdayoq ilm axliga ma’lum bo’ladi va ularning gram matik jihatdan o’rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko’rsatdi.



Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika indeeslarida aloqa quroli sifatida qo’llanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo’lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o’tagan. Chunki quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi.

Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet bilan yozuv shakli o’rtasidagi o’xshashlik yo’qoldi , belgi so’zning simvoli bo’lib qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir.


Papirus yozish uchun maxsus tayyoqcha va bo’yoqning kashf etilishi yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug’dirdi. Hozir yer yuzida quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
  1. Latin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo’g’inli xind yozuvi (20 % ga yaqini) qolgan boshqa yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va bulardan dunyo axolisining 5% ga yaqini foydalanadi.






Download 182,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 182,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Btu” yo`nalishi “Boshlang‘ich sinflarda Ona tili o‘qitish metodikasi

Download 182,92 Kb.