|
Btu” yo`nalishi “Boshlang‘ich sinflarda Ona tili o‘qitish metodikasi
|
bet | 5/18 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 182,92 Kb. | | #112782 |
Bog'liq Pedagogika-fayllar.orgO’zbek yozuvi tarixi .
O’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Eron, O’rta Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan oldingi I-III asrlarda oromoy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan.
Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi. Avesto, Xorazm, Sug’d, kushon, run, uyg’ur yozuvi v a boshqa yozuvlar shular jumlasidandir.
Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari saqlab qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug’d yozuvi qo’llanila boshlandi. Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III asrning boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O’rxun-Enisoy yozuvidan keng
foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enisey daryosi qirg’oqlaridagi O’rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida olimlar bu yodgorliklarni o’qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov yodgorlikdagi yozuvlarni o’qishga muyassar bo’ldila r. O’rxun-Enisey yozuvi turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda O’rta Osiyo arablar tomonidan istelo qilindi. Shu davrdan boshlab O’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo’lishi bilan birga, o’zbek tilining tovushlarini to’la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan ilg’or fikrli kishilar arab alifbosi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishga xarakat qilganlar. Chunonchi, Bobur o’zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining lotin harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
O’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to’liq amalga oshirildi. Ammo bu yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o’zbek yozuvi yangi alifboga o’tish haqidagi yangi alifboga o’tis h haqidagi qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qil inganidan so’nglotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi masalasini o’rtaga qo’ydi . Bu masala O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asosla ngan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qa rorni amaliyotga joriy qilish borasida qizg’in ishlar olib borildi. “O’zbek tilin i asosiy imlo qoidalari”ni xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari yuzasidan fikr mulohazalar paydo bo’ldi. Mana shular asosida “Loti n yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qarorga o’zga rtirishlarning kiritilishi to’g’risida qaror qabul qilindi.
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud. Bu harflar turli xil katta va kichik yozma va bosma shakllarga ega. Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga ega.
harflar bosmasdan yozishga mo’ljallangan;
______________________
Bu alifbo Y.Abdullayevning “Hamroxim” qo’llanmasida berilgan.
-
harflar qo’l uzmasdan tutash yoziladi.
O’zbek alifbosidagi harflar yozilishiga ko’ra quyid agi guruhlarga ajratiladi. Yozma kichik harflar:
|
| |