• To‘lov topshiriqnomasi
  • BANKDAGI HISOB-KITOB VA VALUTA




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #108543
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1
    BOSHLANG\'ICH SINF O\'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK JARAYONI TASHKIL ETISH MAHORATI, 1, Harorat datchiklari, Tenzodatchiklar, 1667043854, Doniyorjon, 1-мавзу, ИЧТЭваР. МНА кирил 2021 , Jismoniy sifatni rivojlantiruvchi harakatli o’yinlarni o’tkazish, Оilа tаrbiyasi mаzmuni vа mоhiyati nabiyeva Kamolaxon Xoshimova -azkurs.org, Shaxs, @kompyuterscience 5-sinf Informatika IV chorak test, 292 01.06.2022, 4- маъруза
    2.2. BANKDAGI HISOB-KITOB VA VALUTA
    SCHYOTLARIDA PUL MABLAG‘LARINI HISOBGA OLISH
    Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va
    naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida
    hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar
    quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
    1. Schyot ochish uchun ariza.
    2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning
    yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiq-
    langan guvohnomaning ko‘chirmasi.
    3. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki
    nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma.
    4. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat.
    5. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri
    berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
    6. Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka.
    Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining
    harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi.
    Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi,
    kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu
    schyotda yozuvlar bankning ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi.
    Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga
    oshiriladi;
    1. To‘lov topshiriqnomasi.


    24
    2. To‘lov talabnomasi.
    3. Inkassa topshiriqnomalari.
    4. Pul cheki.
    5. Pul badallari haqidagi e’lon.
    To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi
    bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu
    bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan
    bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i hisob-
    lanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriq-
    noma taqdim etadi.
    Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi.
    Tomonlarning kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan
    to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi
    mumkin.
    Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:
    — bo‘nak to‘lovi, ya’ni tovarlarni yuklab jo‘natish yoki xizmatlar
    ko‘rsatishdan oldin;
    — tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri
    akseptlash yo‘li bilan;
    — yirik bitimlarda qisman to‘lovlar.

    Download 0.63 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish