|
O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) va uning faoliyat yo’nalishlari
|
bet | 18/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)3.4.O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) va uning faoliyat yo’nalishlari.
O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki profes-sional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
3.5.O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) va uning faoliyati.
Auditorlik palatasi – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. AP ning asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab quvvatlashga yordam berish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’grisidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.
Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
o’quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy imtihonlarni o’tkazish;
auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari tashkil etish;
auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
O’zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish uchun xalqaro tashkilotlar va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish; O’zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari tomonidan tan olinishiga erishish.
|
| |