|
O’ZBYeKISTON AUDITORLARINING KASBGA OID AHLOQ KODEKSI
|
bet | 17/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)O’ZBYeKISTON AUDITORLARINING KASBGA OID AHLOQ KODEKSI
O’BAMA.26.08.2005y., O’AP 25.06.2005y.
KORXONALARDAGI IChKI AUDIT XIZMATI TO’G’RISIDA NIZOM
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi
215-son qaroriga 2-ILOVA
|
IV
|
Auditorlik tashkilotlarining majburiy audit va boshqa audit xizmat-larini bajarishini tartibga soladi
|
AUDITORLIK TAShKILOTLARINING
IChKI STANDARTLARI
|
Auditorlik tekshiruvi natijalari ko’pchilik iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lganligi sababli barcha davlatlarda audit yetarli darajada qat’iy tartibga solinadi. Ularning ayrimlarida (masalan, Frantsiyada) auditning me’yorlari, me’yoriy hujjatlarini belgilab, auditorlar va auditorlik firmalarini ro’yxatga olish va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish yo’li bilan davlat ushbu jarayonga aralashadi. Boshqa davlatlarda (AQSH, Angliya) ushbu jarayon kasbiy ijtimoiy auditorlik tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimini uchta pog’onaga bo’lish mumkin. Ushbu tizimning birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi.
2.O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2021 yil 25 fevraldagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo’lib, 55 moddadan iborat. Qonunda Respublikamizning moliyaviy-iqtisodiy tizimida auditning o’rni, maqsadi va vazifalarini belgilangan.
Qonunga muvofiq: Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la olmaydilar.
Auditorlik tashkilotlari aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o’z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo’lishi kerak (auditorlik tashkiloti - chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o’zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo’lishi mumkin;
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo’lgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi kerak;
auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo’lgan auditor rahbar bo’lishi kerak;
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo’lishi kerak.
SHuningdek, 2002 yil 13 dekabrida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 6-moddasiga kiritilgan qo’shimchaga muvofiq, «auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvining shakllari va usullarini mustaqil belgilaydi». Demak, auditorlik tashkiloti o’zining ichki ish standartlarini shakllantirishi va buyruq bilan tasdiqlashi zarur. Ichki ish standartlarida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi subektning tarmoq, texnologik va boshqa xususiyatlari aks ettirilishi kerak. Ammo, ularning qoidalari xalqaro va milliy standartlar qoidalaridan chetga chiqmasligi lozim. Ichki ish standartlarini auditorlik faoliyati huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining uchinchi pog’onasiga kiritish mumkin.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo’lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga haqli emas.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o’tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo’lishi kerak.
Auditorlik hisoboti va xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining standartlari bilan belgilanadi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya maxsus vakolatli davlat organ litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko’pi bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o’tkazadi. Mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan to’rt yilda ko’pi bilan bir marta o’tkaziladi. Bundan tashqari auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor malaka sertifikati olish uchun o’quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi. Shuningdek, auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o’tkazadi va auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o’tkazadi. Shu bilan birga malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrining hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlarining hisobini yuritadi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarni berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatga, sud esa o’n ish kunidan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko’p bo’lishi mumkin emas.
3.3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini hamda ular sifatini oshirish to’g’risida”gi Qarorlarining mohiyati.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda O’z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Nizom» tasdiqlangan.
Ushbu qarorga muvofiq: ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o’tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi;
Buxgalteriya hisobini Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Qarorning 3-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funktsiyalar yuklatilgan:
o’z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o’qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish;
malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.
|
| |