|
Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
|
bet | 21/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Auditorlik tashkilotining majburiyatlari. Auditorlik tashkilotining majburiyalari “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 29-moddasida keltirib o’tilgan.
Auditorlik tashkiloti:
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”7 gi Qonun, auditorlik faoliyatining standartlari va Professional buxgalterning odob-axloqi kodeksi talablariga rioya etishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
auditorlarga (auditorga) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) tegishli ulush kamida ellik bir foiz bo’lishini ta’minlashi (bundan auditorlik tashkilotini — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’’ba xo’jalik jamiyatini tashkil etish hollari mustasno);
shtatida asosiy ish joyi auditorlik tashkiloti bo’lgan kamida to’rt nafar auditor mavjud bo’lishini ta’minlashi;
auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o’tishini ta’minlashi;
auditorlik faoliyatini faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshirishi;
auditorlik xizmatlarini ko’rsatish chog’ida mustaqillikni ta’minlashi;
auditorlik xizmatlari buyurtmachisining talabiga ko’ra auditor (auditorlar) sertifikatini, auditorlik tashkiloti javobgarligining sug’urta polisini ko’rsatishi;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishga doir auditning xalqaro standartlari talablari to’g’risidagi, auditorning e’tirozlariga asos bo’lgan qonunchilik hujjatlari normalari haqidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’yektning so’roviga binoan taqdim etishi;
auditorlik xizmatlarini ko’rsatish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi;
o’tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to’g’risidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko’rsatgan holda o’z rasmiy veb-saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi;
auditorlik tashkilotlari renkingini o’tkazish uchun axborot taqdim etishi;
buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to’g’risida yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniq tasdiqlovchi faktlar haqida xo’jalik yurituvchi sub’yektning rahbariyatini va korporativ boshqaruv uchun mas’ul bo’lgan shaxslarni, audit qo’mitasini yozma shaklda xabardor qilishi;
auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o’rnatishi va unga rioya etishi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazishga monelik qilmasligi;
o’z pochta manzili va elektron manzili o’zgarganligi to’g’risida, auditorlik tashkilotining rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o’zgarganligi haqida vakolatli davlat organini besh kunlik muddatda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
har yili 20 yanvarga qadar auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.
Auditorlik tashkilotining zimmasida qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
|
| |