Auditorlik tashkilotining javobgarligi




Download 3,45 Mb.
bet22/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

Auditorlik tashkilotining javobgarligi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 30-moddasida keltirib o’tilgan.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’yekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida ularga moliyaviy hisobotlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’yektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risidagi noto’g’ri yakunni o’z ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun auditorlik tashkiloti rahbari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ma’lumotlari Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tashkilot tomonidan auditorlik tekshiruvini o’tkazganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda auditirlik tekshiruvining huquqiy asoslari auditorlik tekshiruvi davomida mamlakatda qabul qilingan qonunchilikka so’zsiz rioya qilinishini, shuningdek, auditning milliy hamda xalqaro standartlariga, auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunga rioya qilinishini, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishning o’ziga xos jihatlarini joriy etilishini taqozo etadi.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o’z ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir.
Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo’lsa, o’sha moliyaviy hisobot ilova qilingan bo’lishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko’ra tuzilgan, biroq xo’jalik yurituvchi sub’yektning auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan hujjatlari mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik xulosasi bila turib soxta tuzilgan deb hisoblanadi.
Auditorlik xulosasi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga ko’ra, bila turib soxta tuzilgan deb topiladi.
Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga, auditorlik tashkiloti rahbari sertifikatining va auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditorlar sertifikatlarining amal qilishini tugatishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi.

Download 3,45 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   303




Download 3,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Download 3,45 Mb.