NAZORAT SAVOLLARI
1. O’zbekistonda auditorlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy tizimi va uning qanday elementlarini bilasiz?
2. Auditorlik faoliyatning huquqiy asoslari qanday me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi?
3. Auditor tushunchasini izohlab bering?
4. Audit xarajatlari amaldagi Qonunlarga muvofiq qaysi manbalar hisobiga qoplanadi?
5. Audit o’tkazishga qaysi mutaxassis auditor bo’lishga huquqli bo’ladi?
6. Auditorlik faoliyati qanday organ tomonidan tekshiriladi?
7. Auditorlik Palatasining funktsiyalari nima?
8. Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun attestatsiya qilish qanday amalga oshiriladi?
9. Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya (malakaviy sertifikat) qaysi organ tomonidan beriladi?
10. Auditorlik firmalarining litsenziyalari yoki auditorning malakaviy sertifikatlari qanday holatlarda kim tomonidan bekor qilinishi mumkin?
11. Auditorlik tashkiloti faoliyatini tugatish yoki to’xtatish to’g’risida da’vo bilan xo’jalik sudiga kim murojaat qilish huquqiga ega?
12. Litsenziyasiz auditorlik faoliyatini amalga oshirganligi uchun unga qarshi qanday tartibda sanktsiya qo’llanilishi mumkin?
3-MAVZU:AUDIT STANDARTLARI
REJA:
Auditning professional standartlari tavsifi
Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar
Auditorlik standartlari tarkibi
Tayanch so’z va iboralar: Standartlar, auditning xalqaro standartlari, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari, xalqaro buxgalterlar va auditorlar federatsiyasi, auditorlik standartlari kengashi, auditning malaka va etika talablari, standart talablari
1.Auditning professional standartlari tavsifi
Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli buxgalterlar jamiyati (AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat kengashi (PCAOB) va Xalqaro auditorlik va professional standartlar kengashi (IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida faoliyat yuritadilar. Bu turli tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy maqsadga qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasini tuzish va taqdim etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida mijozning moliyaviy hisobotlari bo`yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki (barchasida) tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha sub`ektlarga ham qo`llaniladi. Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va PCAOB auditorlik standartlariga muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar AICPA tomonidan tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit o’tkazilishi lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki AICPA yoki IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar tushunarli bo'lishi uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni engillashtirish, tushunish va qo'llash uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning Xalqaro Standartlari (ISAs) bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan holda tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim etiladi:
Standartning kirish izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi.
Mavzuga doir talablardan maqsad belgilanadi.
Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning ta'riflari
Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun talablarni aniqlasitirish. Talablar "auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi.
Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik yagona Hisobotini (SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil 15 dekabrdan keyingi davrlaridagi moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador standartlar asosida, xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va kuchaytirish va shu orqali global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir. IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi. Shunga ko'ra,
2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish uchun dastur boshladi. IAASBning standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi standartlari 36 xalqaro standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi. Xalqaro standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu esa AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi:
Kirish auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, ko'lami va Xalqaro standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Maqsad - auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi.
Amaldagi jumlalar ta`riflari kiritilgan.
Har bir maqsad uchun talablar taqdim etilgan. Talablar "auditor bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi .
Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi). Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas.
Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-jadvalda ko'rsatilgan.
1-jadval
AQSH va xalqaro Auditorlik standartlarini solishtirish
|
IAASB
|
PCAOB
|
AICPA
|
Nufuzli manba
|
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi va ushbu standartlar amal
qiluvchi mamlakatlar tomonidan
|
AQSh Kongressining 2002 yil Sarbanes- Oxley qonuni
|
Tarixiy, o'z-o'zini
tartibga soladigan kasb sifatida
|
Muhim atamalar
|
Auditning xalqaro standartlari (ISA)
|
Audit standartlari
(AS) va muvaqqat standartlari (AU)
|
Audit standartlari
bo`yicha Hisobot (AU-C)
|
Standartlarning qo`llanilish doirasi
|
Auditning xalqaro
standartlari talab qilinadigan mamlakatlarda va jumladan Evropa va rivojlanayotgan mamlakatlarda
|
AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari auditida
|
AQSH aktsiyanerlik bo’lmagan kompaniyalari auditida
|
Audit standartlarning uyg’unlashuvi
|
Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi
|
Joriy vaqtda xalqaro uyg’unlashuvga talab
yo’q
|
Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi
|
Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar
Amerika Qo'shma Shtatlarida audit standartlari tarixan o'n umumiy qabul qilingan audit standartlari (odatda o'n standartlar deb ataladi ) moliyaviy hisobotlar auditi uchun poydevor bo'lib xizmat qilgan. Ayni paytda, PCAOB standarti bu o'n standartlarni birlashtiradigan standart tashkil etdi. AICPA etti tamoyillari bilan o'n standartlari o'rnini almashdi. Tahriran audit standartlari farqi bo'lsa-da, asosiy maqsad audit sifatli tarzda amalga oshirilishi kerak.
Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak.
Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart.
Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. Ob’ektlarning ish standartlari:
To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim.
Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart.
Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig’ish.
3-chizma. Auditning umumiy malaka va etika standartlari:
Xulosa standartlari:
Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi.
GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak.
Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa.
Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak.
AICPA o'n standartlari o'rniga, auditda yetakchi etti asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi.
Ularning o'ziga xos tamoyillari to'rt kategoriya bo’lib, ular quyidagilar: Auditning maqsadi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning ishonch darajasini oshirishdan iborat. Auditor moliyaviy hisobot bo`yicha xulosa bildirganda bu maqsadga erishiladi.
Audit bu menejment tayyorlangan moliyaviy hisobotlar, moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazoratni ta’minlash, va auditor uchun tegishli axborot bilan ta’minlash va auditorga foydalanishga ruxsat bulishiga asoslangandir.
Majburiyatlar
Auditorlar tegishli vakolat va imkoniyatlarini saqlab qolish uchun audit davomida professional shubha va axloqiy talablarga rioya qilish kerak
Taqdim etish
Auditor moliyaviy hisobotlardagi muhim xato mavjud bo’lganda sabablarini bilishi lozim.
Asosli sabablarini olganda auditor rejalashtirish va kuzatishi, muhimlik darajasini aniqlashi, jiddiy xatolarni riskini aniqlashi, audit dasturini tuzish va amalga oshirish uchun risklarni baholashi.
Auditda auditor moliyaviy hisobotlarda mavjud jiddiy xatolar haqida mutlaq ishonch bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan tabiiy cheklovlar mavjud.
Hisobot
Auditor to’liq izholay olmagan fikrini moliyaviy hisobotda jiddiy xatolik bo`yicha auditorlik xulosasida bildiradi
jadval
Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni har bir bosqichning harakatlari
Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni etapi
|
Etap doirasidagi harakatlar
|
I bosqich. Mijoz jalb qilish qilish va uzluksizlikni ta’minlash uchun qaror qabul qilish
|
Audit uchun zamin hozirlash
Mijoz bilan umumiy audit tushunchasini rivojlantirish
|
II bosqich. Riskni baholashni amalga oshirish
|
Muhimlikdarajasi va risklarni baholash
Aniqlangan risklarga javob berish
|
III bosqich. Ichki nazoratning samarali ishlashi bo’yicha dalil to`plash
|
Agar mavjud bo’lsa nazorat testini tanlash
Agar mavjud bo’lsa nazorat testini bajarish
Agar mavjud bo’lsa nazorat testi natijlarini hisobga olish
|
IV bosqich. Hisob yozuvlari bo’yicha mohiyatan dalillar to’plash, axborotni ochib
berish va tasdiqlash
|
Mustaqil jarayonlarga tegishli amallarni bajarish
|
V bosqich. Auditni yakunlash va auditorlik xulosasini tuzish
|
Auditorlik tekshiruvni yakunlash
Xulosa turini aniqlashtirish
|
Auditor sifatida faqat bir tashkilotning moliyaviy hisoboti auditni amalga oshirish mumkin, yoki tashkilot moliyaviy hisobotlari auditi va moliyaviy hisobotlarni ustidan ichki nazorat integratsiyasini amalga oshirish mumkin. Kompleks audit AQShda yirik aktsiyadorlik kompaniyalari uchun talab qilinib, uning asosiy tamoyillari har qanday moliyaviy hisobotlar auditi uchun amal qiladi. "Kompleks auditning ijobiy tomoni” amaliy auditda ko'rsatilishicha, moliyaviy hisobot auditi va ichki nazorat integratsiyasi auditda samaradorlikka olib keladi. Audit xulosasini shakllantirish jarayoni asosan moliyaviy hisobot auditi va kompleks audit uchun bir xil bo'ladi. Biroq, kompleks auditda auditor moliyaviy hisobot ustidan ichki nazorat tizimining samaradorligi fikrini beradi va moliyaviy hisobotlar bo`yicha xulosa berishda qo'shimcha audit ishini amalga oshiradi. Xususan, mijozning balans sanasidagi ichki nazorat tizimida jiddiy xatolik mavjud bo’lganda auditorning amalga oshiradigan ishi ortadi.
Audit xulosasini shakllantirish jarayonining muhim jihati mijozning ichki nazorat tizimi va moliyaviy hisobotlar bilan bog'liq majburiyatlari hisoblanadi. Bu munosabatlar rejalashtirish va audit o'tkazish uchun muhim ahamiyatga ega. Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: I bosqich. Mijoz jalb qilish qilish va uzluksizlikni ta’minlash uchun qaror qabul qilish II bosqich. Riskni baholashni amalga oshirish
bosqich. Ichki nazoratning samarali ishlashi bo’yicha dalil to`plash
bosqich. Hisob yozuvlari bo’yicha mohiyatan dalillar to’plash, axborotni ochib berish va tasdiqlash
bosqich. Auditni yakunlash va auditorlik xulosasini tuzish.
Har bir bosqich doirasida auditor moliyaviy hisobot auditi yoki kompleks auditini amalga oshirishda turli amallarni bajaradi. 6-jadvalda ushbu amallar ko'rsatilgan. Ushbu amallar auditorlik kasbi, qonunchilik va professional javobgarlikka ta'sir qiladi. 6-jadvaldagi har bir amalni bajarishda, auditor sifatli professional faoliyat va axloqiy qarorlar qabul qilishni xoxlaydi.
3. Auditorlik standartlari tarkibi
1999-2012 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 21 ta auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilgan.
7-jadval
Amaldagi auditorlik faoliyatining milliy standartlari
№
|
Standartning № va nomi
|
O’z. R. MV tasdiqlagan sana va
№
|
1.
|
№3- AFMS «Auditni rejalashtirish»
|
14. 10. 1999 №54
|
2.
|
№4- AFMS "Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish"
|
20.07.1999 y. N 57
|
3.
|
№5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish»
|
04. 08. 1999 №62
|
4.
|
№6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish»
|
04. 08. 1999 №61
|
5.
|
№9- AFMS «Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi»
|
04. 08. 1999 №63
|
6.
|
№10- AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»
|
09. 09. 1999 №75
|
7.
|
№11- AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»
|
09. 09. 1999 №76
|
8.
|
№12- AFMS «Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash»
|
26.12. 2006 №108
|
9.
|
№13- AFMS «Tahliliy amallar»
|
04. 08. 1999 №64
|
10.
|
№14- AFMS «Auditorlik tanlash»
|
27. 07. 1999 №59
|
11.
|
№16- AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»
|
27. 07. 1999 №60
|
12.
|
№24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsa-tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilo-ti-ning ish tutishi»
|
31. 05. 2001 №49
|
13.
|
№25-AFMS-«Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishda normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish»
|
27.01.2003 №14
|
14.
|
№31- AFMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati (biznesi) bilan tanishish»*
|
30. 05. 2001 №48
|
15.
|
№50- «Auditorlik dalillar»
|
03. 04. 2002№ 48
|
16.
|
№55 AFMS – «O’zaro bogliq shaxslar o’rtasidagi bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish bosqichlari»
|
27.01.2003. №15
|
17.
|
№56 AFMS–«Moliyaviy hisobot tuzilganidan keyingi hodisalar»
|
9.04.2003. №54
|
18.
|
№60 AFMS-«Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish»
|
27.01.2003. №16
|
19.
|
№70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik xulosasi»
|
14. 02. 2001 №20
|
20.
|
№80 AFMS –«Maxsus masalani tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisoboti»
|
27.01.2003. №13
|
21.
|
№90- AFMS "Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari"
|
14 fevral 2001 №19
|
Auditorlik xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat:
Kirish Sifat nazorati, audit, ko’rib chiqish, boshqa ishonch bildirish va turdosh xizmatlarning standartlariga muqqadima
Atamalar glossariysi
Sifat nazoratining xalqaro standartlari (SNXS) 200–299 UMUMIY PRINTSIPLAR VA MAJBURIYATLAR
AXS 200, «Mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni Auditning xalqaro standartlariga muvofiq o’tkazish»
AXS 210, «Audit kelishuvi shartlarini kelishish»
AXS 220, «Moliyaviy hisobotlar auditi sifatini nazorat qilish» AXS 230, «Auditni hujjatlashtirish»
AXS 240, «Moliyaviy hisobotlar auditidagi firibgarlikka nisbatan auditor majburiyatlari» AXS 250, «Moliyaviy hisobotlar auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni e’tiborga olish» AXS 260, «Boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan axborot almashinuvi»
AXS 265, «Ichki nazoratdagi kamchiliklar yuzasidan boshqaruv yuklatilgan shaxslar va rahbariyat bilan axborot almashinuvi»
300–499 RISKLARNI BAHOLASH VA BAHOLANGAN RISKLARGA JAVOB HARAKATLAR
AXS 300, «Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish»
AXS 315, «Muhim buzib ko’rsatishlar risklarini tadbirkorlik sub’ekt va uning muhitini bilish asosida aniqlash va baholash »
AXS 320, «Auditni rejalashtirish va bajarishda muhimlik»
AXS 330, «Baholangan risklarga javoban auditorning harakatlari»
AXS 402, «Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot xizmatlaridan foydalanadigan tadbirkorlik sub’ektlari auditini o’tkazish jihatlari»
AXS 450, «Audit o’tkazish jarayonida aniqlangan buzib ko’rsatishlarni baholash» 500–599 AUDITORLIK DALILLAR
AXS 500, «Auditorlik dalillari»
AXS 501, «Auditorlik dalili – muayyan moddalarni maxsus ko’rib chiqish» AXS 505, «Tashqi tasdiqnomalar»
AXS 510, «Dastlabki audit kelishuvlari – boshlang’ich qoldiqlar» AXS 520, «Tahliliy tartib-taomillar»
AXS 530, «Auditorlik tanlash»
AXS 540, «Hisoblab chiqilgan baholar, shu jumladan haqqoniy qiymat bo’yicha hisoblab chiqilgan baholar, va ular bilan bog’liq ochib beriladigan ma’lumotlar»
AXS 550, «O’zaro bog’liq tomonlar» AXS 560, «Keyingi hodisalar»
AXS 570, «Faoliyatning uzluksizligi to’g’risidagi faraz» AXS 580, «Yozma bayonotlar»
600–699 BOSHQA SHAXSLAR ISHIDAN FOYDALANISH
AXS 600, «Maxsus ko’rib chiqishlar – guruh moliyaviy hisobotlarining auditlari (jumladan komponent auditorlari ishlari) »
AXS 610, «Ichki auditorlar ishidan foydalanish»
AXS 620, «Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish» 700–799 AUDITORNING XULOSALARI VA HISOBOTLARI
AXS 700, «Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish» AXS 705, «Mustaqil auditor hisoboti (xulosasi)da fikrni modifikatsiyalash»
AXS 706, «Mustaqil auditor hisoboti (xulosasi)da tushuntirish paragraflari va boshqa masala paragraflari»
AXS 710, «Qiyosiy axborot – qiyosiy ko’rsatkichlar va qiyosiy moliyaviy hisobotlar»
AXS 720, «Audit o’tkazish jarayonida tekshirilgan moliyaviy hisobotlar ifodalangan hujjatlardagi boshqa ma’lumotlarga nisbatan auditorning javobgarligi»
800–899 MAXSUS SOHALAR
AXS 800, «Maxsus masalalar – maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviyhisobotlar auditi»
AXS 805, «Maxsus masalalar – ayrim moliyaviy hisobotlar hamda moliyaviy hisobotdagi maxsus elementlar, schyotlar yoki moddalar auditi»
AXS 810, «Qisqartirilgan moliyaviy hisobotlar bo’yicha hisobot (xulosa) taqdim etish kelishuvlari»
Xulosa
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo’yicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlari hamda sifat nazoratining xalqaro standartlari, tahliliy tekshiruvlarning xalqaro standartlari, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari, turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari auditorlik faoliyati standartlaridir.
Auditorlik faoliyati O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo’lmagan, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining O’zbekiston Respublikasida e’lon qilish to’g’risidagi ruxsatnomasi asosida auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi.
Auditning xalqaro standartlarini O’zbekiston Respublikasi hududida qo’llash uchun ularni tan olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari:
malaka imtihonlarini o’tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Xalqaro odob-axloq standartlari bo’yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatining standartlari talablariga rioya etishishga majbur. SHuniggdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazishga doir auditning xalqaro standartlari talablari to’g’risidagi, auditorning e’tirozlariga asos bo’lgan qonunchilik hujjatlari normalari haqidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’yektning so’roviga binoan taqdim etishga majbur. Bundan tashqari auditorldik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi shart. Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi.
Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati standartlariga binoan amalga oshiriladi va u auditorlik xizmatlari ko’rsatish chog’idagi majburiy shartdir.
|