|
-modda. Auditorlarning malakasini oshirish
|
bet | 281/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)18-modda. Auditorlarning malakasini oshirish
Auditorlarning malakasini oshirish buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro tashkilotda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Auditor auditorning malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har yili auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tadi.
Auditorlarning malakasini oshirish kurslari vakolatli davlat organi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda tasdiqlanadigan namunaviy dastur bo‘yicha o‘tkaziladi.
19-modda. Auditorning malaka sertifikati
Auditorning malaka sertifikati (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) auditorning malakasini tasdiqlaydigan va unga auditorlik tashkiloti tarkibida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradigan hujjatdir.
Sertifikat basharti talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirsa, vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan, qat’iy hisobotga oid hujjatdir.
Sertifikat dastlabki besh yillik muddatga beriladi, uning amal qilishi navbatdagi o‘n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi.
Talabgorda xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lgan hamda u ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan taqdirda, sertifikat unga malaka imtihonini topshirmagan holda dastlabki besh yillik muddatga beriladi va belgilangan davriylik bilan uzaytiriladi.
20-modda. Malaka imtihoni
Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning bilimlarini malaka komissiyasi tomonidan tekshirish tartib-taomili malaka imtihonidir.
Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Auditorda kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish staji mavjud bo‘lgan va u ushbu Qonun 22-moddasining ikkinchi qismida belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sertifikatning amal qilish muddati malaka imtihoni topshirilmagan holda uzaytiriladi.
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini qayta topshirish uchun malaka imtihonida ishtirok etgan sanadan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng hujjatlarni taqdim etishga haqli.
|
| |