• 42-modda. Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish
  • -bob. Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritish




    Download 3,45 Mb.
    bet294/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    7-bob. Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritish
    41-modda. Auditorlik tashkilotlarining reyestri
    Vakolatli davlat organi Auditorlik tashkilotlarining reyestrini elektron shaklda yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
    auditorlik tashkilotining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
    auditorlik tashkilotining telefon raqami;
    auditorlik tashkilotining elektron manzili va rasmiy veb-sayti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
    auditorlik tashkilotining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
    auditorlik tashkiloti rahbarining va auditorlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ular sertifikatlarining raqami hamda olingan sanasi;
    auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sana;
    Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilish asoslari va sanasi.
    Auditorlik tashkilotlarining reyestridagi mavjud axborot tanishib chiqish uchun ochiqdir.
    42-modda. Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish
    Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan auditorlik tashkiloti ma’lumotlarni Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish uchun vakolatli davlat organiga ma’lumotnomani va auditorlar mehnat daftarchalarining ko‘chirma nusxalarini (“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmalarni) pochta orqali yoki elektron shaklda yuboradi. Ma’lumotnomada auditorlik tashkilotining nomi, pochta va elektron manzili, veb-sayti (mavjud bo‘lgan taqdirda), telefon aloqa raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.
    Vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqqanidan keyin besh ish kuni ichida auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritishni amalga oshiradi.
    Vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotni quyidagi hollarda Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritmaydi:
    auditorlik tashkiloti tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda;
    auditorlik tashkiloti ushbu Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.

    Download 3,45 Mb.
    1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   303




    Download 3,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritish

    Download 3,45 Mb.