• 6-bob. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish 34-modda. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklovlar
  • -modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari




    Download 3,45 Mb.
    bet290/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    33-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari
    Auditorlik tashkilotlari quyidagi turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
    buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish;
    yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;
    buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo‘yicha maslahat berish;
    auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish;
    moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish;
    buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;
    buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy axborotning axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
    Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
    6-bob. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish
    34-modda. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklovlar
    Auditorlik tashkilotlariga quyidagilarga nisbatan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi:
    mazkur auditorlik tashkilotining kreditorlari, sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar o‘zining muassislari, ishtirokchilari, aksiyadorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
    muassisi, ishtirokchisi, aksiyadori yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsi, audit qo‘mitasi a’zosi bir vaqtning o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
    auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu Qonun 33-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan turdosh xizmatlarni ko‘rsatganlarga;
    xodimlari muassisning, ishtirokchining yaqin qarindoshlari yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt audit qo‘mitasi a’zosining yaqin qarindoshlari bo‘lgan;
    auditorlik tashkilotining yoki auditorning manfaatdorligi moliyaviy hisobot va u bilan bog‘liq moliyaviy axborot to‘g‘risida fikr bildirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda.
    Auditorlik tashkiloti ketma-ket yetti yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas.

    Download 3,45 Mb.
    1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   303




    Download 3,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari

    Download 3,45 Mb.