-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi




Download 3,45 Mb.
bet291/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

35-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi
Quyidagi tashkilotlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:
aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug‘urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlovchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo‘lgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari;
fond va tovar birjalari;
hisobot yili yakunlariga ko‘ra quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik soni yuz nafardan ortiq bo‘lsa.
Quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tashkilotlarning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yiladi:
shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditorning mavjudligi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi hollari mavjud emasligi.
Banklarning auditorlik tekshiruvi shtatida banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditor mavjud bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari sifatida ish yuritadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin o‘n besh kun ichida, biroq hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunidan kechiktirmay, soliq organlariga auditorlik xulosasining ko‘chirma nusxasini taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvini qonunga muvofiq o‘tkazishdan bo‘yin tovlash xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunigacha o‘tkazmaslik va auditorlik xulosasining yo‘qligi xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof etiladi.
Soliq organlari tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmaslik xo‘jalik yurituvchi subyektdan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi summada jarima undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masala iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jarimani to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan ozod qilmaydi.

Download 3,45 Mb.
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   303




Download 3,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi

Download 3,45 Mb.